4-mavzu. O'zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li Mavzuni o’rganishdan maqsad


  Taraqqiyotning “O'zbek modeli” va uning o'ziga xos xususiyatlari


Download 438.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana07.05.2023
Hajmi438.11 Kb.
#1441141
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu. O\'zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li

2. 
Taraqqiyotning “O'zbek modeli” va uning o'ziga xos xususiyatlari. 
O'zbekistonning demokratik jamiyatni barpo yetishda Birinchi Prezidentimiz 
I.A.Karimov ta'kidlaganidek, “Davlat va jamiyatni isloh yetish hamda 
modernizatsiya qilishda o'zbek modelining muhim tarkibiy qismi bo'lgan 
bosqichma-bosqichlik tamoyiliga bundan buyon ham qat'iy amal qilinishi 
ta'minlanadi . «O'zbek modeli» tushunchasi, avvalo, O'zbekistonning mustaqil 
milliy taraqqiyoti qanday bo'lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan 
maqsadlarga yo'naltiradigan yeng umumiy nazariy xulosalar va mo'ljallar bilan 
davlatning belgilangan maqsadlarga yerishishiga qaratilgan amaliy siyosatining 
mushtarakligini anglatadi (davlat siyosati deganda hokimiyatning har uchala 
bo'g'ini faoliyati nazarda tutilmoqda). 
Iqtisodiyot nazariyasida ayrim olimlar iqtisodiy taraqqiyot modelini davlat 
tuzumi desa, boshqalar ijtimoiy-iqtisodiy formasiya, uchinchilari yesa ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotning aniq belgilangan yo'li, deb hisoblaydi. Iqtisodiy taraqqiyot 
modeli, N.To'xliyev va boshqa bir guruh olimlarning fikriga ko'ra, iqtisodiy 
munosabatlarning keng miqyosli tizimi bo'lib, u huquqiy, ma'muriy hamda xo'jalik 
mexanizmlari orqali boshqariladi . Bunday munosabatlarning sub'ekti mulk 
yegalari, xo'jalik faoliyati ishtirokchilari, uyushmalar, davlat va xususiy sektor, 
mamlakat doirasidagi mintaqa va tarmoqlar hisoblanadi. Iqtisodiy taraqqiyot 
modeliga axloq va dunyoqarash, mentalitet, turmush tarzi, madaniyat kabi ijtimoiy 
me'yorlar ma'lum darajada o'z ta'sirini o'tkazadi. 
Taraqqiyot modellarining o'zigsha xos yo'nalishlari va xususiyatlari: 
“O'zbek modeli” - O'zbekistonning o'ziga xos va mos taraqqiyot yo'li ijtimoiy 
yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish; 
“Amerika modeli” - “Erkin bozor munosabatlari” 
“Fransiya modeli” – “davlatning roli kuchli” 
“Nemis va shved modili” – “ijtimoiy yo'nalish ustuvor” 
Lotin Amerikasi va Afrika modeli – “Iqtisodni barqarorlashtirish” 
Sharqiy Yevropa modeli – Iqtisodiyotda “SHok trapeya” usulidan foydalaniladi; 
«Yaponiya modeli» iqtisodiy munosabatlarda davlatning yetakchi o'rni bilan 
belgilanadi; 
Janubi-Sharqiy Osiyo (Singapur, Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong) – “ijtimoiy 
soha va yeksportni rag'batlantirish” 
Iqtisodiy taraqqiyot modeli global va milliy xarakterda bo'ladi. Hozirgi vaqtda 
taraqqiyotning bir qator tipik global modellari mavjud. 
“O'zbek modeli” – qisman Yerxard (nemis) modeliga o'xshab ketadi. Nemislarga 
o'xshab, mamlakatimizda 2 ta islohot o'tkazildi. 1) 1993–94 yillarda pul islohoti 


(kupon) joriy qilinib, milliy sum muomalaga kiritildi; 2) Narx-navo islohati 1991–
2001 yillar va undan keyingi hozirgi davrgacha davom yetmoqda. 
“O'zbek modeli” uning asosiy tamoyillari va jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va 
ma'naviy hayot sohalarida namoyon bo'lishi 
O'zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, ―Biz 
mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, o'z umrini o'tab bo'lgan yeski mustabid 
sovet tizimidan voz kechib, mamlakatimizda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo yetish va fuqarolik 
jamiyatini shakllantirishga azmu qaror qildik. 
Bu modelning mohiyati O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 
I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan islohotlarning besh tamoyilida ta'riflab 
berildi. Mamlakatimiz aholisi o'z davlat mustaqilligining yigirma to'rt yilligini 
butun jahon jamoatchiligi bilan tantanali ravishda nishonlayotgan bugungi kunda, 
to'la ishonch bilan aytish mumkinki, bu yo'l tajriba sinovidan o'tdi. Tarixan qisqa, 
ammo zafarli natijalarga boy bo'lgan taraqqiyotimiz, tanlangan modelning 
to'g'riligini isbotladi.
Ma'lumki, taraqqiyotning ―o'zbek modelining mohiyati asosiy g'oyalari 
yeng dastlab Davlatimiz rahbarining ―O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot 
yo'li nomli fundamental asarida ko'rsatib o'tilgan yedi. Keyinchalik mazkur 
taraqqiyot modeli haqidagi g'oyalar birinchi Prezidentimizning boshqa asarlarida 
yanada rivojlantirildi va takomillashtirib kelinmoqda. Xususan, birinchi 
prezidentimizning O'zbekiston – bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li, 
―O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida nomli asarlarida 
taraqqiyotning ―o'zbek modelining asosiy mazmunini, o'zagini belgilab beruvchi 
tamoyillar yanada chuqurroq asoslab berildi. 
Birirnchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, ―Beshta asosiy qoida 
O'zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o'zagidir. 
Ularning mohiyati quyidagicha: bir tomondan milliylik, ikkinchi tomondan 
umuminsoniylik yo'nalishlari uyg'unlashdi yoki ularning dialektik mutanosibligi 
o'z aksini topdi. “Birinchi tamoyilimizda, - deb yozgan yedi I.A.Karimov, - avval-
iqtisod, keyin siyosat degan shiorni olg'a surdik”. Boshqacha qilib aytganda, 
iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi nazarda tutiladi. Iqtisodiy islohotlar siyosatdan 
ortda qolmasligi zarur. 
Ikkinchi tamoyil - bu davlatning bosh islohotchi yekanligi. Yangilanish va 
o'zgarishlar siyosatini ishlab chiqish va ularni izchillik bilan amalga oshirishni 
davlat o'z zimmasiga oladi. 
Uchinchi tamoyil, o'z navbatida jamiyat hayotida, barcha sohalarda 
qonunning ustuvorligi ta'minlanadi. Aynan O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 
8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi ham umuminsoniy va milliy 
tamoyillarning mujassamlashgan yorqin namunasi hisoblanadi. 
To'rtinchi tamoyil, bu aholining demografik vaziyati, ayniqsa, uning 60 
foizidan ko'prog'ini yoshlar tashkil yetganligi, kam ta'minlangan oilalarni, 
bolalarni, nafaqaho'rlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida kuchli ijtimoiy siyosat 
olib boriladi. 


Beshinchi tamoyil - bu halqimiz an'analari, urf-odatlari hamda bozor 
iqtisodiyotining ob'ektiv qonun-qoidalarini hisobga olgan holda unga «shok 
terapiyasi» asosida yemas, balki yevolyusion tadrijiy asosda, puhta o'ylab 
bosqichma-bosqich o'tish nazarda tutiladi. 
O'zbekiston mustaqillik yillarida demokratik jamiyatga o'tishning uchta 
bosqichini bosib o'tdi. Ularning birinchisi, Birinchi Prezident Islom Karimov 
tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi - birinchi chaqiriq VI sessiyasida 
(1996 yil 29 avgust) «Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni 
chuqurlashtirishning muhim vazifalari»; ikkinchisi, Birinchi chaqiriq o'n to'rtiinchi 
sessiyasida «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999 yil, 14 aprel) va nihoyat, 
uchinchisi, 
ikkinchi 
chaqiriq 
Oliy 
Majlisning 
to'qqizinchi 
sessiyasida 
«O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari» (2002 yil 29 avgust) 
qilgan ma'ruzalarida ko'rsatib berildi. 
Albatta, ana shu bosqichlar biri ikkinchisidan keskin farq qilmasada, 
ulardagi asosiy g'oya demokratik jarayonlarning olg'a tomon rivojlanishini va 
ma'lum bir vaqtga kelganda bu jarayonga yangi kuch, qudrat hamda faollik baxsh 
yetishdir. CHunki jarayonlar izchillik bilan tahlil yetilmasa, undagi asosiy 
muammo aniqlanmasa va istiqboldagi vazifalar belgilanmasa, rivojlanish ham 
bo'lmaydi. SHu ma'noda ham Prezident demokratik jamiyat qurish borasidagi 
vazifalarni «chuqurlashtirish» (1996 yil) «erkinlashtirish» (1999 yil) va 
«demokratik o'zgarishlar orqali fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish» (2002 
yil) kabi konseptual g'oyalarida belgilab bergan. 
Ammo bu - o'tish davrining mustaqil ravishda bir necha bosqichlardan iborat 
yekan, - degan xulosa kelib chiqishiga asos bo'lmasligi kerak. Chunki o'tish 
davrining o'zi mamlakatning turli tuzumlardan demokratiyaga o'tishdagi mustaqil 
«oralig'i», «ko'prigi» hisoblanadi. Yuqorida ko'rsatilgan bosqichlar o'tish davrining 
uzluksizligini ifodalaydigan ko'rsatgichdir. 
O'zbek modeli tushunchasi, avvalo, O'zbekistonning mustaqil milliy 
taraqqiyoti qanday bo'lishi lozimligini asoshakligan, uni muayyan maqsadlarga 
yo'naltiradigan yeng umumiy nazariy xulosalar va mo'ljallar bilan davlatning 
belgilangan 
maqsadlarga 
yerishishga 
qaratilgan 
amaliy 
siyosatining 
mushtarakligini anglatadi.
Bizning bosh strategik maqsadimiz - ozod va obod Vatan, yerkin va farovon 
hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan yerkin demokratik jamiyat barpo yetishdir. 
Bozor iqtisodiyoti, yeng avvalo, ko'pmulkchilikka va ular o'rtasidagi raqobatga 
tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa yega bo'lib, bu 
huquq davlat tomonidan kafolatlanadi. 
«O'zbek modeli»ni bugungi kunda demokratik jamiyat barpo yetish muhim 
o'ziga xos modeli yekanini dunyoning juda ko'plab siyosatshunos yetakchi olimlari 
o'rganmoqda va uni tahlil qilmoqdalar . Masalan, rossiyalik tadqiqotchilar 
M.S.Gafarli, 
A.G.Kasayev, 
germaniyalik 
L.Levitin, 
Rossiya 
Fanlar 
Akademiyasining akademigi F.Burlaskiy uni yuksak baholashgan. 



Download 438.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling