Dunyo dinlari tarixi
Download 0.49 Mb.
|
дин
- Bu sahifa navigatsiya:
- YODDA TUTING
- paydo bolishi
YODDA TUTING:" Ekstremizm — maqsadga erishishning keskin choralar yo'li bo'lib, u zo'rlik, kuch ishlatish, terror ko'rinishida namoyon bo'ladi. Shu tariqa aqidaparastlik va ekstremizm hozirgi paytda tinchlikni xavf ostida qoldiruvchi, fuqarolar totuvligini buzuvchi,. binobarin, jamiyat hayotidagi siyosiy barqarorlikka tahdid soluvchi omilga aylan.di; Aqidaparastlik va ekstremizm faqat islomgagina xos xususiyat emas. Ular dunyodagi boshqa dinlarga ham xosdir. Dunyoda islom aqidaparastligining qator diniy-siyosiy oqimlari mavjud. O'zbekistonda ulardan asosan ikkitasi — «vahhobiylik» va «hizbut tahrir» tinchlik va barqarorlikka biroz bo'lsa-da xavf solmoqda. Aqidaparastlikning vahhobiylik oqimi va «Hizbut tahrir» diniy-siyosiy partiyasi aslida O'zbekistonda vujudga kelmagan. Ular chetdan — missionerlik yo'li bilan kirib kelgan. YODDA TUTING: Aqidaparast oqimlar va diniy siyosiy partiyalar qanday nom bilan atalmasin, ularning mohiyati bir xil, ya'ni dinni ; «tozalash», «poklash» niqobi ostida davlat hokimiyatini qo'lga kiritishdir. Vahhobiylikning vujudga kelishi tarixidan..Vahhobiylik XVIII asrda hozirgi ~ Saudiya Arabistonida vujudga kelgan- Hanbaliya mazhabidagi diniy-siyosiy Uning asoschisi Muhammad ibn Abd ul-Vahob (1703— 1787) dir. Vahhobiylik paydo bo'lishi arafasida Arabiston yarim orolida staqil davlat yo'q edi. Butun arab olami Usmonli turklar imperiyasining mustamlakasi yoki yarim mustamlakasi edp Buning ustiga jamiyatda tabaqalanish kuchaygan hamda qabilalararo birodarkushlik urushlari avj olgan payt edi. Hayotda esa hanbaliylik mazhabi tan olinmaydigan ko'rinishlar keng tarqala boshlagan edi. Chunonchi, muqaddas joylarga, ya'ni sahobalar, virik diniy arboblar, avliyolar hamda so'fiylarga sig'inish, niarosimlarning musiqasiz o'tmasligi, folbinlik, yulduzlarga qarab bashorat qilish, ziyoratgoh joylardan mushkilini oson qilishni so'rash, mozorlarga qurbonlik qilish, bangilik, sehrgarlik, tarkidunyochilik va boshqalar keng tus olgan edi. Mana shunday bir sharoitda arabiarni islomning yashil bayrog'i ostida yagona davlatga birlashtirishga, islomni asl holatiga qayta- rishga da'vogar bo'lgan diniy-siyosiy oqim — vahhobiylik paydo bo'ldi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling