Dunyo dinlari tarixi
-24-& ISLOM DINI TARIXIDAN
Download 0.49 Mb.
|
дин
23-24-& ISLOM DINI TARIXIDAN.Islomning paydo bo'lishi. «Islom» so'zi — «itoat va bo'ysunish», «ixlos va turli ofatlardan salomat bo‘lish» hamda «sulh va omonlik» degan ma’nolarni bildiradi. Islom - Alloh yagona degan e’tiqod bilan unga bo‘ysunmoqlik, itoat etmoqlik va butun qalb bilan unga ixlos qilmoqlik hamda Alloh buyurgan diniy e’tiqodga imon keltirmoqlik demakdir. Allohga itoat qilgan va Alloh yuborgan payg'ambarlarga ergashgan kishi musulmon (muslim — sadoqatli), deyiladi. Islom dini payg‘ambar Muhammad ibn Abdulloh (s. a. v.) tomonidan Arabistonda targ‘ib etilgan. Muhammad (s. a. v.) va uning safdoshlari islomda nafaqat mukammal dinni, ayni paytda, unda arab qabilalarini yagona davlatga birlashtirish qudratini ham ko‘rganlar. Ular birlashgan davlat barpo etish orqaligina jahon maydoniga chiqish mumkin, deb hisoblaganlar. Bu maqsad yagona xudoga — Allohga asoslangan islomni butun Arabistonda hukmron dinga aylantirish orqaligina amalga oshishi mumkin edi. VII asrda esa Arabistonda ko‘p xudolik diniy e’tiqodlari mavjud edi. 630- yilda Arabiston yagona davlatga (xalifalik) birlashtiril- gach, islom yagona hukmron dinga aylangan. Qur'onning Usmon to'plami. Qur'on — islomning muqaddas kitobi. Islom dinining Qur'on muqaddas kitobi.deb ataladi. Musulmonchilikda bu kitobning butun mazmuni Allohning osmondan vahiy qilingan so'zi, deb tushuniladi. Muhammad payg'ambar (s. a. v.) davrida Qur'on kitob holiga keltirilmagan. Biroq Qur'on matni (suralari) Muhammad payg'ambarning sahobalari (safdoshlari) tomonidan yod olib borilgan va turli buyumlarga yozib ham qo'yilgan. Muhammad payg'ambar (s. a. v.) vafotidan so'ng xalifa Abu Bakr Siddiq Qur'on suralarini yoddan biladigan kishilar hayotligida suralarni to'plam holiga keltirishdek ishni amalga oshirgan. Abu Bakr to'platgan suralar to'plami «Suhuf» («Sahifalar») deb atalgan. Qur'onning xalifa Usmon nusxasi.Xalifa Usmon hukmronligi davrida Qur'onning yangi nusxasini yaratishga zarurat tug'ilgan. Chunki xalifa Usmon davrida Arab xalifaligi juda keng mintaqalarni o'ziga birlashtirar edi. Xalifalik kengaygan sari odamlar orasida sahobalarning targ'ibot ishlarini olib borishlari g'oyatda mushkillashgan. Natijada, Qur'on so'zlari (oyatlari) turli joylarda turlicha o'qila boshlangan. Bu esa islom e'tiqodchilari orasida ixtilof keltirib chiqarmay qolmas edi. Oxir-oqibatda, bu ixtilof islom jamiyatini bo'lib yuborishi mumkin edi. Xalifa Usmon bu omilni ziyraklik bilan fahmlay oldi va tez fursat ichida Qur'onning mufassal, bir butun kitob holidagi nusxasini yarat'shga amr etgan. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling