Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

BUDDAVIYLIK YO‘NALISHLARI
Buddaning o‘limidan so‘ng shogirdlari orasida ajra-
lish ro‘y berdi. 
Xinayana (sanskritcha — kichik arava) yo‘nalishi 
an’anaviy qarashlarga rioya qilishi bilan birga Bud-
da ta’limotiga qat’iy mantiqiy izchillik berishga intildi. 
IJODIY FAOLIYAT
Berilgan matnni o‘qing va buddaviylik ta’limotining asosi haqida flkr bil-
diring.
Budda fikricha, inson «Pancha shila» (sanskritcha — besh nasihat)ga 
amal qilishi, qotillik, o‘g‘rilik, gumrohlik, yolg‘on so‘z, mast qiluvchi narsa­
lardan saqlanishi lozim.
Rivoyat qilinishicha, Budda vafotidan so‘ng uning jasadi olovda 
kuydirilgan. Buddaning shogirdlaridan biri o‘sha joydan Buddaning 
tishini topib olgan va bu tish ibodatxonada saqlangan. «Buddaning tishi» 
ibodatxonaning yer ostida, kumushdan yasalgan qo‘ng‘iroq ichida oltin 
idishlarda saqlanadi.
Bodxisatva —
nirvanaga 
erishgan, lekin 
jonli mavjudot­
larga muhabbati 
tufayli undan voz 
kechgan inson.


45
Buddaviylikning ilk yo‘nalishlaridan biri, najot topish-
ning tor yo‘li xinayana miloddan avvalgi I asrda shakl-
langan bo‘lib, uning asosiy qoidalari «Tiripi taka»da 
bayon qilingan.
Xinayanada «Budda tishiga sig‘inish», muqaddas 
joylarni ziyorat qilish kabi dabdabali marosimlar pay-
do bo‘lgan. Buddaviylarning muqaddas joyi Shri Lanka 
bo‘lib, bu yerga turli mamlakatlardan bu dinga e’tiqod 
qiluvchilar tashrif buyuradilar. Shri Lankaning avval-
gi poytaxti bo‘lgan Kandi shahrida dunyoga mashhur 
«Buddaning tishi» ibodatxonasi joylashgan.
Mahayana (sanskritcha — katta g‘ildirak) yo‘nali-
shi Budda ta’limotining barcha tomonlarini isloh qildi. 
Buddaga ilohiylik tusini berib, diniy marosim va ibo-
datlarni joriy etdi. Ushbu yo‘nalishlarning mahalliy 
qad riyatlar va boshqa dinlar bilan aralashuvi lamaizm, 
vajrayana, dzen (chan) buddizm, tyantay, dxiana kabi 
yo‘nalishlarning vujudga kelishiga zamin yaratdi. Xu-
Toshkentdagi 
Budda 
ibodatxonasi
«O‘zingga ozor 
yetmasin desang, 
o‘zgalarga 
ozor berma, 
boshqalarga 
ozor bersang, 
o‘zing ham ozor 
chekasan. Hirs­u 
havas barcha 
baxtsizliklarning 
sababchisidir. 
Budda


46
dolarga yetish yo‘llari barcha uchun mumkin 
bo‘lgani sababli «mahayana» yo‘nalishi «katta 
arava» nomini olgan. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling