Dunyo dinlari tarixi
Download 0.49 Mb.
|
дин
SAVOL VATOPSHIRIQLARVijdon erkinligi deyilganda nima tushunilishini izohlab bering. Qanday faktlar vijdon erkinligi liuquqi insonning eng nufuzli huquqla- ridan biri ekanligini isbotlaydi? Nima uchun respublikamizda fuqarolarga diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi? O'zbekiston fuqarolarida vijdon erkinligini kafolatlovchi omillarni qayd eting. Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi qaysi holatlarda cheklanishi mumkin? O'zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonuniga ko'ra diniy ta'lim qay tariqa amalga oshiriladi? «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonunni buzganlik uchun qanday jazolarberilishi ko'zda tutilgan? QO'SHIMCHA MA'LUMOT: «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiya»sidan: Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga egadir... (18- modda.) O'zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonunidan: Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek. ularning ixtiyoriga hamda ota-onalariga yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o'qitishga yo'l qo'yilmaydi. (3- modda.) O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi dindan ajratilgan. Ta'lim tizimining o'quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi. (7- modda.) Oliy va o'rta diniy o'quv yurtlarida ta'lim olish uchun fuqarolar... umumiy majburiy o'rta ta'lim olganidan keyin qabul qilinadi... Xususiy tartibda diniy ta'lim berish man etiladi. (9- modda.) 4-& DUNYOVIY DAVLATDA DAVLAT VA DIN MUNOSABATI. Dunyoviy davlat tushunchasi. Dunyoviy davlat — bu, din davlatdan ajratilgan davlat. Binobarin, din dunyoviy davlat ishiga, siyosatiga aralashmaydi. Ayni paytda, davlat diniy tashkilotlar zimmasiga o'zining hech qanday vazifasini bajarishni yuklamaydi. Ularning davlat qonunlariga zid bo'lmagan faoliyatiga aralashmaydi. Dunyoviy davlat — bu, o'z fuqarolari uchun vijdon erkinligini e'lon qiladigan davlat. Bunday davlatning fuqarolari dinga munosabatidan qat'i nazar qonun oldida teng bo'ladilar. Fuqarolarning dinga qanday munosabatda bo'lishiga qarab, ular huquqlarining biron-bir tarzda cheklanishiga yo'l qo'yilmaydi. Shu-ningdek, har bir fuqaroga diniy e'tiqodini ro'kach qilib, davlat qonunida unga nisbatan belgilab qo'yilgan majburiyatlarni baja-rishdan bosh tortishiga ham yo'l qo'yilmaydi. Dunyoviy davlat — bu, biror dinga imtiyoz berilmasligini, barcha diniy tashkilotlaming qonun oldida tengligini e'lon qilgan va uni amalda ham ta'minlaydigan davlatdir. Dunyoviy davlat dinning davlatga, amaldagi qonunlarga qarshi targ'ibotiga yo'l qo'ymaydi, diniy qarama-qarshiliklar, toqatsizliklarning yuzaga kelishiga ruxsat bermaydi. Dunyoviy davlat — bu, o'z ta'lim tizimini dindan ajratgan, o'quv dasturlari diniy fanlardan xoli bo'lgan hamda ta'lim mazmuniga din singdirilmaydigan davlatdir. Ayni paytda, dunyoviy davlat — o'z fuqarolariga qonunlarda belgilangan tartibda diniy ta'lim olishni ham kafolatlaydigan davlatdir. Diniy ta'lim olish tartiblari mazmuni bilan Siz 3- § da tanishdingiz. Dunyoviy davlatda diniy tashkilotlaming faoliyati davlat hisobidan mablag' bilan ta'minlanmaydi. Dunyoviy davlat — bu, inson yaratgan qonunlaijl bilan boshqariladigan davlatdir. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, dunyoviy davlatda din davlatdan ajratilsa-dajamiyatdan ajratilmaydi. Binobarin,davlat Konstitutsiyasi va qonunlari asosida lining amal qilish tartiblari belgilab beriladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling