Mashg‘ulot turi: ma’ruza Mavzu: Islom dini va ta’limoti Mavzu rejasi
Download 114.6 Kb. Pdf ko'rish
|
\'2 ìàúðóçà ëîò (1)
MUHAMMAD (sav) (571-632) –islom dini asoschisi va payg‘ambari.
Musulmonlar e’tqodiga ko‘ra, Allohning oxirgi payg‘ambari va elchisi. Muhammad ismiga “sallalohu alayhi vassallam” (sav) –“unga Allohning rahmat va salomi bo‘lsin” deb salovat aytib qo‘shib qo‘yiladi. 2 Muhammad (AS) 40 yoshga to‘lgunga qadar ko‘pincha yolg‘iz ibodat bilan mashg‘ul bo‘lar, o‘yga tolardi. 610 yilning ramazon oyida Hiro tog‘ining g‘orida ibodat qilayotganida Allohdan Jaroil farishta vositasida birinchi vahiy tushadi va Qur’oni Karimning “Alaq” surasining ilk oyati nozil bo‘ladi. “Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). (Ey, Muhammad, btun borliqni) yaratgan zot bo‘lmish Rabbingiz nomi bilan o‘qing! U insonni lahta qondan yaratdi. O‘qing! Rabbingiz esa karamli zotdir. U insonga qalam bilan (yozishni) o‘rgatgan zotdir. U insonga bilmagan narsalarini o‘rgatdi.” ISLOM (arab.-bo‘ysunish, itoat etish, o‘zini Alloh irodasiga topshirish)-jahonda uch din (buddaviylik, xristianlik bilan bir qatorda)dan biri. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha “muslim” deb ataladi. Islomning eng asosiy talabi hisoblangan kalimai shahodatda “La ilaha illallohu Muhammadun Rusul-Alloh” (Allohdan o‘zga iloh, Muhammad uning payg‘ambaridir), deb uqtiradi. Qur’oni Karimda Allohning yagonaligi va buyukligi juda ko‘p bor Qur’oni Karimda ta’kidlanadi. 1 Islom tarixiga ko‘ra Qur’onning sura va oyatlari Muhammad payg‘ambarga parcha-parcha tarzida vahy qilib borilgan; bu vahyning birinchi bayoni «Laylatur qadr» kechasi boshlanib, ularning vafotlarigacha, ya’ni 23 yil davom etgan. Islom dini, nur imon va hidoyatining boshlanishi bo‘lgan ana shu tun diniy an’ana bo‘yicha hijradan 12 yil oldin ramazon oyining 27-kuniga o‘tar kechasi melodiy hisob bilan 610 yilning 31 iyulidan 1 avgustiga o‘tar kechasi deb hisoblanib, Qur’onni vahy qilinishning boshlanishi to‘g‘risida 97-«Qadr» surasida ifodalangan. «Albatta Biz u (Qur’on)ni Qadr kechasida nozil qildik. (Ey Muhammad) Qadr kechasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?! Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir?!» (97,1-3). Islom manbalarida rivoyat qilinishicha, Muhammad payg‘ambar 40 yoshga etganlarida, ya’ni 610 yili Makka shahri yaqinidagi Hiro nomli g‘orda yolg‘iz qolib, ibodat bilan mashg‘ul paytlarida, farishta Jabroil (a.s.) ularga birinchi bor Qur’on oyatlarini keltirganlar. Odatda Jabroil (a.s.) payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ga oyatlarni o‘qib berar, ular yodlab olib, o‘z izdoshlariga etkazar edilar. Ular ham o‘z navbatida shunday qilar edilar. O‘sha davrlarda mutlaqo ko‘pchilik, shu jumladan Muhammad payg‘ambar ham o‘qish, yozishni bilmaganliklari uchun yodlab olish u davrning birdan bir usuli bo‘lgan. Bu vahy melodiy yil hisobida 22 yil, hijriy esa 23 yil davom etgan. Oyatlarda odamlarning savollariga javob berib, ularni to‘g‘ri yo‘lga etaklagan, yuz bergan hodisalarni talqin qilib berilgan. Biron hukmning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekani bayon qilinabergan. Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) vafot etganlarida ularning safdoshlari Qur’onni yod bilganlar. O‘sha paytda oz sonli kishilargina o‘qish-yozishni bilganlar. Savodli musulmonlar yozish imkoni bo‘lgan narsalarga Qur’on oyatlarini aniqlik bilan yozib borganlar. Islom ta’limotiga ko‘ra, oldingi ilohiy kitoblar buzilib ketganligi sababli Qur’on ularning ta’limotini tiklab kelgan. 1 Қаранг: Ислом ҳуқуқи.Олий ўқув юртлари учун дарслик. Раҳманов А.Р, Раҳманов А.Р. –Тошкент: “ТДЮИ” нашриёти, 2007, Б. 41. 3 Qur’oni karim – Alloh tarafidan 23 yilga yaqin muddat mobaynida Muhammad payg‘ambarga oyatma-oyat, sura-sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitobdir. Bu kitob islom dinining muqaddas manbai hisoblanadi. Islom ilohiyot maktablaridan biri ahl as-sunna va-l-jamoa ta’limotiga ko‘ra, Qur’on Alloh taoloning so‘zi va uning azaliy ilmidir. Qur’on islom huquqining bosh manbai sifatida tavsiflashda uning odamlar shrtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi normalari orasida diniy-axloqiy mo‘ljallar shakliga ega bo‘lgan va faqihlar tomonidan talqin qilish uchun keng imkoniyat yaratadigan umumiy qoidalar ancha ko‘p ekanligini e’tiborga olish zarur. Qur’on (arab.“al-Qur’on”-o‘qimoq, qiroat qilmoq; jamlash)- musulmonlarning muqaddas kitobi. Unda 114 ta sura bo‘lib, har birining o‘z nomi bor. Ba’zi suralarning avvalidagi so‘zdan olingan, ba’zilarining esa, o‘sha surada zikri ko‘proq kelgan narsalarning nomiga qo‘yilgan. Qur’on matni sura va oyatlardan tashqari yana 30 ta «juz» (o‘zbekcha «pora») larga bo‘lingan. SHuni aytish kerakki, pora sura va oyatlarga o‘xshab Qur’onning ilk tuzilishi bilan bog‘liq emas, balki o‘qishda qulaylik tug‘dirish uchun keyinchalik Qur’on matnini hajm jihatidan teng bo‘laklarga bo‘lishdan iborat bo‘lgan. SHu sababli eng uzun 2-sura poradan ko‘proq bo‘lgani holda, oxirgi qisqa suralardan 37 tasi bir porani tashkil etadi. Qur’on suralarining xronologik nozil bo‘lishi, Makka davri Jami: 86 ta sura, Madina davri Jami: 28 ta suradir. Qur’oni Karimning oyat va suralari payg‘ambarimiz og‘zaki qabul qilinib, yoddan talafuz qilinar edi. Qur’on matnini to‘plash va kitob shakliga keltirish Payg‘ambar vafotidan keyin amalga oshirilgan.bu jihatdan payg‘ambarning oxirgi vidolashuv xaji deb nomlangan nutqiga e’tiborni qaratish lozim. Payg‘ambarimiz (sav) Arafotda 124 ming hojilar xuzurida olamshumul, mashhur xutbalarini o‘qiganlar. “Ey, insonlar so‘zlarimni diqqat bilan eshitingiz. Bilmayman bu sanadan keyin Siz bilan bu erda yana bir bor birga bo‘lolmasman. Ey insonlar! Bu kuningiz (Qurbon kuni) qanday muqaddas bo‘lsa, bu oyingiz qanday muqaddas bo‘lsa, bu shahrimiz (Makka) qanday muqaddas bir shahar bo‘lsa, bilingizki jonlaringiz, mollaringiz ham shu kabi muqaddasdir. Ularga qilingan har qanday tajovuz haromdir. Ashobim! Hushingizni yig‘ib oling! Bilingizki, zinhor-bazinhor mendan keyin eski adashuvga qaytib bir biringizning bo‘yningizni kesmang! Ashobim! Eski johiliyat davridan qolgan hamma qon davolari batamom bekor qilindi. Ashobim! Kimning yonida bir omonat bo‘lsa uni egasiga qaytarib bersin! Ey insonlar! Xotilarning haqlariga rioya etingiz. Ular bilan shavqat, mehr ila muomalada bo‘lingiz. Ularning haqlari xususida Allohdan qo‘qingiz! Xotinlar Tangrinig omonatidir. “Sizlarga ikki narsani qoldiryapman, agar unga mahkam yopishsalaringiz, haq yo‘ldan hech qachon adashmaysizlar. Biri Allohning kalomi, ikkinchisi mening sunnatimdir”, degan muborak xadisni aytdilar. Bu omonat Allohning Qur’onidir- 4 deb aytilgan so‘zlarning qadri kun sayin oshib ketdi. Qur’on musulmonlar uchun shu kungacha dasturamal bo‘lib kelmoqda.1 Birinchi sura “Fotiha”, ya’ni “Ochuvchi sura” deb ataladi. U etti oyatdan iborat: “Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Hamd olamlar Rabbi-Allohgakim, U mehribon, rahmli va jazo kuni (qiyomat)ning egasidir. sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so‘raymiz! Bizni shunday to‘g‘ri yo‘lga boshlaginki, (u) Sen in’om (hidoyat) etganlarning yo‘lidir, g‘azabga uchragan adashganlarning emas!” Qur’onning birinchi bobini tashkil etuvchi bu oyatlar islom dunyosida eng ko‘p zikr etiladigan so‘zlardir. Qur’onning bosh mavzusi-Allohning yagonaligi. Qur’onda Alloh insoniyatga o‘z ovozi va o‘z so‘zlari bilan murojaat etadi. U yo‘l ko‘rsatadi va yo‘lga soladi, avf etada va jazolaydi, eslatadi va qo‘rqitadi. Lekin eng muhimi –U Mehribon (ar- rahmon) va Rahmli (ar-Rahim)dir. Qur’onning har bir surasi (bobi) “Bismillahir rohmanir rohiym”, ya’ni “Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan” degan so‘zlar bilan boshlanadi. Bu so‘zlar insoniyatga Xudo rahmdillik ekanligini eslatib turadi. Bismilloh, Bismillohir Rahmonir Rahim (arab.-“Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan)-islomda ko‘p tilga olinadigan, har bir niyat, ibodat va amaliy xarakat oldidan aytiladigan oyat. Bu oyat musulmonning har bir xarakati Alloh nomi bilan boshlanishi lozimligini bildiradi. Payg‘ambar (sav) har bir ish “Bismilloh” bilan boshlanmas ekan, uning oxiri kesikdir” deganlar. YA’ni uning barakasi bo‘lmaydi, oxiriga etmaydi deganidir. Qur’on tilovatida B.oldidan “A’uzu billohi minashshaytonir rajim” (SHaytonning yomonligidan Allohdan panoh tilayman) qo‘shib aytiladi. Qur’onning birinchi nozil bo‘lgan surasi al-Alaq! Surasidir: "(U) insonni laxta qondan yaratdi. O‘qing! Rabbingiz esa Karamlidir. U insonga qalam Bilan (yozishni ham) o‘rgatdi. U insonga bilmagan narsalarini bildirdi. Darhaqiqat inson xaddidan oshar. (Ey, inson!) Albatta, qaytish Rabbing huzurigadir."_ Qur’onning, Qadr surasi-97-oyatida, “Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Albatta. Biz uni (Qur’onni “Lavhul-mahfuzdan birinchi osmonga) Qadr kechasida nozil qildik. 5 (Ey, Muhammad!) Qadr kechasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?! Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir. U (kecha)da farishtalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorlarining izni bilan (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar (rejasi) bilan (osmondan erga) tusharlar. U (kecha) to tong otguncha salomatlikdir”2-deyilgan edi. Oyatlar soni esa, Qur’on matnlarini taqsimlashning turli yo‘llariga ko‘ra, 6204 ta, 6232 ta, hatto 6666 tagacha belgilangan. Bu har xillik Qur’on nusxalarining bir- biridan farqli ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turli qiroat maktablarining (ularning soni 14 dan ortiq) an’analari bo‘yicha turlicha taqsimlanganligini bildiradi. Qur’ondagi suralar o‘z mazmuniga yoki nozil bo‘lgan vaqtiga, ya’ni xronologik tartibiga qarab emas, balki hajmiga ko‘ra – avval katta, so‘ng kichik suralar tartibida Payg‘ambar vafotidan ancha keyin yig‘ib joylashtirilgan. Suralarning hajmi ham har xil: eng katta hajmli ikkinchi surada 286 oyat bor bo‘lsa, eng kichik suralar faqat uch oyatdangina iborat. Muhammad payg‘ambar vafotidan keyin Qur’on kishilarning xotirasida va yozgan narsalarida saqlanib qoldi. Payg‘ambardan so‘ng musulmonlarga Abu Bakr boshliq etib saylandi. Uning xalifalik davrida (632-634) mo‘minlar va murtadlar (dindan qaytganlar) o‘rtasida shiddatli janglar (yuqorida eslatilgan Ridda voqealari) bo‘lib o‘tdi. Ushbu janglarda Qur’onni to‘liq yod olgan ko‘plab qorilar halok bo‘ldilar. SHunda bo‘lajak xalifa Umar ibn al-Xattob (634-644) Abu Bakrga: «Barcha qorilar shu zaylda o‘lib ketaversa, Qur’on nuqsonli bo‘lib qolishi mumkin, shu sababli uni jamlab kitob holiga keltirish zarur», - degan maslahatni berdi. Avvaliga Abu Bakr ikkilanib turadi, chunki bu ish Payg‘ambar davrida qilinmagan edi. Bu hol bid’at deb qabul qilinishi mumkin edi. Keyinroq Abu Bakr ham Qur’onni kitob shakliga keltirib qo‘yish zarurligini anglab etdi va Zayd ibn Sobit ismli sahobani chaqirib, bu ishni unga topshirdi. SHunday qilib, Zayd va boshqa qorilar mashaqqatli urinishlardan keyin Qur’onni kiyik terisidan bo‘lgan sahifalarga yozib chiqdilar va bog‘lab Abu Bakrning uyida saqlab qo‘ydilar. Bu jamlanma keyinchalik «as-Suhuf al-Bakriya» – «Abu Bakr sahifalari» deb nomlandi. Abu Bakr olamdan o‘tgandan keyin jamlanma Umar ibn al-Xattob uyida, u olamdan o‘tgandan so‘ng uning qizi – Payg‘ambar ayoli Hafsada qoldi. Vaqt o‘tishi bilan islom davlatida turli siyosiy guruhlar paydo bo‘ldi. Ular o‘rtasidagi ziddiyatlar xalifa Usmon ibn Affon (644-656) davrida keskinlashdi. Har bir guruh o‘z siyosiy da’volarini Qur’on orqali asoslashga urinar edi. Qur’onni o‘qishdagi turli ixtiloflar bunga asos yaratar edi. Bu ixtiloflarni bartaraf etish maqsadida xalifa Usmon ibn Affon Qur’onning yangi tahririni ko‘chirishga buyruq beradi. Bu topshiriqqa binoan Zayd ibn Sobit barcha Qur’on qismlarini yig‘ib, 6 taqqoslab chiqib, qaytadan Qur’oni karim matnini jamladi. Qur’onning birinchi rasmiy nusxasi 651 yilda xalifa Usmonga taqdim etildi. U asl nusxa hisoblanib, undan yana uchta, ba’zi manbalarga ko‘ra ettita nusxa ko‘chirtirilib, arab askarlari turgan yirik shaharlardan – Basra, Damashq, Kufaga jo‘natilgan. «Imon» deb nomlangan asl nusxa esa Madinada xalifa Usmon huzurida qoldi. Ko‘chirilgan nusxalar «Mushafi Usmon» deb ataldi. 1. Diniy manbalar deganda nimani tushunasiz? 2. Islomning asosiy manbalari nima? 3. Qur’onning mushaf qilish qachon, kimlar tomonidan boshlangan va qachon tugallangan? Qur’on suralari vahy qilinishining Makka va Madina davrlarini so‘zlab bering? Download 114.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling