Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)
Dzen buddizm V–VI asrlarda Xitoyda paydo
bo‘lgan mahayana yo‘nalishidagi maktab lardan biridir. Uning asoschisi afsonaviy rohib Bo- dxidxarma hisoblanadi. «Dzen» (lotincha – medi- tatsiya, fikrni jamlash, diqqat bilan mushohada qi- lish) buddizmning asosiy xususiyatlari shundaki, unda nazariyadan ko‘ra amaliyotga, diniy o‘git va qonun-qoidalarni yodlash o‘rniga mushohada qi- lishga alohida e’tibor berilgan. Dzen buddistlar jismoniy mehnat qilish, san’at turi bilan shug‘ullanishga katta ahamiyat beradilar. Dzen buddizmda tashqi olamdan uzilib, abadiy tashvishlardan chetlanish va fikrni bir nuqtaga jamlashga alohida e’ti- bor beriladi. Hozir dunyo bo‘yicha dzen buddistlar 10 milliondan ortiq, ularning 85 foizi Yaponiyada yashaydi. Yapo- niyada dzen ibodatxonalari diniy, siyosiy va madaniy markazga aylanib, yoshlar tafakkuri, turmush tarzi, fao- liyatiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, dzen san’ati Xitoy va Yaponiya madaniyati an’analaridan biriga ay- langan. Lamaizm (tibetcha — eng ulug‘) VII–XIV asrlarda Tibetda mahayana yo‘nalishi ta’sirida vujudga kelgan. «Kang‘yur» va «Teng‘yur»da bayon qilingan barcha qonun-qoida va talablar lamaizm e’tiqodining asosini tashkil etadi. Lamaizm ta’limotiga ko‘ra, inson faqat la- malar yordamida najot topadi, gunohlardan poklanadi, ularning yordamisiz oddiy kishilar jannatga tusha ol- maydi. Buddaning Yer yuziga yana qaytishi va dunyoda ado- lat o‘rnatishiga ishonch lamaizm ta’limotida muhim Budda rohiblar bilan. Fayoztepa. Mil. I — II asrlar. Kamchilik va nuqsonlaringni ko‘rsatib, seni koyigan donishmandning etagidan mahkam tut. Zero, u zot xazinaga eltayotgan yo‘lboshchiga o‘xshaydi va sen sira kam bo‘lmaysan. Budda 47 o‘rin egallaydi. Xudolarning Yerdagi vakili hisoblangan lamalarga va dunyoviy hokimiyatga so‘zsiz bo‘ysunish, ibodat va rasm-rusumlarni dabdabali o‘tkazish, muqad- das kitoblar talqinini teatrlashtirilgan tomoshalarda aks ettirish lamaizmga xos xususiyat hisoblanadi. Odam o‘ldirish, o‘g‘rilik, yolg‘onchilik, tuhmat, g‘iybat, be- korchi so‘zlash, ochko‘zlik, kek saqlash, zino qilish la- maizmda ham og‘ir gunoh sanaladi. «Lamaizm» tibetliklarning asosiy dini hisoblana- di. Tibetda 3000 dan ortiq buddaviylik ibodatxonalari mavjud. Shuningdek, lamaizm Rossiyaning Buryatiya, Tuva, Oltoy kabi hududlarida ham keng tarqalgan. Neobuddizm XX asrning 40–50-yillaridan boshlab keng tarqala boshlagan oqim bo‘lib, Birma, Tayland, Laos, Vetnam mahalliy ziyolilarining ozodlik va milliy uyg‘onish harakati bilan bog‘liqdir. Uning asosida yangi zamon talabiga javob bera oladigan bunyodkor g‘oya- larni targ‘ib qilish kabi masalalar yotadi. Aql-idrokning ahamiyatsizligi, dinning najotkorligi e’tirof etilib, bud- daviylik g‘oyalarini tushuntirishda bilish nazariyasi usullaridan foydalaniladi. Milliy ozodlik kurashida faol qatnashgan neobuddizm oqimi diniy-islohotchilik hara- kati kuchayishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling