Dunyo dinlari tarixi


Tavba-tazarru qilish marosimi


Download 0.49 Mb.
bet52/92
Sana09.07.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1659395
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92
Bog'liq
дин

Tavba-tazarru qilish marosimi — xristianlikda pushaymon bo'lish marosimidir. Tavba qiluvchi shaxs maxsus jihozlangan cherkov ibodatxonalariga boradi. U tavba qiladi, ya'ni ruhoniyga o'zining hamma gunohlarini oqizmay-tomizmay so'zlab beradi. Buzuq niyatlari va shubhalarini aytadi. Ruhoniy dindorga nasihat qilib, uni to'g'ri yo'lga soladi va muqaddas ruhning kuchi bilan uni gunohlardan pok qiladi.
Miro surtish marosimi (miropomazaniye) — cho'qintirish marosimi bilan bevosita bog'liqdir. Cherkovlarda chaqaloqlar cho'qintirilgandan keyin, ularga xushbo'y yog' (miro) surtiladi. Shunday qilinganda, inson ilohiy muruvvatga erishadi, deb ta'lim beriladi xristianlikda.
Muqaddas zaytun moyi surtish marosimi (yeleosvyasheniye) — bu bemorning peshona, yonoq, lab, ko'krak va qo'llariga muqaddaslashtirilgan zaytun moyi surtish bilan bog'liq marosimdir. Bu marosim, cherkov ta'limotiga ko'ra, insonning jismoniy va ruhiy kasalliklarini davolaydi. Ayni paytda, tavbasiga tayanib ulgurmagan bandalarini gunohlaridan xalos etadi.
Nikoh marosimi — cherkov nikohidan o'tish davrida amalga oshiriladi. Bu marosim XVI asrda paydo bo'lgan. Cherkov ta'limotiga ko'ra, bo'lajak er-xotin mehrob oldida bir-birlariga sodiqlik haqida va'da beradilar. Bu marosimni o'tkazishdan maqsad bolalarning eson-omon bu dunyoga kelishlari va xristianlik tarbiyasini olishlari nazarda tutiladi. Shu orqali inson xudoning marhamatiga erishgan hisoblanadi. Xudoning o'zi odamlarning nikoh ittifoqini himoya qiladi. Ayni paytda, bu nikoh marosimini o'tkazmay turib chinakam axloqiy, oilaviy munosabatlarning bo'lishi mumkin emas, deb ta'lim beriladi.
Xristianlikda bulardan tashqari dafn marosimi hamda butlarga, salbga, shahidlarga va avliyolarga sajda qilish kabi marosimlar ham mavjud.
Pravoslaviye bayramlari. Barcha dinlarda bo'lganidek,xristianlikda, shuningdek, uning yirik oqimlaridan biri — pravoslavlikda diniy bayramlar alohida o'rin tutadi. Pravoslavlik bayramlarining eng muhimlari quyidagilardir:

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling