4-mavzu. O'zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li Mavzuni o’rganishdan maqsad


Download 438.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana07.05.2023
Hajmi438.11 Kb.
#1441141
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu. O\'zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li



4-mavzu. O'zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li 
 
Mavzuni o’rganishdan maqsad: Talabalarga O'zbekiston taraqqiyotning 
dastlabki bosqichidagi muammolar, “O'zbek modeli” va uning o'ziga xos 
xususiyatlari, O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish 
va taraqqiyot yo'li va Konstitutsiyamizning qabul qilinishi va uning tarixiy 
ahamiyati haqida ma'lumot berish. 
 
Tayanch so’z va iboralar: Taraqqiyot modellari, global modellar, mintaqaviy 
modellar, milliy modellar, tadrijiy yo'l, taraqqiyotning O'zbek modeli, 
demokratiya, fuqarolik jamiyati, fuqarolik jamiyati va taraqqiyotning O'zbek 
modeli, besh tamoyil, islohotlarning konseptual asoslari 
 
Asosiy masalalar (Reja):
1. 
Mustaqil 
taraqqiyotning 
dastlabki 
bosqichidagi 
muammolar, 
O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'lini tanlashi. 
2. 
Taraqqiyotning “O'zbek modeli” va uning o'ziga xos xususiyatlari. 
3. 
O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va 
taraqqiyot yo'li. 
4. 
Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat 
ramzlari. 
1. 
Mustaqil 
taraqqiyotning 
dastlabki 
bosqichidagi 
muammolar, 
O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'lini tanlashi. 
O'zbekiston mustaqillikka yerishganidan so'ng kun tartibida ja-hon 
andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub 
islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy 
tizirnni vujudga keltirish vazifasi turar yedi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos 
ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar yendilikda respublikada barpo qilinajak yangi 
jamiyat manfaatlariga mos kelmas yedi. Mulkchilik, mulkka yegalik qilish va uni 
boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlat¬ning ijtimoiy-
iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jid-diy yangilanishlarni taqozo 
yetar yedi. 
Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya yetish lozim bo'lgan tayyor 
andozalari hech qachon bo'lmagan va bo'lmaydi ham. Shu bilan birga 
rivojlanishning madaniy, ma'rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan 
an'analari mavjud bo'lgan O'zbekistonday qadimiy makonda o'ziga xos yo'l tanlash 
uchun ancha-muncha izlanish lozim yedi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik 
bilan ish tutish lozim yedi. Shuning uchun ham «Mustaqil O'zbekiston tug'ilgan 
kuniyoq oyoqqa turishga, o'zi yurishga majbur yedi». 
Yana shuni ta'kidlash darkorki, O'zbekiston o'z mustaqilligi-ni qo'lga 
kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bo'lgani kabi uning tashqarisida ham unga 
ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor yedi.


I A. Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini chuqur 
tahlil qilib, O'zbekiston davlat qurilishi va iqtisodi-yotini isloh qilish dasturining 
o'zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o'rtaga tashladi: 
Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi 
kerak, u biror mafkuraga bo'ysundirilishi mumkin yemas. Biming ma'nosi shuki, 
iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy 
munosabatlarni mafkuradan holi qilish kerak. 
Ikkinchidan, o'tish davrida davlat bosh islohotchi bo'lishi lozim. U 
islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berishi, o'zgartishlar siyosatini ishlab 
chiqishi va uni izchillik bilan o'tkazishi shart. 

Download 438.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling