Tilovat — Qur'on suralarini qoidali o'qish.
Totemlik — ajdodlar bilan ayrim hayvonlar va
o'simliklar o'rtasida qandaydir yaqinlik, aloqa hamda qon-qarindoshlik bor deb ishonish.
Tripitaka — buddaviylik dinining muqaddas kitobi.
Ulamo — islom ilohiyotchilari va huquqshunoslari,
shuningdek, diniy muassasalarga, qozilik mahkamalariga, o'quv yurtlariga muta- saddi bo'lgan musulmon ruhoniylari.
Urama — Muhammad payg'ambar (s.a.v.)ning
Madina shahrida tashkil etgan musulmon jamoasi.
Umaviylar — 661 —750-yillarda arab xalifaligini
boshqargan sulola.
Vatikan — Xalqaro katoliklik markazi. Rim papasi
qarorgohi joylashgan shahar-davlat.
Vahiy — islom ta'limotiga ko'ra, farishta Jabroil
orqali Allohdan payg'ambarlarga keltirilgan xabar.
Vahhobiylik — islomdagi aqidaparastlikka asoslangan
diniy siyosiy oqim.
Vahdoniyat — yakka xudolikning islomdagi ko'rinishi.
Veda — hinduiylik dinining muqaddas kitobi.
Vijdon erkinligi — shaxsning biror dinga e'tiqod qilish yoki
hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqi.
Vishna — hinduiylik dini xudolaridan biri.
Vojib — islom shariatiga binoan farzdan keyin tu-
radigan zarur amallar.
Xalifa — Muhammad (s.a.v.) vafotidan keyin
uning ishlarini davom ettirgan o'rinbosarlarga berilgan unvon.
Xinayana — buddaviylikda uning ta'limotiga o'zgarishsiz
amal qiluvchi oqim.
Do'stlaringiz bilan baham: |