Dunyo dinlari tarixi


Download 0.49 Mb.
bet69/92
Sana09.07.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1659395
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92
Bog'liq
дин

Hanbaliy mazhabi — har qanday ko'rinishdagi yangilikka, shariat masalalarida erkin fikr yuritishga qarshiligi, shariat me'yorlariga rioya etishda qat'iy mutaassibligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham u keng tarqalmagan. XVIII asrda paydo bo'lgan vahhobiylar hanbaliya mazhabi tarafdori bo'lib chiqqanlar. Ular Saudiya Arabistonida hokimiyatni qo'lga olgach, hanbaliya qonunlarini amalga kiritganlar. Bu mazhab Saudiya Arabistonidan boshqa davlatlarda kam uchraydi.
Molikiy mazhabi — huquq masalalarida Qur'on va Hadislarni aqlga asoslangan holda talqin qilishga qarshi chiqqan. Bu mazhab Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya, Misr va boshqa davlatlarda mavjud.
Shofi'iy mazhabi — islom huquqini an'anaviy me'yorlar bilan bog'lashga intilgan. Qonunchilikda Ijmodan foydalanishga alohida ahamiyat bergan. Bu mazhabga Misr, Indoneziya, Sharqiy Afrika, qisman Suriya va Janubiy Arab amirliklarida amal qilinadi.
Hanafiy eng ko'p tarqalgan mazhab.Hanafiy mazhabiga Nu'mon ibn Sobit al-Kufiy asos solganlar. Bu ulug' zot,Iroqning Kufa shahrida tug'ilgan.
Islom adabiyotlarida Abu Hanifa, Imomi A'zam nomlari bilan mashhurdir.
Abu Hanifa sahobalarga zamondosh bo'lganligi bilan ham ulug'dir. U shariat masalalarini hal etishda shariat manbalari — Qur'oni karim va Sunnatga amal qilish bilan bir qatorda erkin fikrga ham asoslanganlar. Bu hoi — uning Qiyos tamoyilidan mantiqiy foydalangan holda istihson, ya'ni «yaxshisi» yoki «afzal»ini tanlamoq tamoyilini ishlab chiqishiga va uni hayotga tatbiq etishiga olib kelgan. Bu tamoyilni ishlab chiqishda u shubhasiz, Muhammad payg'ambar (s.a.v.)ning «Dinda yengillik bo'lsin» degan sunnalariga asoslanganlar.
Bu hoi — hanafiya mazhabi qonunlarining nisbatan yunishoq va qulay bo'lishiga, shuningdek, xalqlarning mahalliy an'analarini ham e'tiborga olishiga sabab bo'lgan.
Natijada, bu mazhab musulmon olamidajuda keng tarqalgan.
Manbalarda qayd etilishicha, birinchi bo'lib mazhab ta'sis etgani va ilmu amalda peshvo bo'lgani tufayli Abu Hanifani Imo­mi A'zam (Ulug' imom) deb ataganlar. Bu zotning buyuk imomligini qolgan uch imom ham tan olganlar va u haqda o'zlarining ajoyib fikrlarini yozib qoldirganlar.
Yer kurrasi musulmonlarining deyarli yarmi, shu jumladan, O'zbekiston musulmon fuqarolarining juda katta qismi shu mazhabdadir. Ota-bobolarimiz o'n uch asr osha shu mazhabga amal qilib kelmoqdalar. Biroq afsuski, keyingi paytlarda Imomi A'zam mazhabini islomga zid deguvchilar ham chiqib qoldi.
Ular asosan hanbaliya mazhabini ustun deyishgacha borib yetmoqdalar. Ular o'z fikrlarini asoslashda Abu Hanifaning erkin fikriga ham tayanganligiga sha'ma qiladilar. Bu bilan ular mazhab tarafdorlari o'rtasiga nifoq solishga, o'zlarining diniy aqidaparastlik va ekstremistik niyatlarini oqlashga urinmoqdalar.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling