Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

XRISTIANLIK TA’LIMOTI
11–12-§
FAOLLASHTIRISH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Xristianlik dinining dunyo bo‘ylab tarqalishi xaritasini chizing. 
2. Xristianlik dastlab qaysi hududlarda tarqalgan? 
3. Uning jahon diniga aylanishidagi tarixiy shart-sharoitlarni aniqlang.
4. Xristianlikda dastlabki bo‘linish qachon sodir bo‘lgan, uning tarixiy 
sabablari nimada edi?
MUQADDAS MANBALARI VA MAROSIMLARI
Xristianlikning muqaddas manbayi «Qadimgi Ahd» 
va «Yangi Ahd» deb nomlanuvchi ikki bo‘limdan tarkib 
topgan «Bibliya» (yunoncha — «kitoblar») hisoblanadi.
«Qadimgi Ahd» «Tavrot», «Zabur» va boshqa bir ne-
cha kitob va madhiyalarni o‘z ichiga olib, umumiy hi-
sobda 39 kitob, ya’ni bo‘limdan iborat.
«Bibliya»da qayd etilishicha, Iso Masih o‘z da’vat-
larida xalqni yaqinlashib kelayotgan oxirzamondan 
ogohlantirish uchun Xudo tomonidan yuborilganini 
ta’kidlaydi. Gunohlardan tiyilib, tavba qilish va to‘g‘ri 
yo‘lga kirishga chaqiradi. U turli mo’jizalar ko‘rsatib, 
odamlarni davolaydi.
Milodning IV asridan boshlab xristianlik cherkovi 
oliy tabaqa ruhoniylarni vaqti-vaqti bilan Butun Jahon 
Milodiy 313-yilda imperator Konstantin yepiskoplarga Isoning 
o‘gitlarini to‘plash va kitob holiga keltirishni buyurdi. Kitob holi-
dagi xristianlik tarixi yoritilgan «Yangi Ahd» Konstantin vafotidan 
so‘ng Karfagen yig‘inida tasdiqlandi.
«Bibliya»


56
Soborlariga yig‘ib turadi. Bunday yig‘ilishlarda diniy 
ta’limot tizimi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Xristian-
likdagi qonunchilik me’yorlari va ibodatlarni olib borish 
qoidalari shakllandi, bid’atga qarshi kurashish usullari 
belgilandi. 
Xristianlik ta’limotiga binoan qator marosimlarda 
Muqaddas Ruh ishtirok etadi va aynan shu sababli ular 
sirli deb ataladi. Bunday marosimlarga cho‘qintirish 
(xristianlik diniga kiritish), yevxaristiya (non va vino ta-
maddi qilish), ruhoniylik unvonini berish, tavba qilish, 
miro surtish, yeley moyi surtish, nikoh kiradi.
Ilk Butun Jahon Sobori 325­yil Nikeya 
shahrida o‘tkazilib, unda e’tiqod timsoli deb 
nomlangan xristianlik ta’limoti asosini tashkil 
etuvchi bosh aqidalar majmuasi qabul qilingan. 
Muqaddas kitob Muqaddas rivoyatlar (Papalar 
maktublari va xristian soborlarining qarorlari) 
bilan to‘ldirilgan.
G‘arbiy Rimning 
qulashi
TARIXGA NAZAR
G‘arbiy Rim Imperiyasi qulagach (476-yilda), Rimdagi dunyoviy hokimi-
yat cherkovning qo‘liga o‘tdi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Rim yepiskopi 
Rim Papasi unvonini oldi.
Imperiyaning sharqiy qismi Vizantiyada esa kuchli imperator hokimiya-
tining saqlanib qolganligi sababli cherkov imperatorga bo‘ysundirildi. Na-
tijada Rim cherkovi Konstantinopol cherkovini o‘ziga bo‘ysundira olmadi. 
Xristian cherkovining katolik va pravoslav cherkovlariga ajralib ketishi Rim 
Papasi va Konstantinopol patriarxining xristian olamida yetakchilik uchun 
olib borgan raqobati oqibatida yuz berdi.


57
Turlicha xato 
qilish mumkin, 
ammo to‘g‘ri 
yo‘l esa bitta. 
Shu sababli ham 
to‘g‘ri yo‘ldan 
ko‘ra xato qilish 
oson; mo‘ljalga 
tegishdan 
ko‘ra tegmaslik 
o‘ng‘ay.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling