Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

Teologik yondashuv — dinning paydo bo‘lishi 
bevosita Xudo bilan bog‘liq, degan ta’limot.
Ilm — dunyo-
ning lazzati. 
Ilm inson uchun 
g‘oyat oliy va 
muqaddas fazi-
latdir. Zeroki, 
ilm bizga o‘z 
ahvolimizni, ha-
rakatimizni oyna 
kabi ko‘rsatur. 
Zehnimizni, 
fikrimizni qilich 
kabi o‘tkir qilur.
Abdulla
Avloniy 


14
XVII asrga kelib Yevropada cherkov hokimiyatining 
susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari — din 
tanqidchilarining paydo bo‘lishi, XIX asrning ikkinchi 
yarmida Charlz Darvin tomonidan «Turlarning kelib 
chiqishi» (1859) nomli asarning chop etilishi ham ma-
terialistik qarashlarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. 
Keyinchalik mazkur qarashlar Avgust Komt va Lyudvig 
Buxnerlar tomonidan eng cho‘qqiga ko‘tarildi. 
Unga ko‘ra din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri, 
hissiyotlari mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari fikri-
cha, dinlar soddadan murakkabga, umumiylikdan xusu-
siylikka, ko‘pxudolikdan yakkaxudolikka tomon uzoq 
tarixiy evolutsion jarayonni bosib o‘tgan. 
Mazkur qarash tarafdorlari fikriga ko‘ra, uyqu, tush 
va nafas olish kabi holatlarda tanani bosh qaruvchi va 
o‘lim bilan undan ajratib turuvchi, hayot bag‘ishlo-
vchi qandaydir kuch mavjudligiga ishongan ajdodlari-
Materialistik 
yondashuv — 
dinlarning kelib 
chiqishini ib-
tidoiy insonning 
qo‘rquvlari bilan 
bog‘laydi.
NUH PAYG‘AMBAR QAVMINING
BUTPARAST BO‘LIB KETISHI TARIXI
Buyuk payg‘ambarlardan bo‘lgan Nuh (a.s.)ning qavmi butpa-
rast edilar. Ular Suvo‘ nomli ayol, Vad nomli erkak, Yag‘us nomli 
arslon, Yauq nomli ot, Nasr nomli burgut va kalxat shaklidagi but-
larga sig‘inishardi. Ibn Jarir Tabariy yozishicha: «Nuh qavmi ibo-
dat qilgan butlar aslida Odam va Nuh payg‘ambarlar orasidagi 
muddatda yashagan solih odamlarning nomlari bilan bog‘liq edi. 
Ularning vafotidan keyin muxlislari va shogirdlari ko‘zlari tushib 
eslaganda o‘zlariga shavq va ibodatga g‘ayrat keltirsin degan niyat-
da suratlarini yasatib qo‘yganlar va bu suratlarga sig‘inmagan edi-
lar. Bu zamon odamlari olamdan o‘tib ketishgandan keyin, ularning 
avlodlari zamonida Iblis vasvasa qilib, «Otalaring bu suratlarga 
sig‘inardilar, ulardan baraka va yomg‘ir so‘rardilar», deb solih ki-
shilarning timsoliga ibodat qilishga o‘rgatdi. Hamma bu shirk ama-
liga mubtalo bo‘ldi. Shunday qilib butparsatlik paydo bo‘ldi».

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling