Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

Jon
Makkinder


117
• Bu — mintaqaning tabiiy resurslar (neft, gaz, 
oltin, uran, rangli metallar va boshqalar)ga boy 
ekanligi ko‘pchilikni o‘ziga ohanrabodek jalb 
etadi.
Ana shunday moddiy boyliklarga ega bo‘lishga intil-
gan g‘arazli guruhlar har bir imkoniyatdan foydalanish-
ga, eng buyuk boyligimiz bo‘lmish milliy qadriyatlari-
miz va ma’naviyatimizga tahdid solishga harakat 
qiladilar.
Biz bugungi kunda murakkab zamonda yashamoq-
damiz. So‘nggi paytlarda butun dunyo mamlakatlarini 
diniy ekstremizm va terrorizm tashvishga solib kelmoq-
da. Dunyoning turli mintaqalarida davom etayotgan 
mahalliy urushlar, harbiy qarama-qarshilik va moja-
rolar, terrorchilik xurujlari xalqaro xavfsizlikka tah did 
solmoq da. Hozir diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm 
dunyo mamlakatlari uchun nafaqat tashqi, balki ich-
ki xavfsizlikka ham daxldor masalaga aylandi. Chunki 
diniy ekstremistik va xalqaro terrorchilik tashkilotlari 
jangarilik usullari bilan hokimiyat uchun kurashuvchi 
guruhlarni shakllantirish, ularni har tomonlama rag‘bat-
lantirish va qo‘llab-quvvatlashga intilmoqdalar.
TARIXGA NAZAR
Markaziy Osiyo davlatlarida terrorchilik harakatlari 1990–1996-yillarda 
Tojikistondagi fuqarolik urushi davomida, 1999–2001-yillari Qirg‘iziston-
ning Botken viloyatida, mamlakatimiz hududida 1990-yilda Namangan va 
Andijonda, 1999-yili Toshkent shahrida, 1999–2001-yillarda O‘zbekiston-
ning Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida, 2004-yilning mart–aprel oyla-
rida Toshkent shahri va Buxoro viloyatida, 2004-yilning iyul oyida Toshkent 
shahrida, 2005-yili Andijonda sodir etildi.
Diniy ekstre-
mizm — jamiyat 
uchun an’anaviy 
bo‘lgan diniy 
qad riyatlar va 
aqidaviy ah-
komlar tizimini 
inkor etib, ularga 
zid bo‘lgan 
«g‘oyalar» va 
amallarni agres-
siv tarzda targ‘ib 
qilishdir.


118
Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston Respublikasi mutaassiblik, ekstremizm 
va terrorchilikning mintaqaviy va umumbashariy miqyosdagi xavf ekanidan 
kelib chiqib, jahon hamjamiyati unga qarshi birgalikda kurashishi lozimligi 
to‘g‘risidagi g‘oyani jahonning nufuzli tashkilotlari minbarlaridan e’lon qildi. 
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 
1993-yil 28-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qilgan 
ma’ruzasida jahon hamjamiyatini Afg‘oniston muammosini izchil o‘rganish va 
yechishga chaqirdi. 
O‘zbekiston diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash sohasidagi 
huquqiy jarayonlarni tartibga solish, ekstremistik g‘oyalar tarqalishining oldi-
ni olish uchun o‘zining ichki siyosatida ham tegishli chora-tadbirlarni amalga 
oshirib kelmoqda. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling