Dunyo dinlari tarixi


«Avesto» — zardushtiylik dinining muqaddas kitobi


Download 0.49 Mb.
bet15/92
Sana09.07.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1659395
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   92
Bog'liq
дин

«Avesto» — zardushtiylik dinining muqaddas kitobi. Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto» deb ataladi.
Zardushtiylikda «Avesto» — xudo Axuramazdaning so'zi deb hisoblanadi. U vahiy orqali Zardushtga I yuborilgan, deb ishoniladi.
«Avesto» Zardusht vafotidan so'ng alohida kitob holiga kelti- rilgan. U 21 kitobdan iborat bo'lgan.
«Avesto» haqida buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniy o'zining «0'tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli kitobida
quyidagilarni yozgan: «Podshoh Doro ibn Doro xazinasida 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxa bor edi. Iskandar (Aleksandr Makedonskiy) otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o'ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun Abistoning 3/5 qismi yo'qolib ketdi». Bu o'rinda shuni ham ta'kidlash zarurki. Aleksandr Makedonskiy «Avesto»ning astronomiya, falsafa va tibbiyotga doir qismlarini yunon tiliga tarjima qildirgan.
Binobarin, «Avesto» Aleksandr Makedonskiyning Osiyoga qilgan harbiy yurishlariga qadar toia hajmda mavjud bo'lgan. Ayni paytda zardushtiylik katta mavqega ega dinga aylangan edi.
A. Makedonskiyning hukmronligi tugagach, miloddan avvalgi 250- yilda Arshohiylar davrida «Avesto» yana tiklana boshlangan va yangi matnlar bilan to'ldirilgan. Milodning III asrida esa sosoniylar podshosi Shopur davrida to'la kitob holiga keltirilgan.
Turon va Eron zaminining arablar tomonidan bosib olinishi hamda islom dinining joriy etilishi natijasida zardushtiylik va uning muqaddas kitobi «Avesto» qattiq ta'qibga uchragan. Zardushtiylikni saqlab qolishga uringanlar shafqatsiz jazolangan. Arablar mahalliy aholini Islomni qabul qilishga majbur etganlar. Islomni qabul qilishni istamagan eronlik zardushtiylarning bir qismi Hindistonga ketib jon saqlaganlar. Ularning ajdodlaridan 100 mingga yaqini hozirgi kunda ham Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlarida yashaydilar hamda zardushtiylikka amal qiladilar.
Ular, ayni paytda, to'la bo'lmasa-da, «Avesto»ni ham saqlab kelmoqdalar. Uning 21 kitobidan diniy marosimlar uchun eng zarurlari saqlanib qolgan, xolos.
«Avesto»ning saqlangan qismi to'rtta kitobni tashkil etadi. Ularning birinchisi «Vadovdot» (Vendidat) deb ataladi. U 22 bobdan iborat bo'lib, xudo Axuramazda bilan payg'ambar Zar- dushtning savol-javoblari va muloqotlaridan iborat.
Ikkinchi kitob «Yasna» deb ataladi. Uning mazmunini aso- san Zardushtning xatlari (gatlari) tashkil etadi. Bundan tashqari, bu kitob 72 ta «Ha» — bashoratdan ham iborat. Birinchi basho- ratda tabiat va halolliklar hukmdori, hamma narsani biladigan va hamma narsaga qodir xudo Axuramazdaning vahiylari haqligiga imon keltirishga doir duolar majmuyidir.
Uchinchi kitob «Vispart» deb nomlangan bo'lib, 24 bobdan iborat. Uning mazmunini olamni bilishga doir pand-nasihatlar tashkil etadi. Ayni paytda, bu pand-nasihatlar ibodat namozlari yig'indisi, deb ham ataladi.
To'rtinchi kitob «Bundaxash» (Yashta) deb ataladi. «Bunda- xash» Axuramazdani zolim kuchlarga qarshi kurashda ulug'lovchi 22 ta qo'shiqdan iborat.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling