Dunyo dinlari tarixi


Download 0.49 Mb.
bet13/92
Sana09.07.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1659395
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92
Bog'liq
дин

Shomonizm Shomonizmning totemlik, animiylik va fetishlikdan farqi nima? Ma’lumki, to­temlik, animiylik va fetishlikda odamlar hayvonlarga, o‘simliklarga, buyumlarga, ruhlarga sig‘inganlar.
Shomonizmda esa diniy tasavvurlar taraqqiyoti tarixida birinchi marta odamlar odamga sig‘inganlar. Odamlar sig‘ingan odam shomon deb atalgan. Shu tariqa shomonlik vujudga kelgan.
“Shomon” so‘zi o‘zbek tilida “o‘ta hayajonli”, “jazavali kishi” degan ma’nolarni anglatadi.
Xo‘sh, shomon kim bolgan o‘zi?
U yoki bu qabilaning “ruhoniysi” shomon deb atalgan. Bi- roq, u davrlardagi shomon — ruhoniyni hozirgi davr dinlari mhoniysidek tushunmaslik kerak.
0‘sha davrda odamlar endi shomonlarda alohida ilohiy qudrat bor, deb ishonganlar.
Ajdodlarimiz — ruhlar shomonlarga xizmat qiladi, uning tur­

  • topshiriqlarini bajaradi, shomonlai esa odamlar bilan ruhlar o‘rtasida vositachilik qila olish qudratiga ega, deb ishonganlar.

Ayni paytda, shomonizmga e’tiqod qilganlar fikricha, shomon- lar kelajakni oldindan aytish, uzoq joylardagi voqealarni bilish, kasalliklarni daf etish, tabiat hodisalarini o‘zgartirish, marhum- larni narigi dunyoga kuzatib borishga qodir bo‘lganlar. Shomon­lar, hatto yovuz ruhlar bilan jang qila olganlar.
Shuni ta’kidlash zarurki, shomonlik qilish uchun alohida qobiliyat zarur bo‘lgari. Odamlar fikricha, shomon “shomonlik kasalr’ga yoiiqqan, ya’ni rahiy kasalga “uchragan” odam edi. Ruhlar bunday odamni o‘ldirgan, so‘ng uni boshqa qiyofada tiriltirgan va qayta yaratgan. Aslida shomonlar iste’dodli gipnoz- chi, folbin, ajoyib qo'shiqchi, shoir, baxshi va so‘z ustasi bo‘lganlar.
Shomonizm uchun xos bo‘lgan yana bir xislat — ruhga is- honish edi. Busiz shomonlikning bo‘lishi mumkin ernas edi.
Shomonizmning diniy marosimlari qanday ijro etilgan?
Shomonlar diniy marosimni o‘ziga xos tomoshaga aylantira olganlar. Shomon go‘yo sehrli kuchga ega deb hisoblangan doira, nog‘ora va boshqa cholg‘u asboblari jo'rligida kuylab, raqsga, jazavaga tushgan. Zarur irim-sirimlami bajarib, ruhlar bilan “gap- lashgan”. Shomonning o‘yinlari, odatda, kechqurun yoki tunda boshlanar edi. U bir necha soatlarb davom etardi. Bu vaqt ichida shomon obdan holdan toyar va behol bolib yiqilardi. Ana shu paytda odamlar shomonning joni ruhlar yurtiga ketdi, ular bilan muloqotga kirishdi, ular o'rtasida muzokara bormoqda yoki jang qilmoqda, deb ishonganlar.
Shomon qoqiriq-suquriqlarining maqsadi, asosan, bemorlar- ni davolashdan iborat bo‘lgan. Ayni paytda shomonlar oldindan bashoratchi folbin, ozga unum tilovchi, balo-qazolardan saqlov- chi, jangga esa omad tilovchi ham hisoblangan.
Bir so‘z bilan aytganda, shomon — qabilaning homiysi, qo‘riqchisi va ruhi edi. Bu ho] qabila a’zolari o‘rtasida shomon- lar obro'sini oshirib yuborgan.
Bora-bora shomonlik nasldan-naslga o‘tadigan bo‘lgan. Shun­day qilib, shomnlik kasbga aylangan. Shu kasbi orqali daromad topgan, hayot kechirgan. U o‘ziga murojaat etgan har qanday odamning iltimosini bajargan.
Davrlar o‘tishi bilan shomonlar soatlab raqsga tushmaydigan, kuylamaydigan, qoqiriq-suqiriq qilmaydigan bo‘lganlar. Endi, ular ishtirokida ibodat, qurbonlik qilinadigan bo‘lingan, xalos.
Shomonga sig‘inish diniy tasavvurlar taraqqiyotida katta yan- gilik edi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

  1. Totemizm va animizmni taqqoslang.

  2. Fetishizm haqida nimalarni bilib oldingiz?

  3. Nima uchun sehrgarlik dunyo xalqlari hayotida hamon o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda?

  4. Hayotimizda diniy tasavvur tarixiy shakllarining hamon uchrayotgan jihatlariga misollar keltiring. Siz o‘zingiz yoki oila a’zolaringiz sehrgarlikka ishonasizlarmi?

  5. Shomonlik haqida so'zlab bering.

  6. Matndan foydalangan holda quyidagi jadvalni daftaringizga ko'chiring va uni to‘ldiring:

Diniy tasawurlarning shakllari.
Ularga xos bo‘lgan umumiylik.
Ularning bir-biridan farqi.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling