Dunyo dinlari tarixi
Download 0.49 Mb.
|
дин
Guru — ustoz.
Sinkh — shogird, ta'limot. SAVOL VA TOPSHIRIQLARSinkhiylik dini qachon va qay tariqa vujudga kelgan? Sinkhiylik dini payg'ambari Nanak haqida nimalarni bilib oldingiz? Sinkhiylik dinining o'ziga xos xususiyatlari haqida so'zlab bering. Sinkhiylik insondagi qaysi qusurlarni asosiy deb hisoblaydi? «Sinkhiylik va hinduiylik dinlarining o'xshashligi va farqi» mavzuyida «Axborot» tayyorlang. 15-& KONFUTSIYCHILIKDINITARIXI DAN. Xitoy — konfutsiychilik vatani. Konfutsiychilik dinining asoschisi xitoylik faylasuf alloma Kun-Szidir. U tarixda Konfutsiy nomi bilan mashhur. Konfutsiy miloddan awal 551- yilda tug'ilgan va 72 yoshida (mil. aw. 479- yilda) vafot etgan. Konfutsiyning falsafiy qarashlari «Suhbatlar va mulohazalar» nomli kitobda bayon etilgan. Milodning boshlarida bu falsafiy ta'limot asosida Xitoyda konfutsiychilik dini vujudga keldi va u Xan sulolasi hukmronligi davrida davlat diniga aylandi. Qanday omillar konfutsiychilik dinining vujudga kelishiga sabab bo'lgan? Konfutsiy ijodi boshlangan davr — Xitoyda urug'-qabilachi- lik munosabatlari o'rniga alohida-alohida podsholiklar hukmdorlarining markaziy hokimiyati qaror topayotgan payt edi. Ma'lumki, jamiyatni boshqarishning bir shaklidan ikkinchisiga o'tish har doim osonlikcha hamda qisqa vaqt ichida yuz bergan emas. O'tish davrida shafqatsiz va rahmsiz kurash bo'lishi muqarrar. Bu kurash — sotqinlik, ochko'zlik, qonunsizlik, sotib olish. beboshlikning ildiz otishi shaklida namoyon bo'ladi. Konfutsiy zamonida Xitoyda ham shunday holat yuz bergan edi. Buni aholining katta qismi halokat, dunyoning tugashi xavfi sifatida qabul qilgan. Endilikda ular bu yangi davrni o'tmish bilan taqqoslaganlar va yaqin o'tmish tartiblarini afzal deb hisoblaganlar. Osmonning (xudo) xohishi bilan dono va saxiy hukmdorlarning yuritgan siyosatini qo'msay boshlaganlar. Ana shunday bir tarixiy sharoitda Konfutsiy yangi jamiyatni eski tartiblarga qaytmagan holda faqat ideal axloqli odamlar saqlab qolishi mumkin, degan qat'iy ishonchga keldi. Konfutsiy fikricha, ideal axloqli insonlar jamiyatdagi illatlarni bartaraf etishlari hamda shakllanayotgan yangi jamiyatni to'la qaror toptirishlari mumkin edi. Yangi jamiyatni qaror toptirish zarurati konfutsiy falsafiy ta'limoti asosida konfutsiychilik dinini vujudga keltirdi. YODDA TUTING: Bu dinning asosiy maqsadi — xalqni mavjud tartib-qoidalarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash edi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling