Dunyo dinlari tarixi


O'zbekistonda dinga va diniy tashkilotlarga munosabatning tubdan o’zgarishi


Download 0.49 Mb.
bet8/92
Sana09.07.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1659395
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92
Bog'liq
дин

O'zbekistonda dinga va diniy tashkilotlarga munosabatning tubdan o’zgarishi. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda vij don erkinligi, din, diniy tashkilotlar va dindorlarga nisbatan davlat siyosatida o'zganshiar amalga oshirildi.
Xo'sh, bu tub o'zgarishlar nimalarda namoyon bo'lmoqda?
Birinchidan, vijdon erkinligi masalasining, davlat bilan diniy tashkilotlar o'rtasida munosabat masalasining mustahkam huquqiy negizi yaratildi. Bu huquqiy negiz — O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonundir.
Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonunda fuqarolar va diniy tashkilotlar uchun kafolatlangan huquqiy imkoniyatlar to'la ro'yobga chiqarilmoqda. Dinning mavqeyitiklanyapti, barcha diniy uyushmalarga , jamoalarga qonun doirasida ocliiq va daxlsiz faoliyat ko'rsatish imkoniyati yaratilmoqda.
Uchinchidan, O'zbekiston hukumati musulmonlarning xohish istaklarini inobatga olib, islom dunyosining muqaddas yodgorliklarini. tarixiy obidalarni diniy tashkilotlar ixtiyoriga o'tkazdi.
To'rtinchidan, yangi masjidlar ochildi, eskilari ta'mirlandi Masjidlar davlat ro'yxatidan o'tkazildi. Masjidlarning jamiyat oldidagi mas'uliyati belgilandi.
Beshinchidan, din arboblari va ruhoniylar uchun ommaviv axborot vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratildi. Diniy tashkilotlarga o'z davriy nashrlarini chop etish yo'lidagi to'siqlar olib tashlandi. Diniy adabiyotlarning chop etilishi sezilarl1 ko'paydi. Xususan, Qur'oni karim va hadislaro'zbek tiliga taijima qilinib, chop etildi.
Oltinchidan, hamyurtlarimiz hajga va umraga — Makka va Madina ziyoratiga, diniy farzni ado qilishga borib kelmoqdalar Birgina misol. Agar, 1980 - yillarda butun sobiq sho'ro ittifoqi bo'yicha 25—30 kishi hajga borgan bo'lsa, 1991- yilda 1500 kishi, 2004- yilda esa 4 mingga yaqin kishi haj safariga bordi. Bundan buyon ham ular sonining ko'payib borishiga shubha yo'q.
Yettinchidan, Respublikamizda muqaddas Ramazon va Qurbon hayitlari bayram kunlari deb e'lon qilindi.
Sakkizinchidan, diniy tashkilotlar xalqaro aloqalarni kengaytirish imkoniga ega bo'ldilar.
To'qqizinchidan, Vazirlar Mahkamasi huzurida Diniy ishiar qo'mitasi tashkil etildi. Toshkent isiom universiteti, Xalqaro Islom tadqiqot markazi faoliyat ko'rsatmoqda.
O'ninchidan, mashhur diniy arboblarning xotiralari ulug'lanmoqda, ularning tavalludiga bag'ishlangan yubileylar va anjumanlar katta tayyorgarlik bilan keng ko'lamda nislionlanmoqda.
Prezident Islom Karimov buyuk ajdodlarimizni ulug'lash masalasi xususida shunday degan edilar: «Xalqimizning tarixiy xotirasi ajoyib nomlarga boy. Ko'pgina allomalarimiz ma'naviyati keng va ayni vaqtda qismati og'ir bo'lgan siymolardir. Ular o'zlarini haqiqatga tashna va o'zi haqiqat bo'lgan xalqqa bag'ishladilar. Buyuk ajdodlarimizning ulug' nomlari, xalq xotirasi va uning taqdiri munosib davom etishga haqlidir».
Nomi xalq xotirasida abadiy yashashga haqli va loyiq buyuk allomalarimizdan biri — muhaddislik ilmining yirik namoyandalaridan biri Abu Iso Muhammad ibn Iso at- Termiziydir. Sho'rolar davrida bunday ulug' bobokalonimiz borligini O'zbekiston aholisining asosiy qismi hatto bilmas edi. Vaholanki, bundan 1200 yil oldin At-Termiziy to'plagan hadislar ko'p asrlardan buyon avloddan-avlodga o'tib kelmoqda. 1990- yilda bu ulug' zot tavalludining 1200 yilligi nishonlandi.
1993- yilning 16-18- sentabr kunlari tasavvuf ilmining sultoni, islom dini sofligi yo'lida xizmat qilgan ta'limotning yaratuvchisi, buyuk bobokalonimiz Sayyid Bahouddin Naqshbandning 675 yillik yubileyi nishonlandi.
1389- yilda 73 yoshida vafot etgan Bahouddin Naqshband Buxoro shahri yaqinidagi Qasri Orifonda dafn etilgan. Bui zotning mozori uzoq yillar davomida najotbaxsh muqaddas qadamjolardan biri bo'lib kelgan edi. Sho'ro davrida esa bu joy tashlandiq holatga keltirilgan. El aziz tutgan ulug' alloma nomi xalq xotirasidan o'chirilishga mahkum etilgan edi. Biroq odil vaqt, hech qanday kuch xalqning tarixini va tarixiy xotirasini yo'qota olmasligini yana bir karra isbotladi.
1991- yilning dekabr va 1992- yilning oktabr oyida Prezident Islom Karimov avliyo maqbarasiga ziyoratga kelganlar. Ikkinchi ziyorat sanasi ulug' avliyo va muborak donishmand nomining abadiy tiklanishi, xotirasining xalqimizga qaytarilishi sanasi hisoblanadi. Chunki o'sha yilning 4- noyabrida Respublika Vazirlar Mahkamasi «Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish haqida» qaror qabul qildi.
Bahouddin Naqslibandning 675 yilligi munosa­bati bilan o'sha kc/-| larda Movaroun- nahr musulmonlari idorasining nashri bo'lmisb «Islom nuri» gazetasi bun- day deb yozgan edi: «Tasavvuf — bu, sodda qilib aytgan- da, islom dinimiz- ning asosiy manba-
lari bo'lmish Qur'oni karim va Sunnati Nabaviyada kelgan ulug' insoniy fazilatlarni, odob va axloqni yuksak darajalarga ko'tarishga yordam beradigan, Allohning muhabbatini dunyo va barcha bor- liq muhabbatidan ustun qo'yishga o'rgatadigan, barcha razil sifat- lardan poklanishga olib keladigan birta'limot demakdir».
1993-yil — tasavvuf ilmining yana bir yirik namoyandasi Ahmad Yassaviy yili deb e'lon qilindi.
1993- yilning 23-24- oktabr kunlari O'zbekiston rahbariya- tining qarori bilan dunyo muhaddislarining imomi, sultoni, ulug' yurtdoshimiz Imom al-Buxoriy tavalludining 1220 yilligi ni- shonlandi. Bu sanaga bag'ishlab «Imom Buxoriy hayoti va davri» mavzuyida xalqaro ilmiy anjuman o'tkazildi.
Toshkent islom institutining Imom al-Buxoriy nomi bilan atalishi, 4 jildli «Hadis», ya'ni «Al-Jome' as-sahih» («Ishonarli to'plam») to'plamlari, shuningdek, «AI-adab al-mufrad» («Adab durdonalari») kitobining o'zbek tilida nashr etilishi, 1992-yilda Prezidentimiz Islom Karimov Saudiya Arabistoniga borganida, bu davlat podshosi Fahd ibn Abdul Aziz hazrati oliylarining ehtirom ifodasi sifatida Yurtboshimizga hadya qilgan Ka'batulloh ustiga yopilgan Kisva — ka'bapo'shning bir parchasini Prezidentimiz- ning Imom al-Buxoriy masjidiga tortiq qilganligi buyuk alloma- ning yorqin xotirasiga ko'rsatilgan yuksak hurmat belgisidir.
Hadis ilmining sultoni, islom dinining beshigi — Makkayi mukarrama va Madinayi munavvara ahlining, din peshvolari va olimlarning tahsiniga sazovor bo'lgan Imom al-Buxoriyning xotirasini ulug'lash ishi bu bilan cheklanib qolgani yo'q.
1998- yilda Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi ni- honlandi Bu sanaga bag'ishlab ulug' alloma xotirasiga Samarqand viiovanning Chelak tumanidagi Xartangqishlog'ida ulkan yodgorlik
obidasi bunyod etildi.
Al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligiga bag'ishlangan tantanalarda qatnashish uchun Samarqandga jahonning 40 ga yaqin davlatidan, YUNESKO kabi nufuzli xalqaro tashkilotlardan mehmonlar kelislidi.
Prezident Islom Karimov Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuyining ochilishiga bag'ishlangan marosimda nutq so'zladi. O'z nutqlarida Yurtboshimiz, jumladan, qu- yidagilarni ta'kidladi: «Buyuk vatandoshimiz bashariyatga tengsiz ma'naviy meros qoldirib ketdi. Bu merosning gultoji — eng ishonchli liadislar to'plami — «AI- Jome' as-sahih» islom dinida Qur'oni karimdan keyin e'zozlanadigan ikkinchi manbadir. Butun dunyo musulmonlarining e'tiqodiga ko'ra, u bashariyat tomonidan Imom al.Buxoriy maqbarasL bitilgan kitoblarning eng ulug'idir.
Mana, o'n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini imon nuri bilan munavvar etib, haq va ezgulik yo'liga chorlab kelmoqda. Ozodligimiz sharofati bilan al-Buxoriydek ulug' ajdodlarimiz el-yurti bag'riga qaytmoqda. Allomaning o'lmas merosi har bir yurtdoshimiz xonadoniga kirib, ongu tafakkurimizni ravshan etmoqda. Qalblarimizni imon nuri va mehr-oqibat tuyg'ulari bilan musaffo etmoqda. Ozodligimizning dastlabki yillaridanoq biz Imom al-Buxoriy maqbarasini ul zotning sha'n- shavkatiga munosib, yon-atrofi munavvar go'shaga, ziyoratga kelgan mo'min-musulmonlarga ruhiy-ma'naviy kuch ato etadigan qadamjoga aylantirishni niyat qilgan edik... Shu qutlug' kunda tT1en bu muazzam yodgorlik majmuyining shunchaki ziyoratgoh emas, balki go'zal O'zbekistonimizni butun dunyoga tanitadigan, yosh avlodimizni ezgulik ruhidJ tarbiyalaydigan, liar bir insontl hayot va abadiyat haqid, o'ylantiradigan aziz maskan bo'lij qolishiga ishonaman».
2000- yilning 16- noyabr kun Marg'ilon shahrida islom huquqshunosligining ulkan namoyanj nafaqat musulmon olanii. ayni paytda butun dunyo e'tiro etgan, o'zining noyob aql-zako vati bilan islom huquqshunoslia ilmida o'ziga xos maktab yarat gan, bebaho merosi bilan yurtimizni dunyoga tanitgar. buyuk bobolarimizdan biri - shayxulislom Burhoniddin Marg'inoniy tavalludining 911 yilligi, 17- noyabr kuni esa Samarqand shahrida islom olamida «Musulmonlarning e'tiqodini tuzatguvchi» degan yuksak sharafga sazovor bo'lgan, kalom ilmining sultoni, yana bir buyul bobomiz Imom Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlan- di. Shu munosabat bilan bu ikki shaharda buyuk bobolarimiz xotirasiga bag'ishlab tiklangan yodgorliklar majmuasi ochildi. Tantanalarda ulug' bobolarimiz tavallud to'ylarining tashki- lotchisi, mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov nutq so'zladilar. 2004- yilning 25- mart kuni O'zbekiston Respub­likasi Vazirlar Mahkamasi tasavvuf ilmining yirik namoyandalaridan biri, islom dini rivojiga katta hissa qo'shgan va boy ma'naviy meros qoldirgan ulug' mutafak- kir, buyuk vatandoshimiz Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligini nishonlash haqida qaror qildi.
Kalom - islom ilohiy ilmidir. Uning vazifasi islom diniy ta']jmotini, aqidalarini asoslab berish edi. U VIII asrda shakllana bosh lagan. IX asrga kelib O'rta dsiyoda ham keng tarqalgan.
Kalom ilmining allomalari mutakallimlar deb atashadi.
Kalom ilmining mazmunini Allohning yagonaligi va uning sifatlari; inson taqdiri (qazo va qadar); Muhammad (s.a.v.)ning Ailoh elchisi ekanligi; qiyomat kuni; qayta tirilishga ishonish; niusulmonlarning diniy hamda dunyoviy rahbarining(halifaning) sifatlari kabi aqidalar tashkil etadi. Islomning sunniylik yo'nalishida kalomning asosan ikki mashhur maktabi shakllangan. Bular: ash'ariya va moturidiya maktablaridir.
Mashhur mutakallim Abu Hasan al-Ash'ariy (873-935) o'z kalom maktabini yaratishda sunniylikning shofi'iya va molikiya mazhablariga suyangan.
Buyuk bobo- kalonimiz al- Moturidiy (870- 944) esa hanafiya mazhabiga su­yangan.
Al-Moturidiy islom ilohiyot- shunosligi bo'yieha o'ndan ortiq asar yozgan. Ularning orasida «Kitob at- tavhid» va «Ta'vilot ahl as-Sunna»
(Our' on ta'vili) kitoblari islom dunyosida mashhurdir.
Moturidiylikning keng yoyilishiga mo'tadillik yo'lini tutganligi, islom aqidalarini asoslashda Qur'on, hadis, aql-idrok Va mantiqqa suyanganligi sabab bo'ldi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 1999- yilda Toshkent islom universiteti ochildi.
Uning maqsadi: islom diniga oid boy va noyob ma'naviy- madaniy merosni chuqur o'rganish, uni asrab-avaylash, kelajak avlodga yetkazish va bu sohada aholining bilim darajasini oshirish, respublikada ma'rifatli islom bo'yieha zamon talabiga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir.
O'zbekistonda islomdan boshqa dinlar ham mavjud. Ulargal ham qonun doirasida teng sharoit yaratib berilgan. Ularningl qonunga mos istaklari ro'yobga chiqarilmoqda.
Masalan, 1995- yilda Vazirlar Mahkamasi Rus pravoslav cher-| kovi Toshkent va O'rta Osiyo arxiyepiskopi Vladiniirningf Muqaddas Uspenskiy kafedrial sobori huzurida diniy-ma'muriyl markaz ochish hamda 1996- yilda Yeparxiyaning 125 yilligini nishonlash to'g'risidagi takliflarini qo'llab-quvvatladi. Zero, diniy totuvlik ham jamiyat taraqqiyotining eng muhim omillaridan biridir.
Prezident Islom Karimov bu tantana qatnashchilariga yo'llagan tabrigida, jumladan, bunday deb qayd etgan edi: «MusulmonIar va xristianlarning O'zbekiston zaminida birgalikda hamnafas bo'lib yashashi — diniy-ma'naviy totuvlikning timsoli va barcha din vakillariga nisbatan bag'rikenglikning eng yaxshi namunasi. Bu jarayonda Toshkent va O'rta Osiyo yeparxiyasining ham hissasi borligi quvonchlidir».
Arxiyepiskop — xristian cherkovining oliy mansabdorlaridan biri, bosli cherkov nazoratchisi.
Yeparxiya — xristian cherkoviga xos ma'muriy-hududiy birlik. Sobor — yeparxiyaning bosh ibodatxonasi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling