Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

BUDDAVIYLIK
8-§
FAOLLASHTIRISH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Tarix fanidan olgan bilimlaringizga tayanib, quyidagi savollarga javob bering. 
1. Buddaviylik dini qachon va qayerda paydo bo‘lgan? 
2. Bugungi kunda mazkur dinga e’tiqod qiluvchilar sonini bilasizmi?
3. Buddaviylik dini tarqalgan mamlakatlarni dunyo xaritasidan ko‘r sating.
4. Nima uchun bu din jahon dini deyiladi?
5. Bizning o‘lkamizga buddaviylik dini qachon kirib kelgan?
6. Buyuk Ipak yo‘lining buddaviylik dini tarqalishidagi o‘rnini tushuntirib 
bering.
BUDDAVIYLIK
Buddaviylik miloddan avvalgi VI–V asrlarda Shimo-
liy Hindistonda vujudga kelgan bo‘sa-da, ko‘p o‘tmay 
sharqqa tomon keng tarqala boshladi. Rivoyat qilinishi-
cha, Budda vafotidan so‘ng uning jasadi kuydirilib, hoki 
sakkiz buddaviy jamoaga yuborildi. Uning hoki dafn 
etilgan joylarda buddaviylik stupalari (gumbazlari) bar-
po etildi.
O‘zi yuzaga kelgan Hindistondan hinduiylik ta’siri-
da siqib chiqarilgan buddaviylik boshqa mamlakatlarga 
keng tarqalib, jahon dini darajasiga chiqdi.
Buddaviylik milodning I asrida Xitoy, IV asrda 
Koreya,VI asrda Yaponiya, VII asrda Tibet, XIII asrdan 
XVI asrgacha Mongoliya, XVII asrdan XVIII asrgacha 
Buryatiya va Tuva, XIX–XX asrlarda Amerika va Yev-
ropa qit’alariga kirib borgan.
Budda haykali,
Xitoy


38
MARKAZIY OSIYOGA BUDDAVIYLIKNING 
KIRIB KELISHI
Buddaviylik O‘zbekiston janubining qadimgi va ilk 
o‘rta asrlar tarixida chuqur iz qoldirgan din hisoblana-
di. Mamlakatimiz hududida buddaviylik madaniyatiga 
oid yodgorliklarning ochilgani va o‘rganilgani, yuksak 
darajali ko‘rinishdagi badiiy asarlar va buyumlarning to-
pilgani ham bundan dalolat berishini siz tarix darslarida 
o‘qigansiz. 
Buddaviylikning eng mashhur qadimgi yodgorliklari 
milodning III–I asrlariga mansub. VII asrning boshlari-
da Termizda 10 ta buddaviylik monastiri (sangarama) va 
mingta rohib bo‘lgan. Markaziy Osiyoda V–VIII asrlar-
da buddaviylik o‘rnini islom dini egallay boshladi.
1927-yilda qadimiy Termizda buddaviylikka oid 
noyob yodgorliklar mavjudligi aniqlandi. Termiz arxeo-
logik kompleks ekspeditsiyasining (TAKE) ishlari na-
Shri­Lankaning 
qadimiy poytaxti 
Anuradxapuradagi 
stupa
Yer osti va yer usti 
ibodatxonasi. II–IV 
asrlar. Qoratepa


39
Ayritom topilmasi
tijasida Qoratepa va Chingiztepa balandliklarida ikki-
ta yirik buddaviylik monastiri bo‘lganligi aniqlandi va 
grek-buddaviylik me’morchiligi va haykallarining par-
chalari topilgan o‘nlab joylar qayd etildi.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling