4-mavzu. O'zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li Mavzuni o’rganishdan maqsad


Download 438.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana07.05.2023
Hajmi438.11 Kb.
#1441141
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu. O\'zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li

Uchinchidan, qonun, qonxmlarga rioya yetish ustuvor bo'lishi lozim. Buning 
ma'nosi shuki, demokratik yo'I bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va 
qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og'ishmay rioya yetishi 
lozim. 
To'rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli 
ijtimoiy siyosat o'tkazish. 
Bozor munosabatlarini joriy yetish bilan bir vaqtda aholini ijti¬moiy himoyalash 
yuzasidan oldindan ta'sirchan choralar ko'rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti 
yo'lidagi yeng dolzarb vazifa bo'lib keldi va bundan keyin ham shunday bo'lib 
qoladi. 
Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish obyektiv iqtisodiy qonunlar 
talablarini hisobga olgan holda, yaqin o'tmishimizdagi «Inqlobiy sakrash»larsiz, 
ya'ni evolutsion yo'l bilan puxta o'ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi 
kerak. 
O'zbekiston hukumatining bozor munosabatlariga bosqichma-boyeqich o'tish 
haqidagi tamoyili vaqt o'tgani sayin o'zining hayotiy qiymatini, siyosiy kuchini 
ko'rsatdi. Binobarin, bular yetakchi tamoyillar sifatida tan olindi. Chunki ular 
iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlanish yo'lini va xarakterini 
belgilab berdi. 
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka yerishgandan so'ng kelajakda 
qanday yo'ldan borishi masalasi kun tartibiga qo'yilgan yeng dolzarb masalalardan 
biri bo'ldi. Uning dolzarb bo'lib qolishining bir qator ob'ektiv va sub'ektiv sabablari 
va omillari ham mavjud yedi. Uning ob'yektiv sabablaridan biri jahonda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning barcha davlatlarga mos keladigan biron bir tayyor 
andozasining yo'qligi va bo'lishi ham mumkin yemasligi yedi. Ikkinchi ob'yektiv 
sababi – ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar 
va qoidalar yendilikda respublikada barpo yetilayotgan yangi ijtimoiy 
yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat 
manfaatlariga mos kelmasligi yedi. Mulkchilik, mulkka yegalik va uni boshqarish, 
ishlab chiqarishdagi inson omilining ortishini hisobga olgan holda davlatni 
boshqarishning butunlay yangi shaklini vujudga keltirish zarur yedi. Demak, 
birinchidan, har bir davlat demokratik taraqqiyot yo'liga kirishi uchun ma'lum bir 
muddat talab qilinar yedi. Ikkinchidan, vaqtni qo'ldan boy bermasdan 
rivojlanishning tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an'analari asosida 


O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'lini ishlab chiqishni bir daqiqa ham 
kechiktirib bo'lmas, yangi konsepsiya ishlab chiqish zarur yedi. 
Mamlakat Prezidenti O'zbekiston fuqarolari uchun tabiiy haq-huquq va 
shuningdek oliy ne'mat bo'lgan mustaqillik to'g'risida so'z yuritar yekan, uni 
jamiyat rivojining asosi, bugungi va uzoq istiqboldagi taraqqiyotimiz sharti, barcha 
islohotlarimizning mezoni va nihoyat, barcha amal qiladigan bosh tamoyil deb 
ta'rifladi. SHunday yekan, u jamiyat a'zolari oldiga muttasil yangi-yangi vazifalarni 
qo'yadi va uning bajarilishini talab qiladi. Zero, taraqqiyotning har bir bosqichi, 
turli-tuman muammolar va ularni bartaraf yetish yo'lidagi tadbirlardan iboratdir.
Xalqaro hamjamiyat katta va kichik millatlar, davlatlar tajribasi shuni 
ko'rsatmoqdaki, mustaqillikning ilk asnolarida vujudga kelgan muammolar 
yechimida sustkashlikka yo'l qo'yish og'ir ijtimoiy larzalarga olib kelishi mumkin. 
Zotan, har qanday yechilmagan muammo yana boshqa qator xavf-xatarlarni 
keltirib chiqarib, davlat taraqqiyotining ancha murakkablashishiga olib keladi. 
Demak, mamlakat taqdiri uchun mas'ullikni o'z zimmasiga olgan hokimiyat 
tuzilmasi bu borada bir nafas ham beg'amlikka yo'l qo'ya olmaydi, doimo uyg'oq 
va harakatda bo'ladi. Darhaqiqat, mustaqillik bir tomondan milliy taraqqiyot yo'lini 
yerkin tanlashda ulkan mas'uliyat yuklasa, ikkinchi tomondan yeskilikka barham 
berish va yangi jamiyatga asos yaratish uchun beqiyos imkoniyat yaratadi. SHu 
nuqtai nazardan, mustaqillikni demokratiya uchun yeng zarur shart-sharoit deb 
hisoblasak bo'ladi.
O'tmish, bugun va kelajak bir-biriga tutashgan bunday tarixiy paytlarda 
mustaqillik davrini kechirayotgan har bir davlat bir tomondan, demokratiya 
borasida jahon xalqlari orttirgan boy tajriba hamda undan millat manfaatlari yo'lida 
foydalanishni, ikkinchi tomondan yesa, uni o'ziga xos noyob bir sharoitda joriy 
yetish bilan bog'liq muammoga duch kelganligini tarixiy tajribalar ko'plab 
mamlakatlar misolida tasdiqlagan.
I.A.Karimov O'zbekistonning rahbari sifatida asosan ikki narsani mushtarak 
holda olib bordi. Ulardan biri mamlakatimizning o'z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot 
yo'lini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko'p asrlik tajribasini 
o'rganish va ularning bizga maqbul jihatlarini ijobiy jihatdan o'zlashtirish bo'lsa, 
ikkinchisi - O'zbekiston xalqining turmush tarzi, mentaliteti va an'analariga 
tayanishdan iborat bo'ldi. Unga Islom Karimov tomonidan taklif qilingan besh 
asosiy tamoyil asos qilib olindi. 
XX asr 50-yillardan keyingi yillarda ko'pchilik sobiq mustamlaka 
mamlakatlar o'z mustaqilligiga yerishib, milliy davlat qurish yo'liga o'ta 
boshladilar. Bu vaqtda asosiy 3 taraqqiyot yo'li: 1) kapitalistik; 2) sosialistik; 3) 
milliy ozodlikka yerishgan davlatlarning aralash yo'nalishi haqidagi qarashlar bor 
yedi. XX asr oxirlariga kelib biron-bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini qat'iy 
qabul qilingan qoidalar doirasi bilan cheklab turish mumkin yemasligi, taraqqiyot 
yo'llari (modellari) ancha keng ko'lam va maqsadga yegaligi, ulardan birini 
tanlashda har bir mamlakat o'z ichki sharoitlaridan kelib chiqmog'i zarurligi 
ma'lum bo'ldi. 
Taraqqiyot “modeli”ga yondashuv ko'rinishlari: 
- Sivilizatsion yondashuv (madaniyat va rivojlanishning xilma xilligi);


- Formatsion yondashuv – dunyoda jamiyat va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning 
har qanday mamlakat uchun bir xilda maqbul bo'lgan hammabop yo'llari yo'qligi 
ma'lum bo'lib qolmoqda. Zero, birxillik, yoki yagona andoza degan tushunchalar 
bugungi kunda o'z ahamiyatini yuqotib bormoqda. Bunday yondashuv 
demokratiyani, demokratik jamiyat qurilishi qonuniyatlarini «formatsion» 
qarashdan farkli holatda yangicha tamoyillar asosida tahlil yetishga nazariy 
metodologik asos bo'ladi.

Download 438.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling