Dunyo dinlari tarixi


Download 0.49 Mb.
bet7/92
Sana09.07.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1659395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92
Bog'liq
дин

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


    1. Dunyoviy davlat tushunchasining mazmunini ta'riflab bering.

    2. Davlat bilan din munosabatlari qonun bilan tartibga solinmasa, bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

    3. «Dunyoviy davlatda biror dinga imtiyoz berilmaydi», degan tamoyil mazmunini izohlab bering.

    4. Nega ta'lim mazmuniga din singdirilmaydi, maktablarda din o'qitilmaydi?

    5. O'zbekistonda davlat va din munosabatlari qanday tamoyillarga asoslangan?
  1. QO'SHIMCHA O'QISH UCHUN:


«Biz din peshvolariga, o'zimizga o'xshagan musulmon birodarlarimizga bir narsani takror va takror uqtirmoqchimiz: din o'z yo'li bilan, davlat o'z yo'li bilan. Diniy partiyalar tuzib, hokimiyat talashib yurishlar Xudoga ham yoqmaydi. Islom dini insonlarni kamtarlikka, kamsuqumlikka undaydi. Musul- mon farzandi kechirimli bo'ladi. Musulmon farzandi birovni kofir, birovni xudojo'y deb toifalarga ajratmaydi. Sababi, bandasining ustidan bandasi emas, Xudoning o'zi hukm chiqaradi».
5-& MUSTAQILLIK YILLARIDA O'ZBEKISTONDA DINGA VA DINIY TASHKILOTLARGA MUNOSABATNING O'ZGARISHI.


Mustamlakachilik davrida dinga munosabat. Sho'ro mustamlakachiligi davrida hamgarchand amalda bajarilishi ta'minlanmagan bo'lsada, fuqarolar uchun Vijdon erkinligi e'lon qilingan edi. Bu erkinlik, hatto sho'ro davlati Konstitutsiyasining alohida mod dasida qayd etib ham qo'yilgan edi.
Amalda esa sho'ro davlati dinga qarshi muttasil kurash olib bordi. Fuqarolarni dinga qarshi ruhda tarbiyalash siyosati yuritildi. «Din xalq uchun afyundir», — deb e'lon qilindi. Diniy tashkilotlar va din arboblarining faoliyati qattiq nazorat ostiga olindi.
Insoniyatga Ahmad al-Farg'oniy, Al-Forobiy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug'bek, Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mashhur daho olimlar va shoirlarimizni, Abu Abdulloh ibn Ismoil al- Buxoriy, Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy kabi ulug' muhaddislarni tarbiyalab bergan islom madaniyati esa reaksion madaniyat deb qoralandi.
Biroq sho'ro davlati jamiyatda dindorlarning kamayishiga erisha olmadi.Dinlar va diniy tashkilotlar yashay berdi. Xususan, XIV asrdan beri buyuk va hayotiy ta'limot bo'lgan islom dini insonlar qalbidan tobora chuqur joy oldi.
YODDA TUTING: Buning sababi — islom dinining (boshqa dinlar kabi) insonlar o'rtasida ma'rifat tarqatganligida, insonlar o'rtasida xushaxloqlik — odob, aql-idrok, mehr-oqibat g'oyalarini targ'ib etganligida, odamlarni rostgo'y, diyonatli bo'lishga da'vat qilganligida edi.
Prezidentimiz Islom Karimov islom dini haqida bunday deb yozgan edilar: «IsIom dini... biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham ma'rifat ekanligini unutmaylik... Ana shu ma'rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar va yaxshi o'gitlarga amal qiladilar. Mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli bo'lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar. Din xalq ma'naviyatining, ma'rifatining yuksalishiga katta hissa qo'shib kelgan ekan, bugungi davlatchiligimiz haqida so'z yuritganda, rejalartuzganda dinni, eng avvalo, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatida e'tiborda tutishimiz kerak».
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq, O'zbekiston hukumati dinga va diniy tashkilotlaiga, dindorlarga bo'lgan sho'rolar siyosatini butunlay inkor etdi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling