101
xunrezlik maqsadlarida foydalanilgani, «Salb yurishla-
ri», «Inkvizitsiya» nomlari ostida ko‘plab shaharlar
vayron
qilingani, minglab odamlarning halok bo‘lgani
tarixdan ma’lum. Holbuki, xristianlikda hech kimga yo-
monlik qilinmaslik haqida ta’lim beriladi. Bu din ham
barcha dinlar kabi tinchlikparvarlik, yaxshilik qilish va
ezgulikka chaqiradi.
Buddaviylik ta’limotining o‘ziga
xos jihatlari bar-
cha jonli narsalarga muhabbat bilan qarashning targ‘ib
etilishida, aql ko‘rsatmalariga qat’iy bo‘ysunish va his-
siyotga berilmaslikda ham aks etgan. Tinchlikparvarlik
va ezgulik g‘oyalari buddaviylikning «Pancha shila»
(sanskritcha — besh nasihat) qoidasida ham aks eta-
di. Unga ko‘ra buddaviy qotillik, o‘g‘rilik, gumrohlik,
yolg‘on so‘z, mast qiluvchi
narsalardan saqlanishi lo-
zim. Bu dinga e’tiqod qilgan har bir rohib o‘zgalar
mulkiga ko‘z olaytirmaslik, birovga nafrat bilan qa-
ramaslik, adolat haqida o‘ylash,
munosib insonlardan
yaxshilikni ayamaslik, axloqiy xatti-harakat qoidalariga
amal qilishi lozim hisoblanadi.
Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan zardo‘shtiylik
dini ham o‘zining tinchlikparvarligi bilan alohida ajra-
lib turgan. Bu «Avesto»da aks etgan «Ezgu fikr, ezgu
so‘z, ezgu amal» ta’limotida ham o‘z aksini topgan.
Ayni damda, Videvdat kitobining ikkinchi fragardida
tinchlikning muhimligi borasida fikrlar bildirilgan. Yas-
na kitobining 12-bobida har bir zardo‘shtiy tiyilishi lo-
Hech kimga yomonlik evaziga yomonlik qaytarmanglar. Barcha odamlar
ning ko‘zi oldida yaxshilik qilishga intilinglar.
Agar iloji bo‘lsa, qo‘lingizdan kelganicha, barcha odamlar bilan
tinchtotuv hayot kechiringlar.
Do'stlaringiz bilan baham: