63
musulmonlarga aylanib qolmadi. Markaziy Osiyoda IX asr o‘rtalariga kelibgi-
na, ya’ni Movarounnahr fathidan bir yarim asr o‘tgach, islom mahalliy aholi-
ning asosiy diniy e’tiqodiga aylandi.
Markaziy Osiyoga islom dinining kirib kelishi
bilan mintaqada ijti-
moiy-ma’naviy soha rivojlana boshladi. O‘lkada iqtisodiy yuksalish yuz berdi,
dunyoviy va diniy fanlar tez sur’atlar bilan rivojlandi.
O‘zbekiston hududida islom dinining sunniylik yo‘nalishi, xususan, Hanafiy
(Imom A’zam) mazhabi qaror topdi.
O‘ZBEKISTONDA ISLOM
MANBALARINING O‘RGANILISHI
Islom dinining asosiy manbasi bo‘lgan Qur’oni karim mustaqillikning
dastlabki yillaridan boshlab o‘zbek olimlari va din ulamolari tomonidan
o‘rganila boshlandi.
Chunonchi, u jadallik bilan o‘zbek tiliga tarjima qilindi
va chop etildi.
Qur’oni karimning ilk bor to‘liq ravishda zamonaviy o‘zbek tilida-
gi tarjimasi Alouddin Mansur tomonidan amalga oshirildi.
Mazkur tarjima
1990–1992-yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida e’lon qilingan bo‘lsa, 1992-yili
alohida kitob shaklida ko‘p nusxada nashr etildi.
1991-yildan boshlab Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1952–
2015) tomonidan yozilgan «Tafsiri Hilol» nomli tarjima-tafsirning avval
27, 28, 29, 30-poralari nashr qilindi. Aytish kerakki,
ushbu tafsir zamonaviy
o‘zbek tilidagi keng izohli va sharhlarga boy asarlardan biridir. Ushbu tafsir
2005-yilda olti jildda to‘liq
nashr etildi, so‘ngra uning tuzatilgan va to‘ldirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: