Mashg‘ulot turi: ma’ruza Mavzu: Islom dini va ta’limoti Mavzu rejasi


Download 114.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana02.11.2023
Hajmi114.6 Kb.
#1741010
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
\'2 ìàúðóçà ëîò (1)

Tasavvuf (sufizi) ta’limoti.
Tasavvuf – islomdagi mistik­asketik oqimdir. Mistitsizm, mistika so‘zlari qadimiy 
yunon tilidagi mystikos – «yashirin», «sirli» so‘zidan olingan bo‘lib, ilohiyat bilan 
bevosita muloqot qilish mumkinligi haqidagi ta’limot. Bu ta’limot insonning Xudo 
bilan aql va hissiyotdan yuqori bo‘lgan sirli aloqasi bo‘lib, uning natijasida insonda 
Xudoni bilish hosil bo‘ladi. 
Tasavvuf tariqatining shakllanishi. Tasavvuf (arab)ni so‘fiylik, sufizm deb 
ham yuritishadi. Tasavvuf-islomdagi mistik-asketik hamda diniy-falsafiy oqim 
bo‘lib, u VIII-asrda arab mamlakatlarida vujudga kelgan. Tasavvuf musulmon 
mamlakatlarida ijtimoiy taraqqiyotning xususiyatlari bilan bog‘liq ravishda paydo 
bo‘lgan. Uning shakllanishi va rivojlanishi uzoq tarixiy jarayonlar, murakkab 
davrlarni qamrab oladi. SHuningdek, xalqlarning moddiy va ma’naviy merosida
ijtimoiy va axloqiy hayotida katta iz qoldirib, juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 
ijtimoiy hodisadir. 
O‘zbek xalqi ma’naviy merosi va muqaddas qadriyatlarining katta qismini 
islom ma’naviyati va milliy an’analar udumlar tashkil etadi. Diniy qadriyatlarning 
manbalari esa Qur’oni karim, Hadisi shariflar, tavsirlar, shariat ahkomlarida o‘z 
ifodasini topgan. Islomiy merosimizning muhim qismini irfoniy meros bo‘lmish 
tasavvuf ta’limoti va qadriyatlari, xususan bu ta’limotning yo‘nalishi vatanimiz-
Turkistonda shakllanib, endilikda butun jahonga tarqalgan jahon ma’naviy 
madaniyati, umuminsoniy qadriyatlari taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shgan uch 
buyuk tasavvufiy tariqatlar: yassaviya, kubroviya va xojagoniya-naqshbandiya 
irfoniya-tasavvuf tariqatlari tashkil etadi. 
Tasavvuf ta’limotining asosiy mazmuni inson va uning xudoga 
munosabatidir. YAni odamlarni halollikka, tenglikka, inson qadr-qimmatini erga 
urmaslikka, barcha musulmonlarni teng bo‘lib yashashga chorlagan. Ayniqsa, bu 
ta’limot boshqalarning kuchidan foydalanmasdan o‘z halol mehnati evaziga 
yashashni talab qiladi. 
Zohidlik asosiga qurilgan bu ta’limot hayotiy muammolar bilan bog‘liq 
bo‘lgan ilohiy haqiqatga erishish bosqichma – bosqich amalga oshadi, degan 
g‘oyani ilgari suradi. Bular 4 bosqichdan iboratdir. CHunonchi-shariat, tariqat, 
ma’rifat va haqiqat. Har bir bosqichning murakkab talablari inson umrini tamomila 
qamrab oladi. Ularning mazmuni quyidagicha:


12 
shariat – islom marosimlarini, shariatning amaliy talablari, qonun-
qoidalarini bilish va ularga sidqidildan rioya qilish; 
tariqat-so‘fiy tomonidan «vosil bo‘lish» uchun tanlangan yo‘l. Bu yo‘lni 
tanlagan so‘fiy o‘z piri amallariga ergashgan holda nafsni tiyish, komillik yo‘liga 
o‘tishga intiladi; 
ma’rifat-so‘fiy tomonidan Allohni tanish va uni qalbdan bilishdir. Alloh
sifatlarini bilishga intilish borasida Allohni butun borliqning, mavjudodning 
asoschisi, yaratuvchisi ekanligini bilishdir; 
haqiqat-ilohiy haqiqatga erishishning yuqori bosqichi bo‘lib, unda so‘fiy 
xudo vasliga etadi. Bu darajaga etgan sufiy avliyolik darajasiga etgan bo‘ladi. 
1. Islom dunyosida tasavvuf ta’limotini shakllanishiga olib kelgan sabablar 
nimalardan iborat? 
2. YAssaviya tariqatining mazmuni nima? 
3. Kubroviya tariqatining yo‘nalishi qanday? 
4. Naqshbandiya tariqati va mazmuni haqida nima bilasiz? 

Download 114.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling