"Terrorizmga qarshi kurash to'g'risidagi "qonun bandlarini o'rganish
Download 196.2 Kb.
|
Terrorizmga qarshi kurash to\'g\'risidagi qonun bandlarini o\'rga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Terrorizmga qarshi kurash togrisidagi "qonun bandlarini organish Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
"Terrorizmga qarshi kurash to'g'risidagi "qonun bandlarini o'rganishReja:1. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari 2. Ushbu Qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 3. Terrorizmga qarshi kurash to'g'risidagi "qonun bandlarini o'rganish Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari Ushbu Qonunning asosiy vazifalari shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini ta’minlash, davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat. 2-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: garovga ushlab turilgan shaxs — qo‘lga olingan yoki ushlab turilgan shaxsni ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, xalqaro tashkilotlarni, shuningdek ayrim shaxslarni biron-bir harakat sodir etishga yoki bunday harakat sodir etishdan tiyilishga majbur qilish maqsadida terrorchilar tomonidan qo‘lga olingan yoki ushlab turilgan jismoniy shaxs; terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy obyektlarning yo‘q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogarliklar qilishga, aholini qo‘rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo‘rlik, zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar; terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy obyektlarning yo‘q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogarliklar qilishga, aholini qo‘rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo‘rlik, zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar; Terrorizmni moliyalashtirish terrorizmni moliyalashtirish — terrorchilik tashkilotining mavjud bo‘lishini, faoliyat ko‘rsatishini, moliyalashtirilishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni ta’minlashga, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag‘-vositalarni, resurslarni berishga yoki yig‘ishga, boshqa xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat; terrorchi — terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni amalga oshirgan shaxs; terrorchi — terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni amalga oshirgan shaxs; (2-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) terrorchilik guruhi — oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan, bunday harakatga tayyorgarlik ko‘rgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilgan shaxslar guruhi; terrorchilik tashkiloti — ikki yoki undan ortiq shaxsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi; terrorchilikka qarshi operatsiya — terrorchilik harakatiga chek qo‘yish va uning oqibatlarini minimallashtirish, shuningdek jismoniy shaxslarning xavfsizligini ta’minlash hamda terrorchilarni zararsizlantirishga qaratilgan, kelishilgan va o‘zaro bog‘liq maxsus tadbirlar majmui; terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkaziladigan zona — joyning yoki akvatoriyaning alohida uchastkalari, havo bo‘shlig‘i, transport vositalari, binolar, imoratlar, inshootlar, xonalar hamda terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkaziladigan doiradagi ularga tutash hududlar; terrorchilik faoliyati — terrorchilik harakatini uyushtirish, rejalashtirish, tayyorlash va amalga oshirishdan, terrorchilik harakatiga undashdan, terrorchilik tashkilotini tuzishdan, terrorchilarni yollash, tayyorlash va qurollantirishdan, ularni moliyalashtirish va moddiy-texnika jihatidan ta’minlashdan iborat bo‘lgan faoliyat; terrorchilik harakati — garovda ushlab turish uchun shaxslarni qo‘lga olish yoki ushlab turish, davlat yoki jamoat arbobining, aholining milliy, etnik, diniy, boshqa guruhlari, chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlar vakillarining hayotiga tajovuz qilish, davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik obyektlarni shu jumladan kontinental shelfda joylashgan statsionar platformalarni bosib olish, shikastlantirish, yo‘q qilish, portlatishlar, o‘t qo‘yishlar, portlatish qurilmalarini, radioaktiv, biologik, portlovchi, kimyoviy, boshqa zaharlovchi moddalarni ishlatish yoki ishlatish bilan qo‘rqitish, yer usti, suv va havo transporti vositalarini qo‘lga olish, olib qochish, shikastlantirish, yo‘q qilish, aholi gavjum joylarda va ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotganda vahima ko‘tarish va tartibsizliklar keltirib chiqarish, aholi hayotiga, sog‘lig‘iga, jismoniy yoki yuridik shaxslar mol-mulkiga avariyalar, texnogen xususiyatli halokatlar sodir etish yo‘li bilan zarar yetkazish yoki xavf tug‘dirish, tahdidni har qanday vositalar va usullar bilan yoyish tarzida terrorchilik tusidagi jinoyatlarni, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalarida belgilangan terrorchilik tusidagi boshqa harakatlarni sodir etish; terrorchilik harakati — garovda ushlab turish uchun shaxslarni qo‘lga olish yoki ushlab turish, davlat yoki jamoat arbobining, aholining milliy, etnik, diniy, boshqa guruhlari, chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlar vakillarining hayotiga tajovuz qilish, davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik obyektlarni shu jumladan kontinental shelfda joylashgan statsionar platformalarni bosib olish, shikastlantirish, yo‘q qilish, portlatishlar, o‘t qo‘yishlar, portlatish qurilmalarini, radioaktiv, biologik, portlovchi, kimyoviy, boshqa zaharlovchi moddalarni ishlatish yoki ishlatish bilan qo‘rqitish, yer usti, suv va havo transporti vositalarini qo‘lga olish, olib qochish, shikastlantirish, yo‘q qilish, aholi gavjum joylarda va ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotganda vahima ko‘tarish va tartibsizliklar keltirib chiqarish, aholi hayotiga, sog‘lig‘iga, jismoniy yoki yuridik shaxslar mol-mulkiga avariyalar, texnogen xususiyatli halokatlar sodir etish yo‘li bilan zarar yetkazish yoki xavf tug‘dirish, tahdidni har qanday vositalar va usullar bilan yoyish tarzida terrorchilik tusidagi jinoyatlarni, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalarida belgilangan terrorchilik tusidagi boshqa harakatlarni sodir etish; 3-modda 3-modda. Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunchilik Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. (3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 4-modda. Terrorizmga qarshi kurashning asosiy prinsiplari Terrorizmga qarshi kurashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; shaxs huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi; jazoning muqarrarligi; terrorizmga qarshi kurash oshkora va nooshkora usullarining uyg‘unligi; jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi o‘tkaziladigan operatsiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik. 5-modda 5-modda. Terrorchilik faoliyatining oldini olish Terrorchilik faoliyatining oldini olish davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa profilaktik choralar majmuini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Quyidagilar taqiqlanadi: terrorizmni targ‘ib qilish; terrorchilik guruhlari va tashkilotlarini tuzish hamda ularning faoliyat ko‘rsatishi; terrorchilik faoliyatiga daxldor yuridik shaxslarni, ularning bo‘linmalari (filiallari) va vakolatxonalarini (shu jumladan chet el va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini) akkreditatsiya qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning faoliyat ko‘rsatishi; terrorchilik faoliyatiga daxldor chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kirishi; tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlariga oid ma’lumotlar va faktlarni yashirish. 6-7-moddalar 6-modda. Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat organlariga ko‘maklashish Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, shuningdek fuqarolar terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat organlariga ko‘maklashadilar va zarur yordam beradilar. 7-modda. O‘zbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorligi Terrorizmga qarshi kurash sohasida O‘zbekiston Respublikasining chet el davlatlari bilan, ularning huquqni muhofaza qiluvchi organlari, maxsus xizmatlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. 12-modda 12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida giyohvandlik vositalari, psixotrop va portlovchi moddalar, portlatish qurilmalari, qurol-yarog‘lar, qurollar va o‘q-dorilar, yadroviy, biologik, kimyoviy yoki boshqa turdagi yalpi qirg‘in qurollari, terrorchilik harakatlarida ishlatilishi mumkin bo‘lgan materiallar va asbob-uskunalarni noqonuniy olib o‘tishga urinishlarning oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yish choralarini ko‘radi; O‘tgan qisqa 5 yillik davrda respublikada inson huquq va manfaatlarini ta’minlash kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Jamiyatda siyosiy faollik ortib, barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ulardan ko‘zlangan asosiy maqsad «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan tamoyilni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan iborat. Mamlakatning barcha hududlarida Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilgani, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilgani, odamlarning erkin harakat qilishini cheklaydigan xorijga chiqish vizalari bekor qilingani, inson huquqlarini himoya qilish masalasi bo‘yicha milliy va xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan ochiq muloqot faollashib borayotgani, ekstremizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan, adashgan fuqarolar ijtimoiy reabilitatsiya qilinayotgani, ommaviy axborot vositalarining o‘rni sezilarli darajada oshayotganligi mazkur sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning natijasi hisoblanadi. Hozirgi kunda ham xalqaro terrorizm va ekstremizm tahdidlari dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda va bu hushyorlikni ko‘zdan qochirmaslikni, o‘z vaqtida chora ko‘rishni, millionlab insonlar farovonligi uchun ekstremistik g‘oyalarning kelib chiqish manbalarini o‘rganishni talab etadi. Shu bilan birga terrorizmga qarshi kurash sharoitida inson huquqlarining ta’minlanishi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Mustaqil O‘zbekiston terrorizmga qarshi kurashning o‘ziga xos tarixiga ega bo‘lib, bunda mustaqillikka erishgandan so‘ng radikal g‘oyalarning tarqalishi og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, mintaqada qo‘shimcha beqarorlik o‘choqlarining paydo bo‘lishi, hokimiyatni din orqali qonuniylashtirish va mustahkamlashga urinishlar bo‘lgan. O‘zbekistonda oxirgi 10 yil ichida birorta ham terakt sodir etilmagan bo‘lishiga qaramasdan, mamlakat fuqarolari ishtirok etgan Suriya, Iroq va Afg‘onistondagi jangovar harakatlarda, shuningdek, O‘zbekistondan kelgan muhojirlarning AQSh, Shvesiya, Turkiyada terrorchilik harakatlariga jalb etilishi aholini deradikalizatsiya qilish muammosiga yondashuvni qayta ko‘rib chiqish va profilaktika choralarining samaradorligi darajasini oshirish zaruratini tug‘dirmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekistonda asosiy e’tibor terrorizmning tarqalishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va sabablarni aniqlash va bartaraf etishga qaratildi. Bu chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham o‘z ifodasini topgan. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga yondashuvlarni konseptual qayta ko‘rib chiqish quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Download 196.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling