Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

TARIXGA NAZAR
Abu Bakr Siddiq (632–634) davrida Qur’on ilk bor sahifalarda jamlandi. Xa-
lifa Usmon ibn Affon (642–654) davrida Qur’on ikkinchi marta jamlanib, kitob 
holatiga keltirildi. Bu vazifa Abu Bakr Siddiq davridan tajribaga ega bo‘lgan 
sahoba — Zayd ibn Sobit tomonidan amalga oshirildi. Yagona Mus’hafdan bir 
necha nusxa ko‘chirildi va har bir mintaqaga bittadan yuborildi.


64
nashri 2011–2016-yillarda olti marta qayta chop qilindi. 
2013–2014-yillarda tafsirning 1 va 2-juzlari rus tiliga 
ham tarjima qilinib, bosmadan chiqdi.
Shayx Abdulaziz Mansur tomonidan amalga oshirilgan 
Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi va tafsiri «Tosh-
kent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi 
tomonidan 2001, 2004, 2006, 2007, 2009, 2012, 2014, 
2016-yillarda qayta-qayta nashr qilindi. Ushbu asarning 
boshqa tarjima-tafsirlardan o‘ziga xosligi shundaki, unda 
Qur’oni karim ma’nolari arabcha matn atrofida o‘zbek 
o‘quvchisiga o‘z ona tilida ravon va tushunarli qilib, ke-
rakli izohlar bilangina cheklanib, iboralarning ta’sirchan-
ligiga katta e’tibor bergan holda taqdim etilgan.
Shamsiddinxon Boboxonov tomonidan tayyorlangan 
Qur’oni karimning 30-porasiga qilingan tarjima mus-
taqillikning dastlabki yillarida xalqimiz qo‘liga yetib 
bordi. Unda kishilarga yaxshi tanish bo‘lgan va ko‘p 
o‘qiladigan suralar borligi hisobga olinib, 30-poraning 
arabiy matni ham berilgan.
Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti Abu 
Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari marka-
zida professor Mutallib Usmonov mas’ul muharrirligi-
da Qur’oni karim o‘n besh porasining («Fotiha» surasi-
dan «Isro» surasigacha) akademik tarjimasi tayyorlanib 
nashr etilgan. Unda Qur’oni karimning nozil bo‘lish 
davri tarixi ham qisqacha yoritilgan. 
IJODIY FAOLIYAT
Mazkur matnni o‘qing. Matndagi «o‘z nafsining baxilligi» degan iborani 
qanday tushundingiz? Nafsning baxilligidan qanday saqlanish mumkin deb 
o‘ylaysiz?
«Kimki o‘z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o‘shalar najot 
topguvchi zotlardir».

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling