4-mavzu. O'zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li Mavzuni o’rganishdan maqsad


“O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i to'g'risida”gi Qonun


Download 438.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana07.05.2023
Hajmi438.11 Kb.
#1441141
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu. O\'zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li

“O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i to'g'risida”gi Qonun 1991-yil 
18- noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida qabul 
qilindi. O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i ramzi mamlakatimiz 
hududida ilgari mavjud bo'lgan g'oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo'lgan 
yeng yaxshi an'analarni davom yettirgan holda respublika tabiatiga xos 
xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy o'zligini ham aks yettiradi. 
Bayroqdagi moviy rang — mangu osmon va musaffo suv ramzidir. Yaxshilikni
donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviyrang Sharqda 
azaldan qadrlanadi, o'z vaqtida buyuk Amir Temur ham o'z bayrog'iga bu rangni 
tanlagan. Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o'z yo'lida 
baland dovonlardan oshib o'tishi kerak. Bayrog'imizdagi oq rang yo'limizning 
musaffo va charog'on bo'lishi uchun yaxshi niyat ramzidir. Qizil yo'llar — bu har 
bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzidir. Yashil 
rang — serne'mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda 
atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham 
yashilrangdir. Yarim oy — O'zbekiston xalqining ko'p asrlik an'analariga muvofiq 
keladi. Yarim oy va yulduzlar — musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. 
Bayrog'imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o'lkamizda qadimdan buyon barkamollik, 
mukammallik timsoli hisoblanadi. 
Davlat bayrog'i — bizning o'tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz 
ramzidir.O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i Nyu-York shahrida 
joylashgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida dunyodagi suveren 
davlatlar bayroqlari qatorida turibdi. O'zbekiston bayrog'i xorijiy mamlakatlarda 
Prezidentimiz boshliq davlat delegatsiyasini qabul qilish marosimlarida, chet yel 
davlat delegatsiyalarini O'zbekistonda qabul qilish marosimlarida ko'tariladi. 
O'zbekiston bayrog'i O'zbekiston Prezidenti qarorgohi Oqsaroy binosi
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi binosi tepasiga ilib qo'yilgan. O'zbekiston 
sportchilari jahon sport musobaqalarida g'oliblikni qo'lga kiritib, shohsupaga 
ko'tarilgan paytlarda ham O'zbekiston bayrog'i ko'tariladi. Shu boisdan 
mamlakatimizda va jahon uzra O'zbekiston bayrog'ining ko'tarilishi, bir tomondan
davlatimiz shon-shuhratini ko'tarsa, ikkinchi tomondan, barchamizga quvonch, 
faxrlanish, g'urur bag'ishlaydi. 

Download 438.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling