Dunyo dinlari tarixi


Download 0.49 Mb.
bet2/92
Sana09.07.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1659395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
дин

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


    1. Daftaringizga jahon dinlarining nomlarini qayd eting.

    2. Jahon dinlariga qanday xususiyatlar xos?

    3. Daftaringizga milliy dinlarning nomlarini ham qayd eting.

    4. Milliy dinlarda qanday xususiyatlar mavjud?

    5. «Dinlar tengligi» degan iboraning mazmunini izohlab bering.

2-& DIN VA JAMIYAT.
Din haqida. Odamlar yashab kelayotgan davrlardan beri din ham yashab kelmoqda.
Dinning nima ekani haqida («din» o‘zbek tilida «ishonch» degan ma’noni anglatadi) jamiyatda yagona fikr mavjud emas.
Ulamolar fikricha — din Alloh tomonidan o‘z payg‘ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur bo‘lgan ilohiy qonunlardir. U azaldan insonning Alloh bilan aloqa qilish ehtiyojidir.
Din — tabiat, jamiyat, inson va uning ongini, yashashdan maqsadi hamda taqdirini bevosita qurshab olgan, atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, insonni yaratgan, ayni zamonda unga birdan- bir «to‘g‘ri», «haqiqat» va «odil» hayot yo‘lini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir.
Dunyoviy nuqtai nazar bo‘yicha esa din — ijtimoiy-tarixiy hodisa. Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida paydo bo‘lgan ijtimoiy ong shakllaridan biri.
Din — muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladigan, olam, hayot yaratilishini tasawur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning o‘ziga xos usuli. Olamda insoniyat paydo bo‘lganidan to bizgacha o‘tgan davrlarni ilohiy tasawurda aks ettirishdir.
Dinning nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoqlik tuyg'usidir. Bu tuyg‘u insonning eng teran va go‘zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir.
Dinning jamiyatda bajaradigan vazifalari. Har qanday din jamiyatda ma’lum ijtimoiy, ma’naviy va ruhiy vazifalarni bajaradi. Awalo din — dinyoqarash vazifasini bajaradi
Bundan tashqari din kompensatorlik, ya’ni o‘z qavmlari uchun to‘ldiruvchi, ovutuvchi vazifalarni bajaradi.
Inson o‘z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlari jarayonida hayotiy ehtiyoji, maqsadlariga yetishishi ilojsiz bo‘lib qolganda ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zarurat sezgan. Bu ehtiyoj — diniy ehtiyoj edi. Din bu o‘rinda ma’naviy-ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchi vazifasini bajargan va hozirda ham bajarmoqda.
Bundan tashqari din birlashtiruvchi vazifasini ham bajaradi. I lar bir din o‘ziga e’tiqod qiluvchilami o‘z ta’limotiga amal qilishga undaydi. Ularni o‘z ta’limoti doirasida saqlashga harakat qiladi. Shu yo‘l bilan ularni birlashtiradi. Bu hodisaga dinning birlashtiruvchilik vazifasi deyiladi.
Shuningdek, din o‘z qavmlari turmushini tartibga soladi va nazorat qiladi.
Dinlar o‘z marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan o’z vaqtida qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qo‘yadi.
Har bir din aloqa bog‘lashlik vazifasini ham bajaradi. Ya’ni har bir din o‘z qavmlarining birligi, jamiyat va shaxsning o‘zaro aloqada bo‘lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga c'liqod qiluvchi kishilarning o‘z dinidagi boshqa kishilar bilan bog'liqlikda bo‘lishi, urf-odat, marosim va bayramlami, ibodatlami jamoa bo‘lib bajarishi nazarda tutiladi.
Odamning odamlar bilan hamkorlikda yashashiga ko‘maklashgan va hamon ko‘maklashib kelmoqda.
Dinning falsafiy vazifasi ham mavjud. Bu vazifa — insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini, bu va u dunyo masalalariga o7 munosabatini bildirib turishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, jamiyat, guruh va shaxs ma’naviy hayotining muayyan soliasi bo‘lgan din umuminsoniy axloq me’yorlarini o‘ziga singdirib olgan. Ularni hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidasiga aylantirgan.
Ayni paytda, din madaniyat rivojiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Din — ming yillardan beri odamlarda ishonch hissini, ertangi kunga umid hissini mustahkamlab kelmoqda
Odamlarga hayotdagi muammolami yengib o‘tishda madadkor bo‘lib kelmoqda.
Shuningdek, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga yetkazish ishiga yordam berib kelmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov hozirgi davrda dinning insoniyat hayotidagi ahamiyati haqida bunday degan edilar: «Insoniyat murakkab jarayonni boshidan kechirayotgan hozirgi davrda dinning turli xalqlar o‘rtasida muloqot o‘rnatish, ularni ma’naviy va ruhiy jihatdan yaqinlashtirish, zulm va zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashga da’vat etish borasidagi ahamiyati beqiyosdir»J
Din o‘zining bu kabi xizmatlari tufayli inson tabiatida tobora chuqur ildiz otmoqda va ming yillar osha yashab kelmoqda.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

  1. Din nima va din haqidagi ikki xil qarashni bir-biri bilan taqqoslang?

  2. Dinning jamiyatdagi vazifalarini tushuntirib bering.

  3. Din insoniyat taqdirida qanday rol o‘ynagan?

BULARNI 0‘QING:
Prezident I. A. KARIMOV asarlaridan:

  1. «Din odamzodni hech qachon yomon yo‘lga boshlamaydi. Din bu dunyoning o‘tkinchi ekanini, oxiratni eslatib turadi, odam bolasini hushyor bo‘lishga, harom yo'ilardan uzoq yurishga, yaxshi bo‘lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi».

  2. «Dinning yuksak rolini e’tirof etish bilan birga, diniy dunyoqarash tafakkurning, insonning o‘zini o‘rab turgan dunyoga, o‘zi kabi odamlarga munosabatining yagona usuli bo'lmaganligini ham ta’kidlash zarurdir. Dunyoviy fikr, dunyoviy turmush tarzi ham u bilan yonma-yon va u bilan teng yashash huquqiga ega bo‘lgan holda rivojlanib kelgan».




Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling