AQIDAVIY TA’LIMOTLAR
Islom dinida Alloh taolo, uning sifatlari, insonlarning
taqdiri, qiyomat, jannat va do‘zax, gunoh va savob kabi
aqidaviy masalalarni o‘rganuvchi fan «kalom ilmi» deb
ataladi. Milodiy VIII–IX asrlarda musulmonlar orasi-
da yunon falsafasidan ta’sirlangan, Qur’on oyatlari va
hadis larni noto‘g‘ri tushungan toifalar paydo bo‘ldi.
Ular goh Allohni insonga o‘xshash tasvirlar, goh uning
xususiyatlarini inkor etar, payg‘ambarlar, Qur’oni karim
sha’niga noloyiq fikrlarni bildirar edilar. Mana shunday
sharoitda sunniylik yo‘nalishi olimlari ayrim oqimlar-
ning buzg‘unchi g‘oyalariga bir qator raddiyalar bergan-
lar. Natijada moturidiya va ash’ariya ta’limotlari yuzaga
kelgan. Sunniylik doirasida mazkur ikki yo‘nalish ham
to‘g‘ri hisoblanadi.
Moturidiya ta’limotiga movarounnahrlik olim,
buyuk ajdodimiz Abu Mansur Moturidiy (870–944) asos
solgan.
Moturidiy sof diniy aqida doirasidan chiqmagan hol-
da aql-idrokni ulug‘laydi va mantiqan asoslangan bilim-
ning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi.
Moturidiyga ko‘ra, inson hayotiy imtihonlar uchun
yaratilgan. Shu bilan bir vaqtda unga ushbu sinovlardan
muvaffaqiyatli o‘tish va to‘g‘ri yo‘lni topish uchun keng
imkoniyatlar ham berilgan. Inson o‘z xatti-harakatlarini
tanlashda ixtiyorlidir.
Buyuk alloma o‘z qarashlari bilan hanafiylik ta’limo-
tining Markaziy Osiyo xalqlari an’analari, urf-odatla-
ri bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatib berdi. Eng
Donishmand —
baqqol ning
do‘koniga
o‘xshaydi:
borini indamay
gina ko‘rsatadi
qo‘yadi, nodon
esa lashkar
nog‘orasining
o‘zi: ovozi
balandu, ichi
bo‘mbo‘sh va
g‘arib.
Sa’diy
Sheroziy
Moturidiya ta’limoti XI–XII asrlarda keng miqyosda rivojlangan.
Ushbu davrlarda ta’limot nafaqat Movarounnahrda, barki Xuroson,
Iroq, Misr va Shom o‘lkalariga ham tarqala boshlagan.
Abu Mansur
Moturidiy
maqbarasi
71
Do'stlaringiz bilan baham: |