Dunyo dinlari tarixi


Download 0.49 Mb.
bet61/92
Sana09.07.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1659395
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   92
Bog'liq
дин

YODDA TUTING:
Muhammad Rasululloh Vidolashuv hajidan Madinaga qaytgach, milodiy 632- yilning 27- mayida 63 yoshda vafot etdilar.

Sallollohu alayhi vasallam (s.a.v.) — Muhammad payg'ambar nomlarini aytadigan kishi s.a.v. ya'ni «unga Allohning rahmat va salomi bo'lsin» deb aytishi vojib hisoblanadi.
SAVOL VATOPSHIRIQLAR
1. Muhammad payg'ambar (s.a.v.)ning bolalik va yoshlik yillari haqida nimalarni bilib oldingiz?

  1. Muhammad (s.a.v.)ning payg'ambarlik faoliyati qay tariqa boshlangan?

  2. Mo'min-musulmonlar va mushriklar o'rtasidagi munosabat haqida so'zlab bering.

  3. Muhammad (s.a.v.) Ummani qanday tashkil etdilar?

  4. Muhammad (s.a.v.) ning haj safari haqida so'zlab bering.

  5. «Vido xutbasi» musulmonlar taqdirida qanday rol o'ynagan?


26-27-& ISLOM TA'LIMOTI, MAROSIM VA BAYRAMLARI.

Islom ta'limotining asoslari..Islom dinining ta'limoti uning muqaddas kitobi Qur'oni karimda bayon etilgan. Unga ko'ra, islom ta'limotining asosini imon, islom va ehson tashkil etadi. Imon (e'tiqod, ichki ishonch) 7 aqidaga asoslanadi. Bular: 1) Allohga; 2) farishtalarga; 3) payg'ambarlarga; 4) Muqaddas kitoblarga; 5) oxiratga; 6) taqdirga; 7) o'lgandan keyin tirilishga ishonishdir.
Alloh taolo tarafidan o'zlariga alohida kitob va shariat berilgan payg'ambarlar rasul deb ataladilar.
1. Alloh — dunyodagi barcha mavjudotlarni yaratgan. Olamda yuz bergan va kelajakda yuz beradigan barcha voqea va hodi- salar, dunyoning tugashi va oxiratgacha Alloh tomonidan belgilangan va uning irodasi bilan sodir bo'ladi. Allohni hech kim bor qilgan emas, u o'zidan-o'zi bordir. Alloh birdir, yakkadir, yolg'izdir. Uning sherigi, tengdoshi, o'xshashi, o'g'li, qizi, ota- onasi, qarindoshi, er yoki xotini yo'q. U o'lmaydi, uxlamaydi. U biluvchidir, u bilmaydigan biror ish yo'q. U xohlovchidir, har ishga qodirdir, ko'ruvchidir, eshituvchidir, so'zlaguvchidir, ya'ni Qur'ondagi barcha oyatlar Allohnikidir. Alloh bo'ldirguvchidir, tarbiya qiluvchidir, to'g'rilik qiluvchidir. Allohda hech qanday ayb va kamchilik yo'qdir. Uning turadigan joyi, oldi, orqasi, o'ng yoki chapi, yuqori va pasti yo'q. U hamma yerda hozir. Alloh yemaydi, ichmaydi, kasal bo'lmaydir.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling