Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

MUSTAHKAMLASH UCHUN 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Jamiyat va dinni bir-biridan ajratish qanday oqibatlarga olib keladi?
2. Din va fan qarama-qarshiligini keltirib chiqargan toifalarning maq-
sadlari nima edi?
3. Markaziy Osiyo ulamolari fan va din uyg‘unligi haqida qanday fikrlar-
ni aytib o‘tganlar? N. Kopernik, J. Bruno va G. Galileylar nima uchun 
cherkov tomonidan ta’qib qilinganlar?
4. «Tarixga nazar» rukni ostida berilgan matnni o‘qing. Jamiyatdagi 
keskinlashuvning sabablarini tushuntirishga harakat qiling.
Jamiyatda 
yomonlikning 
ildizlari ko‘p, 
ammo ularning 
asosiysi uch 
narsa — tama, 
g‘azab va 
ilmsiz likdir. 
Abu Rayhon 
Beruniy


13
DINNING PAYDO BO‘LISHI
VA SHAKLLARI
3–4-§
FAOLLASHTIRISH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Qadimgi diniy tasavvurlardan bo‘lgan animizm, totemizm, fetishizm, 
shamanizm tushunchalarining mazmunini eslang va izohlang.
2. Xalqimiz orasida tarqalgan qanday urf-odatlar qadimgi diniy tasavvur-
lar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqida fikringizni bildiring.
3. Markaziy Osiyo mintaqasida yashagan qadimgi xalqlarning ilk diniy 
tasavvurlari qanday bo‘lgan?
Bugungi kunda fanda dinlarning shakllanishi tarixiga 
oid ikki xil: teologik va materialistik qarashlar mavjud.
Teologik (ilohiy, diniy) yondashuvga ko‘ra, turli 
buyumlarga sig‘inish va ko‘pxudolik, jumladan, ani-
mizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxu-
dolikdan keyin yuzaga kelgan. Jumladan, yahudiylik, 
xristianlik va islom dinlariga ko‘ra, Xudo ilk inson — 
Odamni yaratib, unga o‘zini tanitgan va Odam avlodla-
rini o‘ziga sig‘inishga chaqirgan. Vaqt o‘tishi bilan in-
sonlar sof ta’limotdan uzoqlashib, turli butlarga sig‘ina 
boshlaganlar.
Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash 
fanda materialistik yondashuv deb nomlanadi. Maz kur 
qarashlarning paydo bo‘lishi antik davrga borib taqala-
di — ilk bor qadimgi yunon faylasuflari bu haqdagi o‘z 
qarashlarini bayon etganlar.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling