Dunyo dinlari tarixi


Rimda xristianlikning davlat dini deb e'lon qilinishi


Download 0.49 Mb.
bet46/92
Sana09.07.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1659395
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   92
Bog'liq
дин

Rimda xristianlikning davlat dini deb e'lon qilinishi.Vaqt o'tishi bilan xristianlik dini hukmron tabaqalar diniga ham aylana borgan. Bunga imperiyaning tobora zaiflashib borayotganligi sabab bo'lgan. Bunday sharoitda imperatorlar uchun ham imperiya xalqlarini bo'lib yuboradigan emas, aksincha, ularni birlashtiradigan, bir- biriga yaqinlashtiradigan din zarur edi.
Imperator Konstantin — xristianlikni qabul qilish Rim imperiyasi mutlaq hukmdori darajasiga ko'tarilish uchun eng muhim vosita ekanligini hammadan ko'ra ko'proq anglab yetgan. Shuning uchun ham 324- yilda xristianlikni davlat dini, deb e'lon qilgan.
325- yilda esa, uning ko'rsatmasi bilan jahon xristianlarining birinchi yig'ini (sobori) chaqirilgan. Soborda ruhoniylar va ilohiyotchilar xristianlikning asosiy aqidalarini tasdiqlaganlar. Xristian cherkovini davlat cherkovi, deb e'lon qilib, cherkov qonun-qoidalari yozilgan kitoblarni tasdiqlaganlar.
Xristianlik aqidalarini to'la tasdiqlash 451- yilgacha davom etgan. Buning uchun yana uch marta (381, 431 va 451 - yillarda) xristianlarning soborlarini o'tkazishga to'g'ri kelgan.
Iso haqida.Xristianlik adabiyotlarida ta'kidlanishicha xudo mazlumlar haloskori etib Iisus Xristosni tanlagan. Islom adabiyotlarida u Iso Masih tarzida tilga olinadi. Musulmonlar ul zotni oddiygina qilib Iso payg'ambar deb ataydilar.
Iso (Iisus) o'zbek tilida «qutqaruvchi xudovand», «xudovand bandalariga najot beruvchi», «Xudovand najot beradi», «Xudo- ning marhamati», degan ma'nolarni anglatadi.
Masih (yunoncha «Xristos») arabcha so'z bo'lib, o'zbek tiliga «moy surtilgan» deb tarjima qilinadi. Qadimgi davrlarda ba'zi xalqlarda o'z faoliyatini muqaddas ishlarga, xudo xizmatiga bag'ishlagan kishilar (payg'ambarlar va podsholar) boshiga moy surtish rasm bo'lgan. «Masih» atamasi ayni paytda «xudo tanlagan», «xudo yarlaqagan» degan ma'nolarni ham anglatadi.
Xristianlik ta'limotiga ko'ra, Iso xudoning o'g'li, ayni paytda, ham xudo, ham odamdir.
Haloskor Iso Masih milodning 1—33-yillarida yashagan. Uning qanday dunyoga kelganligi haqida diniy adabiyotlar talqini quyidagicha: farishta Jabroil xudojo'y qiz Maryam- ning oldiga kelib, xudo unga kutilayotgan xaloskorning onasi bo'lishini ato etganligini xabar qiladi. Kunlardan bir kun Maryam huzuriga muqaddas ruh tushib keladi va Maryam iffati saqlangan holda muqaddas bolaga og'iroyoqli bo'ladi. Uning payg'ambarlar avlodidan bo'lgan eri Iosif (Yusuf) Jabroil tomonidan bu haqda ogohlantirilgan edi.
Ko'p o'tmay, Maryam odamzotning xaloskorini dunyoga keltiradi va unga Iso deb nom qo'yiladi. Yahudiyaning zolim hukmdori Irod bashorat qilingan xaloskorning tug'ilganligidan xabardor bo'ladi va o'z jazo kuchlariga Vifleyemda yangi tug'ilgan chaqaloqlarning hammasini qilichdan o'tkazishni buyuradi. Biroq xudo yuborgan farishta Iosif (Yusuf) oilasini qutqarib qoladi.
Maryam o'z o'g'li bilan Misrga qochirib yuboriladi. Shundan keyin Iso uzoq vaqt o'zini ko'rsatmaydi. Faqat 30 yoshga yetgandan keyingina Iso Masih nomi bilan yangi dinni targ'ib etishga kirishadi. Bu ishda unga shogirdlari — havoriylar yordam berishadi. Isoning targ'iboti haqidagi xabarni payg'ambar Ioann yurtga ma'lum qiladi. Iso va uning shogirdlari lordan daryosi yaqinida Ioann bilan uchrashadilar. Ioann ularni suvda yuvintirib cho'qintiradi.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling