ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. U “qutlug” degan ma'noni
anglatadi. Uning ichida yarim oy va besh qirrali yulduz ifodalangan. Quyosh
tasviri — davlatimizning yo'li hamisha nurli bo'lishi uchun bildirilgan yaxshi niyat
timsoli. Ayni paytda u respublikamizning noyob iqlim sharoitini ham ko'rsatib
turadi.
Boshoqlar — rizq-ro'zimiz bo'lmish g'allaning timsoli, oppoq bo'lib
ochilayotgan paxta chanoqlari tasvirlangan g'o'za shoxlari —
serquyosh
yurtimizning dong'ini butun dunyoga taratgan asosiy boyligimiz ramzidir. Bug'doy
boshoqlari va paxta chanoqlarining davlat bayrog'iga o'xshagan lenta bilan o'rab
qo'yilganligi — bu respublikada yashayotgan xalqlar yakdilligining timsolidir.
Gerb rangli tasvirda bo'lib, Humo qushi kumushrangda; quyosh, boshoqlar, paxta
chanog'i va „O'zbekiston"
degan yozuv tillarangda; g'o'za shoxlari va barglari,
vodiylar yashilrangda; tog'lar havorangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va
yulduz oqrangda; O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i
tasvirlangan lenta
to'rt xil rangda berilgan. Gerb suveren davlatimiz ramzi sifatida ijtimoiy-siyosiy
hayotda keng qo'llaniladi. O'zbekistonning xorijiy mamlakatlar
bilan tuzilgan bitim
va shartnomalarida, davlatlararo aloqa va diplomatik hujjatlarda O'zbekiston
Respublikasining davlat gerbi tasviri tushirilgan bo'ladi.
Shuningdek, gerb davlat
ahamiyatiga
molik ichki hujjatlarda, davlat korxonalari va muassasalarining
muhrlarida, o'zaro aloqa hujjatlarida ham gerb tasviri boiadi. Milliy valutamiz —
so'mda ham davlat gerbi o'z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: