Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

Fridrix Maks 
Myuller  
(1823–1900)
IJODIY FAOLIYAT
Quyi sinflarda tarix fanidan olgan bilimlaringizga tayanib, Maks Myuller 
nima uchun hinduiylikning muqaddas kitobi Vedalarlarga tayanganligi yuza-
sidan mulohaza qilib ko‘ring.


17
Fetishizm. Zamonaviy dinlarda fetishizm tabarruk 
buyumlarni tavof qilish tarzida, jumladan, xristianlar-
da — xoch, ikonalar, mayitga sig‘inish, buddizmda – 
tabarruk o‘g‘ir yoki hovoncha tarzida saqlanib qolgan. 
Irim-sirimga ishonadigan odamlar orasida tumor baxt 
keltiradi, ko‘zmunchoq esa yomon ko‘zdan asraydi, de-
gan ishonch mavjud bo‘lgan. Taqa, tumor, bo‘yin taqin-
IJODIY FAOLIYAT
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasidan animizm, totemizm, fetishizm, 
shomonlik, sehrgarlik tushunchalarining lug‘aviy mazmunini toping. Ular-
ning har biriga misollar keltiring.
TARIXGA NAZAR
Farg‘ona vodiysining So‘x qishlog‘idan topilgan va miloddan avval-
gi II mingyillikka oid tashqi ko‘rinishidan o‘qilonga o‘xshash tosh tumor 
O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanmoqda.
Ho‘kizga qadimdan kuch-qudrat, mahsuldorlik timsoli sifatida qaralgan. 
Ba’zi arxeologik yodgorliklardan tutqichi qo‘y shaklida ishlangan idishlar 
topilgan. Qadimgi mahalliy xalqlarda yuqoridagi hayvonlarni ulug‘lash odati 
ancha keng tarqalgan.


18
chog‘i (kulon) kabi narsalar zamonaviy fetishlarga mi-
sol bo‘ladi.
Shamanizm (shomonlik). Boshqa millatlarda 
bo‘lgani singari, Markaziy Osiyo xalqlarida ham sha-
manizm turli ko‘rinishlarda kuzatiladi. Folbinlik, rom 
ochish, issiq-sovuq qilish, ilgirlik kabilarni shamanizm 
belgilari sifatida keltiriladi.
Bugungi kunda ham ba’zan biror narsasini yo‘qot-
gan kishi folbinga borish holatlari uchraydi. Shuning-
dek, sehr yo‘li bilan birovga foyda yoki zarar yetkazish-
ga urinish amaliyoti ham kuzatiladi. Markaziy Osiyo 
xalqlarida ba’zan biror kimsa uzoq vaqt kasal bo‘lsa, 
unga sog‘ayishning birdan-bir yo‘li – ruhlar bilan mu-
loqotga kirishish, deb uqtiradilar. Bunday kishilar xalq 
orasida «odamli» deyiladi. Ammo unutmaslik kerakki
ko‘pincha, bunday hollar sodda odamlarni aldash uchun 
o‘ylab chiqarilgan bo‘ladi.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling