Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Bima (yoki teva, almemar) esa — sinagoganing markazida joy- lashgan «Tavrot» o‘qiladigan minbardir.  BAYRAMLAR


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

Bima (yoki teva, almemar) esa — sinagoganing markazida joy-
lashgan «Tavrot» o‘qiladigan minbardir. 
BAYRAMLAR
Yahudiylarda Rosh Ashona, Yom Kipur, Pesax, Sha-
vuot, Sukkot, Simxa Tora, Purim, Hanukka va boshqa 
diniy va milliy bayramlar (ibr. — Yom tov — yaxshi 
kun) mavjud. 
Rosh Ashona (ibr. — «yil boshi») yahudiy milliy taq-
vimiga ko‘ra yangi yil bayrami tishre (sentabr-oktabr) 
oyining birinchi va ikkinchi kunlarida nishonlanadi. 
Yahudiylik ta’limotiga ko‘ra, bu kunda ilk inson 
Odam yaratilgan va Xudo tomonidan berilgan taqiqni 
buzib, jannatdan chiqarilgan.
Rosh Ashona bay­
ramining sinago­
gada nishonlanishi
Ner Tamid


30
O‘n kun davom etadigan Rosh Ashonaning oxirgi 
kunida Yom Kipur bayrami nishonlanadi. Bu kuni hech 
qanday ish qilinmay, faqat ibodat bilan mashg‘ul bo‘li-
nadi. Yahudiylar Yom Kipurda ro‘za tutishlari, sinago-
gada nadomatlar bilan yig‘lab, qilgan gunohlariga tavba 
qilishlari shart.
Pesax (Pasxa) yillik bayramlar orasida eng e’tiborlisi 
hisoblanadi. U nisan (mart-aprel) oyining o‘n beshinchi 
kunidan boshlanib, sakkiz kun davom etadi. Ushbu bay-
ram yahudiylarning Misrdagi qullikdan ozod bo‘lganlari 
munosabati bilan nishonlanadi va mazkur kunlarda xa-
mirturushsiz non — «matsa» iste’mol qilinadi. 
Shavuot (Sheviot) (ibr. — haftalar) Pesaxdan keyin-
gi 50-kuni nishonlanadi. Shavuot dastlab dehqonchilik 
bayrami bo‘lgan, keyinchalik Sinay tog‘ida Musoga 
«Tavrot»ning berilishi munosabati bilan nishonlangan.
Sukkot (chodirlar bayrami) yahudiy-
lar Misr dagi qullikdan ozod bo‘lganlaridan 
so‘ng, cho‘lda chodirlarda kun kechirganlarini 
xotirlab o‘tkaziladigan marosim. Qadimda yahu-
diylar mazkur marosim kunlarida Quddusga ziyo-
ratga borganlar. Bugunga kelib bu an’ana tusidan 
chiqqan.
«Tavrot» o‘qish
marosimi
Oila davrasida
«Pesax» bayrami
Ibodatga chaqirish 
uchun chalinadi­
gan shofar


31
Hanukka bayrami
Milliy xususiyatga ega Purim (Shirinlik bayrami) 
adar (fevral-mart) oyining 14-kuni nishonlanadi. Ush-
bu bayram Quddusda 1 kun, boshqa joylarda esa 2 kun 
davom etadi. 
Bu bayram Ester ismli qiz tufayli yahudiylar-
ning Eronda qatliomdan qutulib qolishlari sharafiga 
bag‘ishlanadi va unda ko‘ngilochar bazmlar uyushtiri-
lib, shirinliklar tarqatiladi.
Hanukka (ibr. — «yangilanish», «yoritish») 
yahudiy larning Suriya qiroli Antiokas ustidan qozongan 
g‘alabalari sharafiga bag‘ishlangan bayram hisoblanadi.
Kislav (noyabr-dekabr) oyining yigirma beshinchi 
kunidan boshlanib 8 kun davom etadigan bu bayram-
ning odatiy kunlardan birgina farqi hanukkiya deb 
nomlangan to‘qqiz shoxli shamdondan har kuni bittasi-
ning yoqilishidir.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling