Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


ISLOM DININING MARKAZIY OSIYOGA KIRIB


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

ISLOM DININING MARKAZIY OSIYOGA KIRIB 
KELISHI
Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) vafotidan so‘ng u ki-
shining eng yaqin izdoshlari Abu Bakr (632–634), Umar 
ibn Xattob (634-644), Usmon ibn Affon (644–656) va 
Ali ibn Abu Tolib (656–661) (r.a.)lar musulmonlar ja-
moasiga rahbarlik qildilar. Bu davr islom tarixida «Xu-
lafoi-roshidin» (To‘g‘ri yo‘ldagi o‘rinbosarlar) davri deb 
ataladi.
Usmon ibn Affon (r.a.) davriga kelib musulmonlar 
hozirgi Turkmaniston hududlariga kirdilar. Sekin-asta 
arab-musulmon qo‘shinlari Xuroson va Movaroun nahr 
hududlarini egallab, islom dinini tarqata boshladilar. 
Lekin arablar egallagan yerlarning aholisi bir zumda 
Islom ta’limotiga ko‘ra, Muhammad payg‘ambar nomi zikr etilgan-
da unga hurmat yuzasidan «sollallohu alayhi vasallam» (qisqacha: s.a.v.: 
«unga Allohning rahmat va salomi bo‘lsin») yoki «alayhis-salom» (qisqa-
cha: a.s.: «unga salom bo‘lsin») iborasini aytish lozim hisoblangani uchun 
islom tarixiga oid adabiyotlarda s.a.v. yoki a.s. qisqartmasi ishlatiladi.
Toshkentdagi 
Usmon 
Mus’hafining 
varag‘i


63
musulmonlarga aylanib qolmadi. Markaziy Osiyoda IX asr o‘rtalariga kelibgi-
na, ya’ni Movarounnahr fathidan bir yarim asr o‘tgach, islom mahalliy aholi-
ning asosiy diniy e’tiqodiga aylandi.
Markaziy Osiyoga islom dinining kirib kelishi bilan mintaqada ijti-
moiy-ma’naviy soha rivojlana boshladi. O‘lkada iqtisodiy yuksalish yuz berdi, 
dunyoviy va diniy fanlar tez sur’atlar bilan rivojlandi.
O‘zbekiston hududida islom dinining sunniylik yo‘nalishi, xususan, Hanafiy 
(Imom A’zam) mazhabi qaror topdi.
O‘ZBEKISTONDA ISLOM
MANBALARINING O‘RGANILISHI
Islom dinining asosiy manbasi bo‘lgan Qur’oni karim mustaqillikning 
dastlabki yillaridan boshlab o‘zbek olimlari va din ulamolari tomonidan 
o‘rganila boshlandi. Chunonchi, u jadallik bilan o‘zbek tiliga tarjima qilindi 
va chop etildi.
Qur’oni karimning ilk bor to‘liq ravishda zamonaviy o‘zbek tilida-
gi tarjimasi Alouddin Mansur tomonidan amalga oshirildi. Mazkur tarjima 
1990–1992-yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida e’lon qilingan bo‘lsa, 1992-yili 
alohida kitob shaklida ko‘p nusxada nashr etildi. 
1991-yildan boshlab Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1952–
2015) tomonidan yozilgan «Tafsiri Hilol» nomli tarjima-tafsirning avval 
27, 28, 29, 30-poralari nashr qilindi. Aytish kerakki, ushbu tafsir zamonaviy 
o‘zbek tilidagi keng izohli va sharhlarga boy asarlardan biridir. Ushbu tafsir 
2005-yilda olti jildda to‘liq nashr etildi, so‘ngra uning tuzatilgan va to‘ldirilgan 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling