Mashg‘ulot turi: ma’ruza Mavzu: Islom dini va ta’limoti Mavzu rejasi


Download 114.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana02.11.2023
Hajmi114.6 Kb.
#1741010
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
\'2 ìàúðóçà ëîò (1)




 
Mashg‘ulot turi: ma’ruza 
Mavzu: Islom dini va ta’limoti
 
Mavzu rejasi: 
1. Islom. Qur’on islom dinining muqaddas kitobi, xadislar islomdan keyingi 
mo‘‘tabar manba.
2. Islom dini ta’limoti. 
3. Islomda mazhablarning paydo bo‘lishi.
4. Tasavvuf (sufizi) ta’limoti.
Adabiyotlar: 
1. Ochildiev A. va boshqalar. Dinshunoslik asoslari (o‘quv qo‘llanma). -
Toshkent: “Toshkent islom universiteta” nashriyot matbaa birlashmasi, 2013. 
2. Xasanov A. va boshqalar. Islom tarixi (darslik). - Toshkent: Toshkent islom 
universiteta matbaa-nashriyot birlashmasi, 2008.
3. Mo‘minov A. va boshk. Dinshunoslik (darslik). -Toshkent: «Mehnat», 2004.
Tayanch tushunchalar: 
Johiliya, Butparastlik, Mushaf, al–Vasaniya, Makka va Madina, Hiro g‘ori, Vahiy, 
Ansor, Hijrat, Rasul, Nabiy, mazhab, sunniylik, shialik, xorijiylik, hanafiylik, 
shofe’iylik, molikiylik, xanbaliylik, aqida, tasavvuf. 
Mavzu o‘quv maqsadi: 
Islom dini tarixi, ta’limoti, muqaddas manbalari, ibodat va marosimlari, Islom 
dinidagi ilk bo‘linishlar, ularni keltirib chiqargan sabab va omillar, xavorijlar va 
ularning firqalari, shialik va uning oqimlari, sunniylik va uning mazhablari, 
aqidaviy ta’limotlar, tasavvuf haqida haqida talabalarda atroflicha tasavvur hosil 
qilish. 
Islom. Qur’on islom dinining muqaddas kitobi, xadislar islomdan keyingi 
mo‘tabar manba. 
Jahonda qariyb 1,2 mlrd. kishi I.ga e’tiqod qiladi. Musulmonlarning 2/3 
qismidan ko‘prog‘i Osiyoda yashaydi va bu qit’a aholisining 20% idan ortiqrog‘ini 
tashkil etadi. Qariyb 30% musulmonlar Afrikaga to‘g‘ri keladi (qita aholisining 
deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud bo‘lgan 120 dan ortiq 
mamlakatdan 35 tasida musulmonlar aholining ko‘pchiligani tashkil qiladi
Muhammad (s.a.v.) ana shunday shaxs sifatida nafaqat arablar dunyosida, balki 
butun musulmon olamida yangi sivilizatsiyaga asos soldi. 40 yoshidan boshlab u 
Allohdan kelgan vahiylarni o‘z qabiladoshlariga etkazadi.

Download 114.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling