Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

«Tafsir at­Tabariy» kitobidan


15
miz, maz kur kuch harakat qiluvchi har bir narsa: daryo, 
quyosh, oy, daraxt kabi mavjudotlarda bor deb tasavvur 
qilganlar. Natijada inson qo‘rquvi, hurmati, ehtiyoji va 
zarurati darajasida ularga sig‘ina boshlagan. 
Materialistik qarash tarafdorlari fikriga ko‘ra, 
qo‘rquv dinlarning kelib chiqishida asosiy rol o‘ynagan 
hissiy holatdir. 
Ingliz faylasufi Xerbert Spenser (1820–1903) ham 
ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga qo‘rquv na-
tijasida «ajdodlarga sig‘inish» sabab bo‘lganligini 
ta’kidlaydi. Spenser ijtimoiy hisob-kitoblarga suyan-
gan holda, hayot qo‘rquvining dinlardagi o‘rniga 
alohida diqqatni tortadi. 
Bu qo‘rquvning ajdodlarga nisbatan ibodatning 
barcha ko‘rinishlari shakllantirganligini va tangrilar-
ning ustun yoki qahramon bo‘lgan ajdodlardan tan-
langanligini alohida ko‘rsatadi; har bir dinda ajdodlarga 
alohida e’tibor qaratilganligiga ishora qiladi.
Maks Myuller (1823–1900) fikriga ko‘ra, dinning ke-
lib chiqishi tabiat hodisalarining insonga bergan dahsha-
tiga borib taqaladi va u «naturalizm» deyiladi. 
Maks Myuller hinduiylik ning muqaddas kitobi Ve-
dalarga suyangan holda, deyarli barcha dinlarda xudo 
nomlari tabiat hodisalarini bildirishini ta’kidlagan. Maz-
kur ta’limot tarafdorlari dinlarning yuzaga kelishi va 
IJODIY FAOLIYAT
1. Urug‘-qabila dinlarining qanday shakllarini bilasiz?
2. Bugungi kunda urug‘-qabila dinlarining qanday unsurlari saqlanib 
qolgan?
3. Urug‘-qabila dinlarining o‘ziga xos va o‘xshashlik tomonlarini aytib 
bering.
Xerbert Spenser 
(1820–1903)


16
shakllanishi animizm, totemizm, fetishizm va shama-
nizm kabi bosqichlarda yuzaga kelganini ta’kidlaydilar.
Animizm. Qadimgi odamlar atrofdagi dunyoda hay-
vonlar, o‘simliklar, tabiat hodisalari kabi har narsaning 
joni, ya’ni ruhi mavjud deb tasavvur qilganlar. Qadim-
gi Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan af-
sonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan yer, olov, o‘rmon, suv, 
tog‘ va uyning odamsimon «ruhlari» ham shundan kelib 
chiqqan.
Jumladan, daraxtga sig‘inish ham animizmning bir 
turi hisoblanadi. Shu sababli bo‘lsa kerak, «Hayot da-
raxti» mavzusi O‘zbekiston xalq hunarmandchiligi-
da muhim o‘rin tutadi. Xalqlarda insonning jismoniy 
o‘limidan so‘ng uning ruhi yashab qolishiga bo‘lgan 
ishonch va e’tiqod dafn etish bilan bog‘liq qator maro-
simlar paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Totemizm. Ibtidoiy jamoalar qavm-qarindoshlik aso-
siga qurilgan. Odam ijtimoiy munosabatlarning ushbu 
ko‘rinishini tashqi muhitga – tabiatga ham ko‘chirgan. 
Urug‘ning jonivorlar va o‘simliklar olami bilan aloqasi-
ni ular bilan qondoshlik alomati deb tushunilgan.
1938-yili Surxondaryo viloyati Boysuntog‘ tog‘lari-
dagi Teshiktosh g‘oridan topilgan neandertal bola qabri 
hozirgi O‘zbekiston hududidagi totemizm e’tiqodiga 
aloqador eng qadimiy yodgorliklardan biridir. Bolani 
ko‘mishdan avval uning atrofi tog‘ echkisi – arxarning 
shoxlari bilan o‘ralgan, bu uning totem jonivor bilan 
bog‘liqligi to‘g‘risidagi taxminni ilgari surish imkonini 
beradi.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling