110
MUSTAHKAMLASH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Sekta deganda nima tushuniladi?
2. Sektalar faoliyatining zararlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
3. Missionerlar bolalar orasida ish olib borishda nimalarga e’tibor
bermoq dalar?
4. O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va
diniy tashkilotlar
to‘g‘risida»gi Qonunida missionerlikka qanday munosabat bildirilgan?
ni keltirgan holda o‘z faoliyatlarining go‘yoki qonuniy
ekanini asoslashga harakat qiladilar.
Lekin mazkur hujjatning 18-moddasi 2-bandida
e’tiqodni o‘zgartirish majburiy xatti-harakatlar bilan
bog‘liq bo‘lmasligi, 20-moddasining 2-bandida esa
dushmanlik va diniy g‘animlikni keltirib chiqaradi-
gan harakatlar qonun bilan taqiqlab qo‘yilishi za-
rurligi haqidagi qoidalar mustahkamlangan.
Missionerlarning asosiy maqsadi qaysidir dinni
targ‘ib qilish yoki qaysidir dinni kuchsizlantirish emas,
balki siz-u biz yashab turgan yurtning tinchligiga raxna
solish va taraqqiyotini barbod qilishdir.
IJODIY FAOLIYAT
Matnni o‘qing. Davlat fuqarolarga vijdon erkinligi huquqini berish bi-
lan birga, bu huquqni amalga oshirishlarida ularga
qanday majburiyat
yuklamoq da? Fikringizni asoslang.
Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxs
larning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinlikla
riga putur yetkazmasliklari shart.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 20-modda
111
«VIJDON ERKINLIGI VA DINIY
TASHKILOTLAR TO‘G‘RISIDA»GI
QONUNNING MAZMUN-MOHIYATI
23-§
FAOLLASHTIRISH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
«O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir
xil huquq va erkin-
liklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,
e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida teng-
dirlar», deb qayd etilganida qanday qadriyatlar nazarda tutiladi?
2. Vijdon erkinligini ta’minlash borasida mamlakatimizda qanday amaliy
ishlar olib borilmoqda?
Konstitutsiyamizning 31-moddasida «Hamma uchun
vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har
bir inson xohlagan
dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qil-
maslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan sing-
dirishga yo‘l qo‘yilmaydi», deb mustahkamlab qo‘yil-
gan.
Ushbu qoidani amalga
oshirish mexanizmi sifatida
qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonuni
3-moddasida vijdon erkinligi
fuqarolarning har qanday
dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qil-
Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek,
ularning ixtiyoriga, otaonalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ix
tiyoriga zid tarzda dinga o‘qitishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: