122
QO‘SHIMCHA O‘QISH UCHUN
• 1993-yilda BMTning 48-sessiyasida O‘zbekiston
Respublikasining
Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan mintaqaviy xavfsizlik-
ni mustahkamlash hamda yadro quroli tarqalmasligi va qurolsizlanish
bo‘yicha takliflar kiritildi.
• 1995-yilda BMT Bosh Assambleyasining 50-sessiyasida O‘zbekiston
Afg‘onistonga qurol-yarog‘ kiritishga qarshi xalqaro embargo qo‘yish
g‘oyasi bilan chiqdi.
• 1997-yil mamlakatimiz tashabbusi bilan 6+2 (Eron, Xitoy,
Pokiston, To-
jikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, AQSH va Rossiya) shaklidagi mu-
loqot guruhi faoliyat ko‘rsatdi.
• 1999-yilda «Afg‘onistondagi muammolarni tinch yo‘l bilan bartaraf
etish tamoyillari to‘g‘risida»gi Toshkent deklaratsiyasi imzolandi.
• 2008-yilda NATO tashkilotining Buxarest sammitida Afg‘oniston moja-
rolarini birgalikda siyosiy yo‘l bilan hal etish, iqtisodiy yordam ko‘rsa-
tish maqsadida Muloqot guruhi faoliyati 6+3 (NATO ishtirokida)
shakli-
da namoyon bo‘ldi.
• 1999-yil Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Istanbul sam-
mitida O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan Terrorizmga qarshi
kurash
bo‘yicha Xalqaro markazni yaratish g‘oyasi 2001-yilning sentabrida
BMT Xavfsizlik kengashi doirasida aksilterror qo‘mitasining ta’sis
etili-
shi bilan o‘zining tasdig‘ini topdi.
• 2002-yil Islom Karimov taklifi bilan giyohvandlik vositalari va
psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishga
qarshi kurash bo‘yicha Markaziy Osiyoda
mintaqaviy axborot muvo-
fiqlashtirish markazi tashkil etildi.
• 2014-yil 6-may kuni — BMT tashkil etilgandan keyin birinchi maro-
taba, beshta
yadroviy davlat, AQSH, Buyuk Britaniya,
Fransiya, Xitoy
va Rossiya yakdillik bilan muhim xalqaro hujjat —
Markaziy Osiyoda
yadro qurolidan xoli zona barpo etish to‘g‘risidagi shartnomani imzola-
dilar.