Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

Ayritom. Ayritom Termizdan 7 km masofada, Amu-
daryoning qadimiy kechuvi yaqinida, tik qirg‘oqning 
o‘ng tomonida joylashgan. 
Ko‘hna shaharning sharq tarafida buddaviylik stupa-
siga o‘xshash minora shaklidagi xom g‘ishtdan qurilgan 
bino vayronalari joylashgan. 
1933-yil arxeolog Mixail Yevgenyevich Masson to-
monidan xom g‘ishtdan qurilgan bino qoldiqlari, uning 
ichida esa haykal, tosh karnizlar, me’moriy buyumlar, 
toshdan yasalgan muqaddas yodgorliklar, musiqachilar 
va mutafakkirlar, ehson keltiruvchilarning shakllari 
tushirilgan haykallarning hoshiyali tosh plitalari topil-
gan. 
Qoratepa. Tepalik buddaviylik ruhoniylarining 
eng katta markazi hisoblangan va u Kushon imperiya-
si davridagi Termizning tashqi devori himoyasi ostida, 
shahar tashqarisida joylashgan bo‘lgan.
MA’LUMOT UCHUN
Buddaning hayoti bilan bog‘liq ko‘plab voqealarga afsonaviy tus berilgan. 
Xususan, rivoyatlardan birida keltirilishicha, Budda 84 marta ruhoniy, 58 marta 
shoh, 24 marta rohib, 13 marta savdogar, 18 marta maymun, 12 marta tovuq,
8 marta g‘oz, 6 marta fil, shuningdek, baliq, qurbaqa, kalamush, quyon qiyofa­
larida 550 marta qayta tug‘ilgan. So‘nggi marta xudolar uni insoniyatni to‘g‘ri 
yo‘lga boshlashi uchun inson qiyofasida yaratganlar.
Amudaryodan 
topilgan tilla 
haykalcha


40
1961-yildagi tadqiqot ekspeditsiyasi natijasida Qo-
ratepa binolarining uch qavati topilgan. Asosiy maj-
muaning uch qismi g‘arbdan sharqqa qarab deyarli 
to‘g‘ri tortilgan. Maxsus hovlida Budda qabrining tim-
soli bo‘lgan «stupa» o‘rnatilgan.
Fayoztepa. Qoratepa sharqidan sakson metr nari-
da Fayoztepa ibodatxona-monastiri majmuyi aniqlandi. 
Fayoztepa ibodatxonasi to‘g‘ri to‘rtburchakdan iborat 
tuzilishga ega.
Bino uchta teng qismga ajralgan, ularning har bi-
rida ichki hovli bo‘lgan. Bir qismida yashash xonasini 
o‘z ichiga olgan monastir (rohibxona) joylashgan. Unda 
rohiblar yashaganlar. Bundan tashqari, ovqatlanila digan 
xona, oshxona, non yopiladigan xona kabi yordamchi 
xonalar bo‘lgan. Uchinchisi ibodatxonaga o‘xshagan 
markaziy xona bo‘lib, devorlari xom g‘isht va paxsadan 
qurilgan, somonli loy bilan suvalgan va oqlangan.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling