Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Arastu XRISTIANLIK YO‘NALISHLARI


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

Arastu
XRISTIANLIK YO‘NALISHLARI
1054-yilda xristianlik doirasida bo‘li nish ro‘y beri-
shi natijasida pravoslav (Sharqiy xristianlik) va katolik 
(G‘arbiy xristianlik) cherkovlari yuzaga keldi.
Tarixan xristianlikning sharqiy yo‘nali 
shi sifati-
da shakllangan pravoslavlik, asosan, Sharqiy Yevro-
pa, Yaqin Sharq va Bolqon yarim oroli mamlakatlarida 
tarqalgan.
Pravoslavlik ta’limoti asoslarini Muqaddas kitob 
(Bibliya) va Muqaddas rivoyatlar tashkil etadi. Pravos-
lavlikda sirli marosimlar muhim o‘rin egallaydi. Cher-
kov ta’limotiga ko‘ra, ular davomida Xudo tomonidan 
Nikeya va Konstantinopolda o‘tkazilgan Butun Jahon Soborlarida qabul 
qilingan «E’tiqod timsolida» xristianlikning ta’limot asoslari 12 bandda 
belgilandi, bular:
1. Olamni yaratgan yagona Ota­Xudo — Muqaddas Uchlikning birinchi 
yuzi haqida;
2. O‘g‘il­Xudo, ya’ni Iso Masihga ishonish haqida;
3. Ilohiy mujassamlashuv, ya’ni Iso Xudo bo‘la turib, bokira Bibi 
Maryamdan tug‘ilgan va inson qiyofasiga kirganligi haqida;
4. Gunohlar kechirilishi — Isoning tortgan azoblari va o‘limi tufayli 
Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechirilishi haqida;
5. Isoning qayta tirilganligi haqida;
6. Isoning osmonga ko‘tarilishi haqida;
7. Isoning kelajakda ikkinchi marotaba yerga qaytishi haqida;
8. Muqaddas Ruhga ishonish haqida;
9. Cherkovga yagona, muqaddas, havoriylar (apostollar) cherkovi 
sifatida munosabatda bo‘lish haqida;
10. Cho‘qintirish sirli marosimining gunohlardan forig‘ qilishi haqida;
11. O‘lganlarning ommaviy tirilishi haqida;
12. Abadiy hayot haqida.


58
alohida savoblar nozil bo‘ladi. Cherkov yetti sirli ma-
rosimning barchasini tan oladi. Buyuk bayramlar ichida 
Pasxa birinchi o‘rinni egallaydi.
Pravoslavlik cherkovi bayramlar va ro‘za tutishlarga 
katta ahamiyat beradi. Odatda, katta cherkov bayramlari 
arafasida ro‘za tutiladi. Uning mohiyati inson ruhining 
poklanishi va yangilanishi, diniy hayotdagi muhim ho-
disaga tayyorlanishdan iborat.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling