Dunyo dinlari tarixi


Download 0.49 Mb.
bet51/92
Sana09.07.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1659395
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   92
Bog'liq
дин

Cho'qintirish marosimi — xristianlik dinining eng asosiy marosimlaridan biridir. Chunki bu marosim bajarilgach, inson cherkov dargohiga qabul qilingan hisoblanadi. Shu vaqtdan boshlab «cho'qintirilgan» so'zi «xristian» so'zi bilan teng ma'no kasb etadi.
Pravoslaviye cherkovida bu marosim quyidagicha ijro etiladi: yangi tug'ilgan bolani cherkovga olib kelishadi. Bu yerda ruhoniy uning yuziga qarata uch marta kuf-suflaydi. Ins-jinslarga qarshi duo o'qiydi. Shaytondan yuz o'girishga, uni puflashga va tuflashga chaqiradi. Bu ishlarning hammasini bola nomidan cho'qintirayotgan erkak yoki ayol bajo keltiradi. Shundan keyin ruhoniy bolani uch marta suvga botirib oladi va unga zaytun moyi surtadi. So'ngra boshidan bir tutam sochini kesib olib, unga nom beradi. Odamning tug'ilgan paytidanoq gunohkor ekanligi haqidagi g'oya, «dastlabki gunoh» to'g'risidagi aqida bu marosimga asos qilib olingan. Cho'qintirish marosimida inson shahvoniy, gunohli hayot uchun o'lib, diniy, muqaddas hayot uchun tug'iladi, deb ta'kidlaydilar ruhoniylar.
Xristianlik ta'limotiga ko'ra, odamlar dastlabki gunohga botgan odamzod ajdodidan gunohkor bo'lib tug'iladilar. Cho'qintirish marosimi esa ana shu gunohni yuvish uchun xizmat qiladi.
Non va vino totish marosimi ham asosiy marosimlardan biri. Cherkovning ta'lim berishicha, uni Iso o'z shogirdlari bilan birgalikda o'tkazgan maxfiy kechada belgilagan va o'zini eslab turish uchun shunday qilishni buyurgan. Bu marosimning mohiyati quyidagicha:
Xristianlar non bilan vinoni tanovul qilar ekanlar, bu bilan ular Isoning tanasi va qonini tatib ko'rdik, binobarin, endi xudoga yaqinroq va qondoshroq bo'ldik, deb hisoblaydilar. Bu marosim ertalabki yoki tushki ibodatda asosiy o'rin egallaydi.
Ruhoniylik unvonini berish marosimi (svyashenstvo) — bu, ruhoniylik martabasiga ko'tarilish bilan bog'liq marosimdir. Diniy ta'limotga ko'ra, ruhoniy bo'ladigan shaxsning boshiga yepiskop qo'l tekkizgandan keyin, go'yo u «muqaddas ruh»ning alohida marhamati bilan xudo va odamlar o'rtasida vositachilik xusu- siyatiga ega bo'ladi. Ruhoniy unvoni uch daraja (dyakon, presviter va yepiskop)ga ega.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling