Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

ISLOMDAGI MAZHABLAR
VII asrning ikkinchi yarmida islomda ilk bo‘linish-
lar boshlandi. Xalifa Ali davriga kelib turli g‘arazli 
kuchlar ta’sirida bu jarayon kuchaydi. Natijada xori­
jiylik, shia lik va sunniylik deb ataluvchi yo‘nalishlar 
vujudga keldi.
Bugungi kunda musulmonlarning aksari sunniylik 
yo‘nalishidadir. VIII–IX asrlarga kelib esa sunniylik doi-
rasida huquqiy maktablar (mazhablar) — hanafiylik, mo­
likiylik, shofe’iylik va hanbaliylik hamda ikki aqidaviy 
ta’limot — ash’ariylik va moturidiylik yuzaga kelgan. 
Mazhablar shariat bilimdoni (faqih) tomonidan Qur’on 
va sunnat asosida ishlab chiqilgan yo‘ldir. U 
lar o‘z 
asoschilari nomi bilan atalgan. Masalan, Abu Hanifa asos 
solgan mazhab — hanafiylik, Molik ibn Anas asos solgan 
mazhab — molikiylik deb atalgan. Mavjud mazhablar 
asosiy masalalarda bir-birini inkor etmaydi.
«Men ming nafar 
shayxni topdim 
va ulardan hadis 
yozib oldim. Bu 
besh shayxdan 
faqihrog‘ini, 
taqvolirog‘ini, 
olimrog‘ini 
topmadim. 
Ularning eng 
birinchisi Abu 
Hanifadir».
Yazid
ibn Horun
Toshkentlik buyuk olim Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol 
Shoshiy (291–365-h.y.) fiqh, hadis, lug‘at va adabiyot bo‘yicha o‘z 
davrining mashhur olimlaridan edi. Qabrlari Toshkentdagi Hasti-
mom (Hazrati Imom) dahasida joylashgan.
Toshkentdagi 
«Minor» masjidi


68
Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa nomi bi-
lan mashhur Nu’mon ibn Sobit Kufiy (699–767) hi-
soblanadi.
Ushbu mazhab o‘z mohiyati, ta’limoti va qo‘llagan 
uslubi bilan jamiyatda yuz berib turadigan har qanday 
savolga javob topa oladi. Bu shundan kelib chiqadiki
hanafiy mazhabi yangi vujudga kelgan diniy masalaning 
yechimi Qur’on va hadisda mavjud bo‘lmasa, qiyos 
va uning eng muhim turi bo‘lmish istehsonga tayanib 
ish olib boradi. Abu Hanifa og‘ir vaziyatlarda odamlar 
uchun qulay sharoit yaratib berib, qiyinchiliklarini oson 
qilishga uringan. Abu Hanifa erkinlik tamoyilining ho-
miysi edi, tijorat va boshqa sohalarda inson huquqi va 
erkinliklarini himoya qilib keldi.
Masalan, turmush qurishda erkak va ayolga teng 
huquq berilib, oqil va balog‘atga yetgan qiz va ayollarni 
hech kim ularning roziligisiz nikoh qilishga majburlay 
olmaydi, nikoh shartnomasi qizning valiysi (ota, buva, 
amaki, aka, uka) bo‘lmasa ham uning o‘z so‘zi bilan 
bog‘lanadi. 
Bugungi kunda Markaziy Osiyo musulmonlarining 
aksari hanafiylik mazhabiga ergashadi. Ayni damda 
maz kur maktab Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Iroq, 
Suriya, Turkiya va qator Afrika mamlakatlarida keng 
tarqalgan.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling