32
Jasad chiqqan xonadonda bir hafta davomida aza
tutilib, uydan tashqariga chiqilmaydi. Bir yil o‘tgach,
mayitni xotirlab «yil marosimi» («Yorsayt») o‘tkazila-
di. Yom-kipur, Sukkot, Pesax bayramlarida marhumlar-
ni xotirlab «Yizkor» deb nomlanadigan maxsus
duolar
o‘qiladi.
OQIMLAR
Uzoq tarixiy taraqqiyot davomida boshqa dinlarda
bo‘lgani kabi yahudiylikda ham ichki bo‘linishlar yuza-
ga kelgan. Ular orasida eng keng tarqalganlari saduqiy-
lik, farziylik, essaniylik, hasidiylik, qaroim, islohotchi,
konservativ kabi oqimlardir.
Saduqiylik klassik oqimlar orasida muayyan o‘ziga
xosliklari bilan boshqalardan farqlanadi.
Mazkur oqim-
ning vakillari asosan yirik yer egalari, yuqori qatlam va-
killari (aristokratlar)dan bo‘lishgan.
Saduqiylik ta’limotiga ko‘ra ruh abadiy emasligi
ta’kidlanadi. Insonning
qayta tirilishi, farishtalarning
mavjudligi inkor etiladi. Saduqiylar Xudo bandalarining
3100 ta zina orqali
Tur tog‘iga chiqish
Saduqiylar
33
Farziylar
Essaniylar
ishiga
aralashmaydi, har bir inson taqdirini o‘zi yarata-
di, deb hisoblaydilar.
Farziylar oqimi mil. avv. II asrda e’tiqod va amalda
saduqiylikka muxolif ravishda yuzaga kelgan. Shuning-
dek, saduqiylikdan farqli ravishda farziylarning o‘zagini
quyi tabaqa vakillari va kambag‘allar tashkil etgan.
Yahudiylik qonun-qoidalariga
qattiq rioya qilinishini
talab qiladigan ushbu oqim Xudo har bir narsani nazorat
qilishi, bandaga xos hur irodaning mavjudligi, o‘limdan
keyin
qayta tirilish, jannat, jahannam, farishtalar,
jazo va
mukofotning borligiga ishonishga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: