Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

Molikiylik mazhabi asoschisi, imom Abu Abdulloh 
Molik ibn Anas 711-yilda tavallud topgan. Mazkur maz-
habda birinchi man ba Qur’oni karim, ikkinchi manba 
hadis hisoblanadi. Molikiylik mazhabida shar’iy masa-
lalarda Madina hayoti va odatlari ko‘p hollarda ustun 
turgan.
Molikiylik Marokash, Jazoir, Tunis, Bangladesh kabi 
mamlakatlarda asosiy mazhab hisoblanadi.
Bugungi kunda 
dunyodagi taxmi­
nan 1,7 milliard 
musulmon aholi­
ning 92,5 foizini 
sunniylar tashkil 
etib, ular maz­
hablar bo‘yicha 
quyidagi nisbat­
da bo‘linadilar: 
hanafiylar — 
49%, shofe’iy­ 
lar — 25%, mo­
likiylar — 17%, 
hanbaliy lar — 
1,5%.
Istehson (ar. yax­
shi deb bilish) —
islom huquqida 
ikki masaladan 
yengilroq to­
monni tanlashga 
aytiladi.


69
Keyingi davrda paydo bo‘lgan «soxta sala-
fiylik», «Hizbut tahrir» kabi yo‘nalishlarni 
fiqhiy mazhablarga tenglashtirib bo‘lmaydi. 
Chunki ular shar’iy masalalarda o‘z mus-
taqil yechimlarini bergan tizimga ega emas. 
Ularga diniy-siyosiy harakat va noqonuniy 
siyosiy partiyalar sifatida qarash mumkin.
Shofe’iylik mazhabi asoschisi Abu Abdulloh Mu-
hammad ibn Idris Shofe’ (767–804) Falastinning G‘azo 
shahrida tugilib, 804-yili Misrda vafot etgan. 
Shofe’iylik mazhabi fiqhiy hukm chiqarishda Qur’on, 
sunnat, ijmo va qiyosga suyanadi. Ular hanafiylar va 
molikiylarda mavjud bo‘lgan istehsonni rad qiladilar.
Shofe’iylik, asosan, Indoneziya, Malayziya, Misr, 
Sudan, Keniya, Mali, Liviya kabi davlatlarda tarqalgan.
Hanbaliylik mazhabi asoschisi imom Abu Abdul-
loh Ahmad ibn Hanbal (780–855) Bag‘dod shahrida 
yashagan.
Hanbaliylik mazhabida Qur’on va sunnat aso-
siy manba hisoblanadi. Ijmo va sahobalarning gaplari 
keyingi o‘rinlarda turadi. Qiyosni boshqa iloj qolma-
gandagina ishlatishga ruxsat beriladi. Mazkur mazhab 
izdosh 
lari bo‘yicha eng kamsonli hisoblanib, aso-
san, Saudiya Arabistoni, Yaman, BAA, Quvayt, Qatar 
davlatlari aholisi orasida tarqalgan.
Sunniylikdagi to‘rtala mazhab bir-biri bilan teng hi-
soblanadi. Mazhablar an’anaviy diniy huquq doirasidan 
chiqmagani holda, shariat masalalarida yengilroq yoki 
qattiqroq hukm chiqarishlari bilan farq qiladi. 
2017­yil iyuni­
da Preziden­
timiz Shavkat 
Mirziyoyev 
topshirig‘i bilan 
Imom Moturi­
diy majmuasida 
«Kalom ilmi 
maktabi»ni, 
moturidiylik 
ta’limotining 
yirik vakili Abul 
Mu’in Nasafiy 
ziyoratgohida 
esa «Aqoid mak­
tabi»ni tashkil 
etish ishlari 
boshlandi.


70

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling