Dunyo dinlari tarixi
Injil — xushxabarlar. Xavoriy —
Download 0.49 Mb.
|
дин
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20- XRISTIANLIKNING BO LINIB KETISHI.
- Pravoslavlik haqida
- Katoliklik haqida.
- Xristianlikda protestantlikning vujudga kelish shart-sharoitlari.
- Protestantlikning vujudga kelishi
- YODDA TUTING
Injil — xushxabarlar.
Xavoriy — safdosh. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR Milodiy yil hisobiga qanday buyuk tarixiy voqea asos qilib olinganligini eslang. Xristianlik dini paydo bo'lishiga sabab bo'lgan tarixiy shart-sharoitlar haqida so'zlab bering va ularni guruhlarga ajrating. Xristianlik dini paydo bo'lmasligi ham mumkin edimi? Qanday sabablarga ko'ra xristianlik davlat diniga aylangan? Siz xristianlik aqidalarining to'la qaror toptirilishi uzoq davom etganli- gini qanday izohlagan bo'lar edingiz? Iso Masih haqida nimalarni bilib oldingiz? Xristianlik muqaddas kitobi — «Yangi Ahd» haqida so'zlab bering. .Xristianlik ta'limoti mazmuni haqida nimalarni bilib oldingiz? 20-& XRISTIANLIKNING BO LINIB KETISHI. Bo'linish sabablari. Sizga tarixdan ma'lumki, 395- yilda benihoya murakkab ichki ziddiyatlar va tinkani quritadigan tashqi liujumlar oqibatida Rim imperiyasi ikkiga — G'arbiy (Rim) va Sharqiy (Vizantiya) imperiyalarga bo'linib ketgan. 476- yilda G'arbiy Rim imperiyasi butunlay qulagan. Uning xarobalari o'rnida qator mustaqil davlatlar qaror topgan. Vizantiyada esa imperatorlik hokimiyati saqlanib qolgan. Shu tariqa, sobiq yagona Rim imperiyasining g'arbiy va sharqiy qismlari V asrning 2-yarmidan boshlab turli taraqqiyot yo'lini boshdan kechira boshlagan Xususan, sobiq imperiyaning g'arbiy qismida yangi tartib — feodal tartiblar tez qaror topa boshlagan. Ayni paytda, bu o'lkada tashkil topgan yangi mustaqil davlatlar ham mustahkam emas edi. Bu holat G'arbiy Rim cherkovining davlat ijtimoiy hayotidagi mavqeyini kuchaytirib yuborgan. Rim cherkovi boshlig'ining nufuzi haddan ziyod o'sib borgan. Keyinchalik, u Rim papasi, deb atala boshlangan. U Isoning yerdagi noibi, din va axloq ishlarida gunohdan xoli, uning hokimiyati jahon soborlari hokimiyatidan yuqori turadi, deb e'lon qilingan. Natijada, Papa shunday katta hokimiyatga ega bo'la borganki, G'arbiy Rim imperiyasi o'rnida tashkil topgan davlatlarning qirollari o'zlarini hatto Papaning vassallari, deb tan olishga majbur bo'lganlar. Rim cherkovi istalgan odamni, butun bir viloyatni va hatto butun bir davlatni cherkovdan rad eta olardi. Bunday hoi ro'y berganida o'sha viloyat yoki davlatdagi ibodatxonalarbekitilgan. Tug'ilgan chaqaloqlarga ism berilmagan. Vafot etganlar esa qabristonga ko'milmagan. Natijada, viloyat hokimlari yoki davlat hukmdori Rim papasiga tavba qilib kelgan. Cherkovdan rad etilgan odamni esa talash va hatto o'Idirish mumkin bo'lgan. Hech kimning bunday odamga yordam yoki boshpana berishga haqqi bo'lmagan. Sharqiy imperiya — Vizantiyada esa cherkovning ahvoli mutlaqo boshqacha edi. Vizantiya cherkovi Rim cherkovi kabi hokimiyatga ega bo'lmagan. U amalda davlatning bir muassasa- siga aylanib qolgan. Vizantiyada, hatto soborlarning qarorlari ham imperatorning maxsus farmoyishi bilan tasdiqlangandan keyingina kuchga kirgan. Bunga Vizantiyada kuchli imperatorlik hokimiyati saqlanib qolganligi sabab bo'lgan. Rim cherkovi asrlar davomida Vizantiya cherkovini bo'ysundirishga har qancha urinmasin, buning uddasidan chiqa olmagan. Bundan tashqari, bu ikki cherkov boshqa davlatlardagi xristian cherkovlarini o'zlariga bo'ysundirishga ham uringanlar. Bu hoi ularning munosabatlarini yomonlashtirib yuborgan. Xristianlik aqidalarini turlicha talqin etish esa, bu ikki cherkov munosabatlarini yanada keskinlashtirib yuborgan. Natijada 1054- yilda Rim papasi Lev IX bilan Konstantinopol patriarxi Kirulariy bir-birini anafema qilganlar. Buning oqibatida xristianlik ikkiga bo'linib ketgan. Ulardan biri — Rim papasiga bo'ysunuvchi katolik cherkovi deb, ikkinchisi esa Konstantinopol patriarxiga bo'ysunuvchi pravoslavlik cherkovi, deb nom olgan. Pravoslavlik haqida. Pravoslavlik (chin e'tiqod) Rim imperiyasi 395- yilda bo'linib ketganidan ke-yin xristianlikning sharqiy yo'nalishi bo'lib qolgan va Vizanti-yada davlat e'tiqodi maqomiga ega bo'lgan. Pravoslavlik Sharqiy Yevropada va Yaqin Sharqda keng tarqala boshlagan. Xususan, 988- yilda Rus davlati xristianlikning shu oqimini qabul qilgan. Bu Rus tarixida katta ijobiy hodisa edi. Chunki birinchidan Rus endi Yevropa davlatlari bilan yaqinlashish imkoniga ega bo'lgan. Ikkinchidan, Vizantiyaning ko'p asrlik ilg'or madaniyati Rus madaniyatining bundan keyingi taraqqiyotiga katta ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Bugungi kunda Rus pravoslavlik cherkoviga Moskva va butun Rus patriarxi boshchilik qiladi. Pravoslavlik dunyo bo'yicha yagona diniy markazga ega emas. Binobarin, pravoslavlik cherkovining yagona boshlig'i ham yo'q. Bugungi kunda pravoslavlikda 15 ta mustaqil (avtokefal) cherkov — Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Rus, Gruzin, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Yunoniston, Alban, Polyak, Che- xiya va Amerika mavjud. Ular o'rtasida turli masalalarda tafovutlar bo'lsa-da, davrimizning dolzarb muammolarini baholashda o'zaro hamkorlik qiladilar. 1961- yildan buyon umumpravoslav kengashi o'tkazilib kelinmoqda. Katoliklik haqida. Yuqorida ta'kidlanganidek, katoliklik 1054-yilda xristianlikning bo'linishi oqibatida paydo bo'lgan. Katolik cherkovi yagona markazga ega. Unga Rim papasi rahbarlik qiladi. Papaning qarorgohi Italiyada joylashgan bo'lib, bujoy Vatikan deb ataladi. Vatikan 1929- yildan boshlab shahar-davlat maqomiga ega. Uning hududi 44 gektarni tashkil etadi. Vatikan hududida turli saroylarva ibodatxonalar, shu jumladan, mashhur muqaddas Pyotr sobori — katoliklar olamining asosiy cherkovi joylashgan. Vatikan jami katolik cherkovlarining markazi bo'lib, Rim papasi ana shu yerdan turib ularga rahbarlik qiladi. Vatikan boshlig'i bo'lgan Rim papasi — mutlaq monarxiya hokimiyatiga ega. Papa kardinallar, ya'ni ruhoniylarning oliy vakillari kollegiyasi tomonidan umrbod muddatga saylanadi. Papalik mansabiga nomzod bo'lgan ruhoniy ovozlarning kamida 2/3 qismini va yana oshiqcha bir ovoz olishi kerak. Saylovdan o'tgan nomzod o'zining ilgarigi nomidan voz kechadi va o'ziga yangi nom oladi. Bugungi kunda Rim papasi Polsha ruhoniysidir. U Pavel Ioann 11 nomi bilan ataladi. Vatikanning ma'muriy ishlarini Papa tayinlaydigan kardinallar komissiyasi va gubernator boshqaradi. Cherkov va siyosiy ishlar bilan Rim kuriyasi (hukumati) shug'ullanadi. Kardinal — stats — sekretar kuriya boshlig'i (bosh ministr) hisoblanadi, u ayni paytda tashqi ishlar ministri hamdir. Vatikan 100 dan ortiq davlat bilan diplomatik aloqa o'matgan. U BMT a'zosi. Uning o'z bayrog'i, madhiyasi, puli, markasi, qamoqxonasi, jandarmeriyasi, tribunali mavjud. Mingdan ortiq fuqarosi bor. Katoliklik bugungi kunda xristianlikning eng ko'p tarqalgan oqirni bo'lib qolmoqda. KatoliWarning asosiy ko'pchiligi G'arbiy Yevropa va Lotin Amerikasi, Afrika mamlakatlaridadir. Shuningdek, Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Kuba, Boltiq bo'yi respublikalari, Belorus va G'arbiy Ukrainada ham katoliklikka e'tiqod qiluvchilar mavjud. Xristianlikda protestantlikning vujudga kelish shart-sharoitlari. XVI asrda Angliya va Fransiya hukm dorlari mutlaq hokimiyatga ega bo'lib olgan bo'lsalar, Germaniyada siyosiy tarqoqlik hukm surardi. U mayda davlatlarga bo'linib ketgan edi. Markaziy imperatorlik hokimiyati amalda hech qanday real hokimiyatga ega emas edi. Bir so'z bilan aytganda, kuchli markaziy hokimiyat yo'q edi. Shuning uchun Germaniyada katolik cherkovi hamon qudratli edi. Germaniya aholisi ham o'z hukmdorlariga, ham cherkovga tinkani qurituvchi soliq to'lardi. Bundan tashqari, Germaniyada cherkov katta mol-mulkka ega edi. Arxiyepiskop va yepiskoplar esa amalda mustaqil knyazlar edi. Ayni paytda, imperatorlarni saylab qo'yadigan 7 nafar eng kuchli knyazning 3 nafari arxiyepiskoplar edi. Rim cherkovi o'z daromadlarining katta qismini Germani- yadan olar edi. Imperatorning esa Rimga yuboriladigan soliqlar miqdorini kamaytirishga kuchi yetmas edi. Bundan tashqari, Germaniyada katolik cherkovi Germaniya taraqqiyoti to'sig'iga aylangan siyosiy tarqoqlik hamda krepostnoylik munosabatlarining tayanchi ham edi. Bu omillar XVI asr boshlarida Germaniyada umumiy norozilikni yuzaga keltirgan. Umumiy norozilikning yuzaga kelishiga, ayni paytda, katoliklik marosimlarini bajarishning og'irlashtirib yuborilganligi. Papa va boshqa ruhoniylar tomonidan xristianlik aqidalarining tez-tez buzilishi hamda ruhoniylar orasida axloqiy buzuqlikning ro'y berayotgani ham sabab bo'lgan. Protestantlikning vujudga kelishi.Umumiy norozilik 1517-yilda Germaniyada aholi katta qismining cherkovni isloh (reforma) qilishni talab etishdan boshlangan. Bu harakat tarixga Reformatsiya nomi bilan kirgan. Reformatsiya,uning yo'lboshchilaridan biri M. Lyuterning katolik cherkovi kirdikorlarini qoralab chiqishidan boshlangan. U Vittenberg shahridagi cherkov eshigiga o'zining dinga ishonuvchilarga qarata yozgan xitobnomasi — 95 moddadan iborat tezislarini yopishtirib qo'ygan. Bu xitobnomada M. Lyuter Papaning gunohlarni kechish yorliqlari — indulgensiyalar soti- shini qoralagan. Germaniyadagi cherkovni Rim Papasi qaramog'idan ozod etishni talab etgan. Lyuterning bu fikrlari butun Gernianiyada xayrixohlik bilan kutib olingan. Ayni paytda, M. Lyuter «kamchiqim cherkov» tarafdori edi. Ko'p o'tmay, u cherkov Papasiz ham yashashi mumkin, deb hisoblagan va bundan keyin Rimga pul yubormaslikni taklif etgan. Rim papasiga qarshi qat'iy kurash olib borisliga chaqirgan. Papa M. Lyuterni shakkoklikda ayblagan va Germaniyaga uni la'natlovchi yorliq yuborgan. Ammo, bu yorliqni deyarli hech bir joyda chop etib tarqatishga muvaffaq bo'linmagan. Aksincha, M. Lyuter ko'pcliilik tomonidan qo'llab-quvvatlangan. Universitet talabalari oldida u Papaning yorlig'ini gulxanda yondirgan. Shu bilan u katolik cherkovidan o'zining butun aloqasini uzgan. Tezda butun Germaniyada katolik cherkovining zulmiga va zo'ravonligiga qarshi ommaviy harakat avj olgan. 1525-yilda esa bu harakat dehqonlarning feodal zulmiga qarshi urushiga aylanib ketgan. Xalq harakatining avj olishi mulkdor sinflarning birlashuviga olib kelgan. Knyazlar, feodallar va ruhoniylarbirlashib dehqonlar urushini qonga botirganlar. Garchi, xalq ommasi yengilgan bo'lsa-da, Germaniyada katolik cherkovi hukmronligiga barham berilgan. 1526-yilda Shpeyer reyxstagi nemis lyuterchi-knyazlari talabi bilan har bir nemis knyazi o'zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to'g'risida qaror qabul qilgan. Biroq 1529-yilda 2-Shpeyer reyxstagi bu qaromi bekor qilgan. Bunga qarshi imperiyaning bir qancha shaharlari va 5 knyazi «protest» bildirishgan. Ular «Protestatsiya» deb atalgan hujjatga, ya'ni ruhoniy va dunyoviy feodallarning umumgerman s'yezdi lyuterchilikning tarqalishini cheklash haqida qabul qilgan qarorga qarshi protestga imzo qo'yganlar. Oqibatda 5 knyazga protestantlar deb nom qo'yilgan. YODDA TUTING: Protestant knyazlar 1555-yilda Rim bilan bitim tuzishga muvaffaq bo'lganlar. Unga ko'ra, endi har bir knyaz o'z fuqarolari uchun istagan dinni (lyuterchilik yoki katolitsizmni) tanlab olish huquqiga ega bo'lganlar. Shu vaqtdan boshlab reformatsiyaning barcha tarafdorlari protestantlar deb, yangi cherkov esa protestant cherkovi deb atala boshlangan. Shunday qilib, xristianlikda uchinchi asosiy yo'nalish — protestantlik vujudga kelgan.Reformatsiya faqat Germaniyagagina emas, balki boshqa davlatlarga ham yoyilgan. XVI asrning o'rtalariga kelib Shveytsariya, Angliya, Shvetsiya, Daniya va Norvegiya davlatlari ham katoliklikdan chiqqanlar. Protestantlik Belgiya, Gollandiya va Fransi-yaga ham kirib borgan va Sharqiy Yevropa — Chexiya, Vengriya va Polshaga ham yoyilgan. XVII asrdan boshlab u Shimoliy Amerikaga va Yevropa davlatlarining boshqa mustamlakalariga ham yoyila boshlagan 1948-yilda dunyodagi 44 mamlakatning 147 protestantlik cherkovini birlashtirgan jahon cherkovlari kengashi tuzildi. Shunday qilib, xristianlik 1054—1555-yillar oralig'ida uch oqimga — katoliklik, pravoslavlik va protestantlikka bo'linib ketdi. Hozirgi paytda bu uch oqim bir-biriga toqat qilish (tolerantlik) ruhida yashamoqda. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling