Dunyo dinlari tarixi
Download 0.49 Mb.
|
дин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Momin-musulmonlar va mushriklar
- Muhammad (s. a. v.)
- Vidolashuv haji.
YODDA TIITING:
Muhammad (s.a.v.) ga dastlabki vahiy kela boshlaganida ular 40 yoshda edilar. Vahiy kela boshlagan birinchi kun Islom tarixi-da «Laylat ul-qadr» (Qadr kechasi) deb ataladi. Shu kundan, 40 yoshli Muhammad (s.a.v.) payg'ambarga — Allohning rasuliga (elchisiga) aylangan. Bu faoliyat bilan 23 yil shug'ullangan. Shu yillar davomida Muhammad (s.a.v.) ga Allohning so'zi — Qur'oni karim suralari nozil bo'lib turgan. Muhammad (s.a.v.) insonlarni Alloh yo'liga da'vat etgan. U makkaliklarni butga sig'inishdan qutqarish va yagona Alloh e'tiqodiga kiritish uchun 3 yil yashirin faoliyat olib borgan. Muhammad^RaajJulloh faqat butparastlikka qarshi kurash bilan /^^anjb-tjSTmagan.^^T^yTiN^a/fa^o'z qabilasi — quraysh-lar icliWljgi xurofotlarga ham barham berishga harakat qilgan. Xo'sh, bu xurofotlar nimalardan iborat edi? Islomgacha bo'lgan ko'p xudolik e'tiqodlarida ichki buzilishlar kuchaygan. Ijtimoiy hayotda esa tubanlik, ichkilikbozlik, qimor va buzuqlik avj olgan edi. Binobarin, insonlarning ruhlari ham, e'tiqodlari ham, xatti- harakatlari ham buzilgan edi. Odamlarda uyat tuyg'usi yo'qolgan edi. Arabistondagi katta savdo markazlari chetdan kelgan axloqiy tubanlik botqog'iga g'arq bo'lganlar bilan toshib ketgan edi. Ayollarga hayvondek muomala qilinar, ba'zan tug'ilgan qiz bolalarni tiriklayin ko'mib tashlash odati ham bor edi. Arablar qimorga shunchalik berilgan edilarki, ularning ayrimlari pullari tugagach, o'zlarining erkini ham qimorga tikib yuborar edi. Bunday axloqsizliklardan qutulishning najot yo'li kerak edi. Muhammad (s.a.v.) o'zini ana shunday najot yo'liga bag'ishladi. Mo'min-musulmonlar va mushriklar.Islom paydo bo'lishi bilan makkaliklar end iikkiga — mo'min-musulmonlar va mushriklarga bo'lindilar. Mo'min- musulmonlar — Alloh (Xudo)ning yagonaligiga va Muhammad (s.a.v.)ning payg'ambar ekanligiga ishonuvchilar edi. Mushriklar esa — buni tan olmovchilar edi. Makkaliklarning ikkiga bo'linishi Makkada ahvolni keskinlashtirib yuborgan. Mushriklar 23 yil davomida Muhammad (s.a.v.) va uning tarafdorlariga qarshi kurashganlar. Mushriklarning mo'min-musulmonlarga qarshi bunchalik jon- jahdlari bilan kurashishlarining sabablari nimalardan iborat edi? / Birinchidan, islomni qabul qilish Ka'badagi 360 ta butga sig'inishdan voz kechishni anglatar edi. Buni ko'pchilik arablar istamas edi. Chunki arablar uchun ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan, yagona, tengi yo'q Alloh (Xudo)dan ko'ra, ko'rib turadigan 360 ta butga sig'inish ma'qulroq edi. Ikkinchidan, islomning axloqsizlikni man etish to'g'risidagi talabi edi. Makkalik zodagonlar, boylarning aksariyati o'sha axloqsiz ishlar bilan shug'ullanar edilar. Ayni paytda, ular butlarga qurbonlik keltirish bilan gunohlari yuvilishiga ishonardilar. Shuning uchun ham ko'ngillariga kelgan axloqsizliklarni amalga oshi-rishardi._^ Islom esa Alloh har bir narsani ko'rib, bilib turadi, binobarin, insonlar oxiratda hisob berishga majburdirlar, deb ta'lim beradi. Mushriklarga bu ta'limot yoqmas edi. Uchinchidan, islomning Alloh oldida hammaning tengligini e'tirof etganligi edi. Ayni paytda, islom insonlar bir-biridan mol- dunyosi bilan emas, balki taqvosi, qalb sofligi bilan ajralib turadi, deb ta'lim bergan. Butparastlik, bu — quraysh qabilasi yuqori tabaqalari uchun boylik va shon-shuhrat manbayi edi. Shuning uchun ham ular bunday boylik va mavqedan ajralib qolishni sira istamas edilar. Kerak bo'lsa, bu boylik va shon-shuhrat manbayini qon to'kish yo'li bilan ham saqlab qolishga tayyor edilar. To'rtinchidan, qurayshning hoshimiylar xonadoniga qarshi bo'lgan boshqa xonadonlari hoshimiylardan payg'ambar chiqishini istamas edilar. Muhammad (s. a. v.) Umma tashkilotchisi. Mushriklar kundan-kunga mo'min- musulmonlarga qarshi kurashni kuchaytirganlar. Ular, hatto Muhammad (s.a.v.) ni jismonan yo'q qilish payiga tushganlar. Ana shunday bir sharoitda Muhammad (s.a.v.) o'z tarafdorlariga Makkadan Habashistonga ko'chib ketishga ijozat bergan. Makkada qolgan musulmonlar esa qattiq nazoratga olingan. Ularga Ka'ba ibodatxonasiga kelish taqiqlangan. Shuningdek, ulardan narsa sotib olish yoki ularga narsa sotish man etilgan. Ular 3 yil tog'larda yashirinib yashashga majbur bo'lganlar. Shuning uchun ham bu davr islom tarixiga «musulmonlarning qamal davri» nomi bilan kirgan.Qamal davri nihoyatda og'ir kechgan. Oziq-ovqat yetishmasligidan musulmonlar, hatto daraxt barglarini yeb jon saqlashga majbur bo'lganlar. 619-yilda Muhammad (s.a.v.) boshiga yanada katta musibatlar tushgan. Shu yili avval amakisi Abu Tolib, keyin esa xotini Xadicha vafot etganlar. Bu ikki ulug' zotning vafotidan so'ng mushriklar Payg'ambar (s.a.v.)ga qarshi kutashni yanada kuchaytirganlar. Natijada, 622- yilda Muhammad (s.a.v.) o'z safdoshlari bilan Makkadan Madinaga ko'chadilar. Islom tarixida bu ko'chish «hijrat» deb ataladi. Bu ko'chish musulmonlarning hijriy yil hisobiga asos qilib olingaru.Ko'chib borganlar islom tarixida muhojirlar deb nom olganlar. Muhammad (s.a.v.) bu yerda tarqoq qabilalarni va muhojirlarni birlashtirgan va umma (jamoa) tashkil etgan.Shu tariqa Madina shahrida raqobatlar tugatilib, uning o'rniga kelishuv asosida yashaydigan Umma (jamoa) tuzilgan. Bu Umma shaharni himoya qi-lishga qodir bo'lgan. Eng muhimi — Umma Muhammad (s.a.v.)ga astoydil ishongan) QUmma qisqa vaqt ichida kichik, lekin kuchli davlatga aylangan^ Diniy, ma'muriy va harbiy hokimiyat Muhammad (s.a.v.) qo'lida to'plangan. So'ng Madina atrofidagi barcha arab qabilalari, 630- yilda esa Makka shahrining o'zi ham bo'ysundirilgan. Makka zodagonlari Muhammad (s.a.v.) ning yordamchilariga aylanganlar. Vidolashuv haji. Muhammad (s.a.v.) 632- yilda Makkaga haj qilganlar. Payg'ambarning bu hajlari Islom tarixida — «Vidolashuv haji» deb yuritiladi. Haj safari 10 kun davom etgan. Manbalarda ta'kidlanishicha, 8- mart kuni Muhammad Rasululloh tuya ustiga o'tirib, hajga to'plangan 124 ming musulmonga qarata muborak nutq so'zlaganlar. Bu nutq «Vido xutbasi» ham deyiladi.Vido xutbasida Rasululloh, jumladan, quyidagilarni xitob qilgan ekanlar: «Ey, insonlar!.. Bu kuningiz (qurbon kuni) qanday muqaddas bo'lsa, bu shahrimiz qanday muqaddas shahar bo'lsa, bilingizki, jonlaringiz, molla-ringiz ham shu kabi muqaddasdir. Bularga qilingan har qanday tajovuz haromdir. As'hobim! Hushingizni yig'ib oling! Bilingizki, zinhor- bazinhor mendan keyin eski adashuvga qaytib, bir-biringizning bo'yningizni kesmang! As'hobim! Eski johiliyat davridan qolgan hamma qon da'volari batamom bekor qilindi. As'hobim! Kimning yonida bir omonat bo'lsa, uni egasiga qaytarib bersin. Ey, insonlar! Xotinlarning haqlariga rioya etingiz. Ular bilan shafqat, mehr ila muomalada bo'lingiz. Ularning haqlari xusu- sida Allohdan qo'rqingiz! Xotinlar Sizga Allohning omonatidir. Ularni Alloh nomiga so'z berib oldingiz. Sizning xotinlar ustida haqlaringiz bo'lgani kabi, ularning ham Sizda haqlari bor. Sizning xotinlardagi haqlaringiz — xotinlarning oila sharafini Siz yoqtirmaydigan hech bir kimsaga oyoq osti qildirmasliklaridir. Xotinlaringizning har turli yeyish va kiyish ehtiyojlarini ta'niinlashingiz esa, ularning Sizning ustingizdagi haqlaridir. Ular Sizning haqlaringizga rioya etmoqlari kerak. Siz ham ularga nazokat bilan muomala etishingiz lozim. Ey, mo'minlar! So'zlarimni yaxshi eshitingiz! Hech kimning boshqalardan ustunligi yo'qdir. Sharaf va ustunlik faqat fazilat iladir. Har bir musulmon musulmonning birodaridir. Haqsizlik qilmang! Haqsizlikka bo'yin ham egmang! Odamning haqlarini yemang. Bir-biringiz bilan bo'g'ishmang! Ey, insonlar! Har bir jinoyatchi o'z aybiga faqat o'zi javobgardir. Hech bir jinoyatchining gunohi uchun avlodi jazo tortmaydi. Ey, insonlar! Haddan oshishlikdan saqlaning. Ey, mo'minlar! Sizga bir omonat qoldirayapman. Unga mahkam bog'langaningiz sari yo'lingizdan hech adashmagaysiz. Bu omonat Allohning kitobi — Qur'ondir». Manbalarda qayd etilishicha, Muhammad Rasululloh ochiq va shirin ifoda bilan bayon etgan bu so'zlarni hamma eshitishi uchun chiroyli va baland ovozli kishilar tomonidan takrorlanib turilgan. Rasulullohning bu nutqi insoniyat tarixida eng buyuk inqilob yasagan. Chunki Vido xutbasi o'qilayotgan kuni musulmonlik bor qudrati — salohiyati bilan dunyoga xitob etgan. Bu — eski jaholat davrining butun xurofotlarini, butun yomonliklarini, qon da'volarini, sudxo'rlikni, qimor va fohishalikni yo'qotishga da'vat edi. Arablar orasida keng tarqalgan qon da'vosi to'xtovsiz ichki urushlarning manbayi edi. Rasululloh uni bekor qildilar. Butun Arabiston sudxo'rlikning azobida edi. Bu yomon odat tufayli barcha faqirlar boylarning qullariga aylantirilgan edi. Rasululloh buni ham bekor qildilar. Ayollar Vido xutbasi so'zlanguniga qadar erkaklarning molidek edi. Ular, hatto qimorga ham tikilar edi. Arabistonda insonning joniga ham, moliga ham zarracha ahamiyat berilmas edi. Odam o'ldirish oddiy bir hoi edi. Mol-mulk esa talanardi. Muhammad Rasululloh odamni va uning mol-mulkini ham muqaddas deb e'lon qildilar. Zulmning eng yomon shakllaridan biri — bu, otalarning jinoyati uchun bolani, bolaning jinoyati uchun otani jazolash edi. Muhammad Rasululloh bu odatni ham bekor qilganlar. Muhammad Rasulullohning shaxsiy boyliklari bo'lmagan. Borini esa yetim-yesirlarga berganlar. Ularning Madinadagi uylari amalda musulmon jamoasining bosh masjidi vazifasini o'tagan. Muhammad Rasululloh o'ta axloqli, odobli, xushfe'l odam bo'lganlar. Xotinlari Oisha bu haqda «Rasulullohning axloqlari Qur'on edi», deb bejiz aytmagan edilar. Qur'on inson qalbini yorituvchi bir axloqiy qudrat bo'lganidek, Muhammad Rasulullohning hayot yo'li ham ana shunday yuksak axloqning amaliy ko'rinishi edi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling