109
MISSIONERLIKKA QARSHI KURASH
Missionerlikka qarshi kurash masalalari O‘zbekiston
Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida»gi Qonuni bilan belgilab qo‘yilgan.
Qonunga binoan «Bir diniy
konfessiyadagi dindorlar-
ni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (pro-
zelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik
faoliyati man etiladi. Ushbu
qoidaning buzilishiga ayb-
dor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan ja-
vobgarlikka tortiladilar» (5-modda).
Lekin bugungi kunda missionerlar dunyo bo‘yicha
demokratik qadriyatlar,
inson huquqlari ustuvor aha-
miyat kasb etib borayotganidan ham o‘z maqsadlari
yo‘lida ustalik bilan foydalanishga intilmoqdalar.
Masalan, missionerlar, ko‘pincha, «
Inson huquqla
ri Umumjahon deklaratsiyasi» hamda
«Fuqarolik va
siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt»larda mustah-
kamlab qo‘yilgan ayrim qoidalarni ro‘kach qiladilar.
Bunda har bir inson vijdon
erkinligi huquqiga ega-
ligi, ushbu huquq, jumladan, o‘z dinini o‘zgartirish,
toat-ibodat qilish, diniy rasm-rusum
va marosimlarni
ado etish erkinligini o‘z ichiga olishi haqidagi qoidalar-
IJODIY FAOLIYAT
Berilgan matnni «Talaba yoshlar — missionerlik faoliyatining asosiy
obyekti» degan fikr bilan bog‘lab tushuntiring.
«Butun dunyoda universitet va kollejlarda 37 million talaba tahsil oladi.
Ularning ko‘plari 20 yildan so‘ng yirik mansablarni egallashadi».
P. Jonstoun. «Dunyo operatsiyasi»
Yoshlarning
ongida qanday
kayfiyat ustun
ligini aytsang,
men senga
keyingi avlod
ning tabiati qan
day bo‘lishini
aytib beraman.
Do'stlaringiz bilan baham: