Dunyo dinlari tarixi
Hoja Bahouddin Naqshband va Naqshbandiya» tariqati
Download 0.49 Mb.
|
дин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hush dar dam
- Xilvat dar anjuman
- Yod dosht
- Hoja Ahror Valiy. (1404-1490)
Hoja Bahouddin Naqshband va Naqshbandiya» tariqati. Bahouddin Naqshband 1318-yilda Buxorodagi Qasri Hinduvon qishlog'ida tug'iladi. So'ngra uning sharofati bilan bu qishloq «Qasri Orifon» deb ataladi.Manbalarda ta'kidlanishi ha, Xoja "ahouddinning sharif nasablari ota tomonidan Hazrat Aliga, ona tomonidan esa Abu Bakr Siddiqqa borib taqaladi.
Abdulxoliq G'ijduvoniy hamda Bahouddin Naqshba tomonidan yaratilgan, keyinchalik «Naqshbandiya» tariqati deb nom olgan tamoyillar 11 nomdadir. Hush dar dam — har bir nafasni hushyorlik bilan olish Nazar bar qadam — har bir qadamni ehtiyotkorlik bjla bosish. 3.Safar dar vatan — o'z vatanida, uyida bo'la turib fikran va zikran butun borliq haqida tafakkur yuritish. Xilvat dar anjuman — o'zi xalq ichida anjumanda bo'la turib, xilvatda o'tirgandek Allohning zikrida bo'lish. Yod kard — til va dil bilan zikr qilish. Bozgasht — zikr paytida xotirni parishon qilmay, Allohning yodida bo'lish. Nigoh dosht — bir nafasda «Kalimayi toyyiba»ni dil huzuri bilan tilda takror qilish. Yod dosht — Allohni mudom yod etib, g'aflatdan saqlanish. Vuqufi zamoniy — o'z holidan ogoh bo'lib, shukr va uzrda bo'lish. Vuqufi adadiy — zikrlarda muayyan adadga rioya qilish. Vuqufi qalbiy — dilni Alloh zikri bilan ogoh qilish. Naqshbandiylikning asosiy mohiyati «Qo'l ishda, Alloh dilda bo'lsin» shiori edi. Bu bilan ulug' bobomiz hammani mehnat qilishga chaqirganlar. O'z vaqtida mo'g'ul zulmidan xalos bo'lish uchun xizmat qilgan bu shior bugungi kun uchun ham dolzarbdir. Shu boisdan 1993-yilda Bahouddin Naqshbandning 675 yillik yubileyi nishonlandi. Xoja Bahouddin topgan-tutganlarini yetim-yesirlarga, beva- bechoralarga in'om etganlar. Hukmdorlarni insofga chaqirganlar. Hoja Ahror Valiy. (1404-1490) Naqshbandiya tariqatining mashhur namoyandasi, tabarruk avliyo Xoja Ahror Valiyning asli nomi Xoja Ubaydulloh bo'lib, Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanidagi Bog'iston qishlog'ida tug'ilgan. U ona tomonidan mashhur shayx, avliyo Shayx Xovand Tahurning nabirasi bo'lgan. Shayx Xovand Tahurning otasi Umar Bog'istoniy esa Bahouddin Naqshbandning eng yaqin shogirdi (muridi) bo'lgan. Xoja Ubaydullohning bolalik va yoshlik yillari Toshkentda o'tgan. Keyinchalik Samarqand madrasasida tahsil ko'rgan. Naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, Bahouddin Naqshbandning shogirdi Ya'qub Charxiydan murshidlik (pir yo'l ko'rsatuvchi) fatvosini olgan. Xoja Ubaydulloh islom olamida «valiy», ya'ni avliyo sifatida Abduuiahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad (uirlarham Xoja Ubaydullohni o'zlariga ma'naviy ustoz—pir deb iar xoja Ahror Alisher Navoiy bilan xat ham yozishib turgan. Xoja Ubaydulloh ilohiy sirlarga yetishgan orif, davlat va din rifl degan unvonlar sohibi bo'lgan. Qora xalq ham, zodagonlar ham uni o'zlariga pushti panoh deb bilganlar. Buning sababi, avvalo, Xoja Ubaydullohning o'sha zamonda xalq ommasi orasida e'tibor qozongan Naqshbandiya tariqatining asosiy yo'nalishlarini zamon ruhiga mos tarzda belgilab berganligida edi. U jumladan quyidagicha da'vat qilgan: «Xojagon tariqati darvishlari... o'zlarining bor himmatlarini biron-bir ish bilan mashg'ul bo'lmoqqa sarf qilsinlar. Xaloyiqning Haq subhonahuga yetishish vositasi Uni eslash darajasiga bog'liq bo'lsa hamki, uning eng yaxshi yo'li bir musulmon ko'nglini ko'tarmoqdan iboratdir». Xoja Ubaydullohning o'zi naqshbandiylikning kishilarga ijtimoiy jihatdan xursandchilik bag'ishlashdek oliyjanoblikni go'zal axloq deb hisoblovchi ko'rsatmasiga sodiq bo'lgan. Ayni paytda, u musulmon bo'lmoqlik — bu, fuqarolar manfaati uchun yashash ekanligini alohida uqtirgan va unga izchil rioy qilgan. Ya'ni, Xoja Ubaydulloh musulmon bo'lmoqlik fuqaro manfaati uchun yashamoq ekanligini o'zi uchun kashf etgan. Bundan tashqari Xoja Ubaydulloh zolimlarning mazlumlarga o'tkazadigan zulmlarini kuchaytirmaslik, temuriyzodalarning o'zaro ichki urushlarini oldini olish ishiga katta hissa qo'shgan. Xoja Ubaydulloh, jumladan bunday deb yozgan: «Bizga musulmonlarni zolimlar zulmidan himoya qilish vazifasi yuklangan. Ana shuni amalga oshirish va musulmonlar manfaatini himoya qilish maqsadida podshohlar bilan muloqotda bo'lib turish, ularning ishonchini qozonish lozim. Agar shayxlar o'z vaqtini ayab, bu ishga e'tibor qilmagan bo'lsalar ham, biz fuqaro uchun o`z vaqtimizni ayamaymiz». Bundan tashqari, Xoja Ahror o'z tasarrufidagi yerlar va mulkdan tushgan daromadlami xalqqa solingan ortiqcha soliqlarni to'lashga, masjidlar, madrasalar, xonaqolar va boshqa inshootlar qurilishiga sarflar edi. Aytib o'tilganlarning barchasi mehnatkash omma orasida Xoja Anrorni saxiy, qo'li ochiq, pokiza va adolatparvar shaxs sifatida namoyon etgan. Shu boisdan mehnatkashlar uni «Xojayi Ahror» tnurlar rahnamosi) deb ulug'lashgan. Xoja Aliror fuqarolar osoyishtaligi, hunarmandlar va ahli ishining ravnaqi uchun har qanday bahsli muammolarni urushsiz va qon to'kishsiz kelishuv, murosa tinch-osoyishta hal etishga intilar edi. Xoja Ahrorninge'tiborli fazilatlaridan biri — voqealar va hodi^ larni tahlil qilib xulosa chiqarish va uni bayon etishda tush ko'rish hamda ta'birlash usulidan foydalanishi edi. Ulug' sufiy shoir Abdurahmon Jomiy Xoja Ahrorni «Ka'bayj maqsud» deb bilgan bo'lsa, Alisher Navoiy uni «Tariqat qutbi» deya ta'riflaydi. Zahiriddin Muhammad Bobur esa shayxni «Hazrati Xoja Ubaydulloh» tarzida ulug'lagan va aziz tutgan. Xulosa qilib aytganda, Xoja Aliror Valiy Naqslibandiya tariqatini o'z davrida rivojlantirgan, uning keng tarqalishi va hayotga tatbiq etilishiga katta liissa qo'shgan buyuk mutafakkir edi. j Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling